Muhammad Hasan Movlazada (ozarbayjoncha: Mövlazadə Muhammad Həsən İsmayıl oğlu Shakuvi, Fors . sẖḵwy̰) – din arbobi, ulamo va Kavkaz Shayx ul-islomining 6-shayxi hamda Qur’onni ozarbayjon tiliga tarjima qilib, batafsil sharh yozib bergan birinchi olim[1][2].

Muhammad Movlazada
ozarbayjoncha: Mövlazadə Məhəmməd Həsən İsmayıl oğlu Şəkuvi forscha: محمد حسن مولازاده شکوی
 Zaqafqaziya musulmonlari diniy boshqarmasi raisi
Mansab davri
1907 – 1909
Oʻtmishdoshi Abdussalom Oxunzoda
Vorisi Muhammad Ali Pishnamazzoda
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1854
Shaki, Nuxa uyezdi, Shemaxa guberniyasi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 1932 (77-78 yosh)
Tbilisi, Gruziya SSR, ZSFSR, SSSR
Dini islom

Biografiyasi

tahrir

Muhammad Hasan 1854-yilda Shaki shahrida tugʻilgan. Ilk diniy taʼlimni Shaki madrasasida olgan, soʻngra uni Ganja madrasasida davom ettirgan. Soʻngra bir necha yil Ganjadagi Juma masjidida mulla boʻlib xizmat qilgan. Keyinchalik u oʻqishni davom ettirishga qaror qildi va shu maqsadda Iroqqa yoʻl oldi. U yerda diniy fanlar boʻyicha ilmiy daraja oldi[3].

1891-yilda Kavkazga qaytib keldi va Grigoriy va Hijriy kalendarlarini fors tilida chop etdi. 1893-yilda Tbilisida joylashgan „musulmon diniy maktabi“da shariatdan dars bera boshladi. Keyinchalik Jabrail, Ganja, Tbilisi va Kutaisi shaharlarida qozilik qilgan[3].

Oxun unvonini olgan Hoji Muhammad Hasan bir muddat qozi, 1907-yildan shayxul-islomning noibi boʻlgan. 1917-yilgi Oktyabr inqilobidan keyin tuzilgan Sovet Ittifoqi hukumati Muhammad Hasanni diniy ishlardan chetlashtirdi, uning bir qancha qoʻlyozmalari yoqib yuborildi[4].

Muhammad Hasan 1932-yilda Tbilisida vafot etgan[1].

Bibliografiyasi

tahrir

1908-yilda Muhammad Hasan Movlazadaning ikki jilddan iborat „Kitob al-bayan fi tafsir al-Quron“ kitobi nashr etildi: birinchisi – 492 bet, ikkinchisi – 538 bet, unda u Qur’on tarjimasi va tafsirini bergan. Kitob 1990-yilda Bokuda qayta nashr etilgan .

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Ülfət Cavad. „Yazar.in | Ülfət Cavad | Məhəmməd Həsən Şəkuvi“ (az). yazar.in (2016-yil 11-yanvar). 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  2. Rizvan Bunturk. „Мовлазаде Мухаммед Хасан Шакави“ (ru-RU). Rizvan Bunturk (2014-yil 10-dekabr). 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Dadaş Mammedov. „Məhəmməd Mövlazadə“ (az-AZ). www.wiki-data.az-az.nina.az (2021-yil 8-avgust). 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.
  4. „Yazar.in | Ülfət Cavad | Məhəmməd Həsən Şəkuvi“. yazar.in. 2023-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-yanvar.