Muhabbat Hakimova
Muhabbat Fayziyevna Hakimova (1962-yil 4-yanvar, Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Muhabbat Hakimova | |
---|---|
Tavalludi |
4-yanvar 1962-yil Gʻuzor tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
Taʼlimi | Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirMuhabbat Hakimova 1962-yil 4-yanvar Gʻuzor tumanida tugʻilgan. 1986-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutini oligofrenopedagogika ixtisosligi boʻyicha tugatgan[1]. 1986—1993-yillarda Qibray tumanidagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqituvchi, 1993—2001-yillarda Navoiy davlat pedagogika instituti Psixologiya va pedagogika kafedralari dotsenti lavozimida ishlagan. 2001-yildan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti „Innovatsion taʼlim“ kafedrasining mudiri[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirRespublikada oligofrenopedagogika ixtisosligi boʻyicha birinchi pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan pedagog olima hisoblanadi[1]. 1997-yilda pedagogika fanlari nomzodi, 2010-yilda pedagogika fanlari doktori ilmiy darjasini, professor ilmiy unvonini olgan. 6 ta monografiya, 6 ta darslik, 40 dan ortiq oʻquv va oʻquv-uslubiy-elektron qoʻllanmalar, 250 dan ortiq risola, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifidir. 1999-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“, 2001-yilda „Oʻzbekiston Mustaqilligining 10 yilligi“, 2021-yilda „Moʻtabar ayol“ koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan[1].