Muhammad Bazoum
Muhammad Bazoum (arabcha: محمد بازوم; tugʻ.: 1960-yil 1-yanvar[1]) — nigerlik siyosatchi, 2021–2023-yillar orasida Nigerning 10-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2020–2021-yillardagi prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozonib, muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishidan soʻng, 2021-yil aprel oyida bu lavozimga kirishgan[2]. 2023-yil iyul oyida roʻy bergan prezident gvardiyasi va qurolli kuchlar boshchiligidagi davlat toʻntarishidan soʻng lavozimidan chetlatilgan[3].
Muhammad Bazoum محمد بازوم | |
---|---|
Bazoum 2023-yilda | |
Nigerning 10-prezidenti | |
Mansab davri 2021-yil 2-aprel – July 2023-yil 26-iyul | |
Prezident | Ahmadu Muhammadu |
Vitse-prezident | Muhammadu Issufu |
Bosh vazir | Ahmadu Muhammadu |
Oʻtmishdoshi | Muhammadu Issufu |
Vorisi |
Abdurahmon Tchiani (de facto) Hassoumi Massaoudou (amalda) |
Ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 2016-yil 13-aprel – April 2021-yil 1-aprel | |
Oʻtmishdoshi | Hassoumi Massaoudou |
Vorisi | Alkache Alhada |
Tashqi ishlar vaziri | |
Mansab davri 2011-yil 21-aprel – 2016-yil 26-fevral | |
Oʻtmishdoshi | Aminatou Maïga Touré |
Vorisi | Aïchatou Boulama Kané |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1-yanvar 1960-yil Bilabrine, N'guigmi, Cercle, Fransiya Nigeri |
Siyosiy partiyasi | Nigeriya demokratiya va sotsializm partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Hadiza Ben Mabrouk |
Alma mater | Cheikh Anta Diop universiteti |
Prezidentlik kursisiga kelishidan avval Niger demokratiya va sotsializm partiyasi (PNDS-Tarayya) raisi boʻlib ishlagan[4]. 1995–1996- hamda 2011–2016-yillarda tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. 2016-yilda qisqa muddat davomida hukumat rahbari — bosh vazir boʻlgan, keyinroq 2016-yildan to 2021-yilda prezident etib saylangunga qadar ichki ishlar vaziri etib tayinlangan. Shundan soʻng 2020–2021-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga eʼtibor qaratish maqsadida isteʼfoga chiqqan. Bazoum prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida sobiq prezident Mahaman Usmonga qarshi 55,67% ovoz bilan gʻalaba qozongan edi[5]. Bazoum sunniy musulmon boʻlib, Nigerning birinchi arab (Diffa arablari) prezidenti hisoblanadi.
Prezidentlik davri
tahrirBazoum Niger hukumatining yuqori martabali aʼzosi sifatida 2020–2021-yilgi Niger prezidentlik saylovlarida oʻz partiyasi nomidan Issoufouning oʻrniga prezidentlikka nomzod sifatida koʻrsatiladi. Uning prezidentlik kompaniyasi Nigerdagi demografik muammolarni oilalar sonini cheklash hamda qizlarga koʻproq taʼlim berish orqali savodxonlik va gender tengligini oshirish orqali hal qilish kabi gʻoyalarga qaratilgan edi[6]. Bazoum, shuningdek, Nigerdagi IShID isyonkorlarini nishonga olishga, qoʻshni Maliga bu jarayonda yordam berishga, davlat mudofaasi va xavfsizligini mustahkamlashga va mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi kurashishga vaʼda bergan. 2020-yil 27-dekabrda boʻlib oʻtgan saylovning birinchi bosqichida atigi 39,30% ovoz toʻplagan[7]. Biroq, 2021-yil fevralida 55,67% ovoz bilan ikkinchi bosqich saylovlarida gʻalaba qozondi va 2-aprel sanasida prezident sifatida qasamyod qiladi. Uning gʻalabasi rasman 21-mart kuni tasdiqlandi[8]. Bazoum 2022-yil dekabr oyida Gʻarbiy Afrika Iqtisodiy va valyuta ittifoqining (inglizcha qisqartmasi: UEMOA) amaldagi prezidenti sifatida tashkilotga aʼzo davlat va hukumat rahbarlarining Abidjan shahrida boʻlib oʻtgan 23-odatdagi sammitida tayinlanadi[9].
Davlat toʻntarishi
tahrir2023-yil 26-iyulda general Abdurahmon Chiyani qoʻmondonligidagi Prezident gvardiyasi askarlari Bazoumni agʻdarish maqsadida prezident saroyini blokirovka qilishdi. Toʻntarish Afrika Ittifoqi va G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati (ECOWAS) tomonidan qoralandi[10]. ECOWAS fitnachilardan Bazoumni zudlik bilan ozod qilishni talab qilishdi[11]. 2023 yil 13 avgustda Niger hukumati "vakolatli milliy va xalqaro hokimiyat organlari Muhammad Bazoum va uning mahalliy va xorijiy sheriklarini davlatga xiyonat qilish va Nigerning ichki va tashqi xavfsizligiga putur etkazganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortmoqchi" ekanligini e'lon qildi.[1]. 2023-yil 30-noyabrda Muhammad Bazoumning oilasi 2023-yil 18-oktabrdan beri u bilan aloqada bo‘lmaganliklarini da’vo qilishdi va ulardan ba’zilarini nishonga olgan “qo‘pol hibsga olish va tintuvlar”ni qoraladilar.[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Биография Мохамеда Базума“. RIA Novosti (2023-yil 27-iyul). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
- ↑ „Niger's Mohamed Bazoum sworn in as president after failed coup“ (en-GB). BBC News (2021-yil 2-aprel). Qaraldi: 2021-yil 2-aprel.
- ↑ Presse. „ECOWAS Head Says Benin President On Mediation Mission To Niger“ (en-US). www.barrons.com. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ "Niger's Bazoum offers stability over democracy". Emerald Expert Briefings oxan-db (oxan-db). 1 January 2019. doi:10.1108/OXAN-DB243255. https://doi.org/10.1108/OXAN-DB243255. Qaraldi: 27 December 2020.Muhammad Bazoum]]
- ↑ „Mohamed Bazoum wins Niger's presidential runoff“. Nation. AFP (2021-yil 23-fevral). Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
- ↑ „Niger: Election just the start of challenges for new president“, DW, 22 December 2020.
- ↑ „Niger presidential election heads to February runoff“, Al Jazeera, 2 January 2021.
- ↑ „Mohamed Bazoum sworn in as Niger’s president amid tensions“, Al Jazeera, 2 April 2021.
- ↑ „Uemoa : Bazoum, croissance et inflation au menu du sommet des chefs d'État – Jeune Afrique“ (fr-FR). JeuneAfrique.com (2022-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
- ↑ „African Union, ECOWAS Condemn 'Attempted Coup d'État' in Niger“. France 24 (2023-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
- ↑ Madowo. „Niger: Attempted coup in West African country, as presidency is sealed off“ (en). CNN (2023-yil 26-iyul). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Muhammad Bazoum mavzusiga oid fayllar bor. |