Muhammad Alixon madrasasi (Quva)
Muhammad Alixon madrasasi (Madalixon madrasasi) — Quvada saqlanib qolmagan madrasa. 1824-yilda oʻzbek hukmdori Muhammad Alixon donatorligida Qoʻqon xonligi Quva qishlogʻining Gurunchfurush dahasida[1] bunyod etilgan[2][3] yoki XVIII asr oxirida (ikkinchi yarmida[4]) mahalliy oʻziga toʻq, badavlat tadbirkorlardan biri donatorligida bunyod etilgan va 1824-yilda unga Muhammad Alixon ham vaqf mulki ehson qilgan[2].
Madrasa | |
Muhammad Alixon madrasasi
(Madalixon madrasasi) Muhammad Alixon madrasasi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Fargʻona viloyati |
Shahar | Quva |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Alixon |
Homiylar | Muhammad Alixon |
Asosiy sana: | |
Maqomi | saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 10 |
1824-yil Muhammad Alixon (1822—1841) madrasaga, taxminan, 250 kesh yer uchastkasini ehson qilib, vaqfnoma tuzdirgan[1]. V. P. Nalivkin uni Muhammad Alixon madrasasi deb nomlagan[2]. Podpolkovnik Yantsinga koʻra madrasa Muhammad Alixon (Madalixon) madrasasi deb notoʻgʻri nomlangan, vaqfnomada madrasa nomi koʻrsatilmagan. Yantsin mahalliy aholidan madrasa qachon qurilganini soʻrab surishtirgan. Qishloq aholisining bergan maʼlumotlariga koʻra, Umarxon (1810—1822) hukmronligiga qadar, Norboʻtabiy (1763—1798) yoki Olimxon (1801—1810) davrlarida mahalliy aholi tomonidan masjid va uning qoshida madrasa bunyod etilgan[5]. Ushbu maʼlumotlarga asoslanib, Qoʻqon xonligi madrasalari tarixini tadqiq qilgan I. A. Alimov madrasa XVIII asr oxirida (ikkinchi yarmida[4]) mahalliy oʻziga toʻq, badavlat tadbirkorlardan biri donatorligida bunyod etilgan va unga Muhammad Alixon ham vaqf mulki ehson qilgan, degan xulosaga kelgan[2].
Muhammad Alixon madrasasi Quva qishlogʻidagi 2 madrasadan biri boʻlgan[6]. 10 ta (yoki 12 ta[1]) hujra va 1 ta darsxonadan tashkil topgan. Unda 40 nafar talabaga 3 ta mudarris ilm bergan[2]. Yantsin bergan maʼlumotlarga koʻra, unda qishda 28 nafar, yozda 6—10 nafar talaba oʻqigan. Madrasa mutavallisi vaqf qilingan yerni chorakorlarga hosilning 2/5 qismini toʻlash sharti bilan ijaraga bergan[1].
1898-yilda madrasa mavjud boʻlgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Alimov 2017, s. 100.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Alimov 2017, s. 59.
- ↑ Alixojiyev 2012, s. 76.
- ↑ 4,0 4,1 Alimov 2017, s. 99.
- ↑ Alimov 2017, s. 99—100.
- ↑ Alimov 2017, s. 105.
Adabiyotlar
tahrir- Alimov I. A.. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017 — 302-bet. ISBN 978-9943-19-405-2.
- Alixojiyev M. O.. Qoʻqon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan oʻrni (1800—1876-yy.). Tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. Toshkent: Qoʻlyozma huquqida, 2012 — 182-bet.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |