Muhammadali Abduqunduzov (1952-yil 14-iyul, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston tumani, Yaypan qishlogʻi) – Oʻzbekiston (1997) va Qoraqalpogʻiston (2000) Respublikalari xalq artisti. Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1974). 1974–85 yil M. Uygʻur nomidagi Surxondaryo viloyati teatrida aktyor, 1986-yildan Hamza teatrida, 1996–98 yillar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. 1998-yildan "Oʻzbekteatr" ijodiy ishlab chiqarish boshqarmasining bosh direktori. Asosiy rollari: Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Paratov ("Sepsiz qiz"), Ikrom ("Ufq"), Shokir ("Koʻrmayin bosdim tikonni"), Samoviy kuch ("Toʻmaris"), Abdulla Qodiriy, Otabek ("Abdulla Qodiriyning oʻtgan kunlari"), Husayn Boyqaro ("Alisher Navoiy"), Akbar ("Zebunisso"), Naufal ("Muhabbat sultoni"), Umarxon ("Figʻon"), Choʻlpon ("Kunduzsiz kechalar") va boshqa Shuningdek koʻpgina videofilmlarda oʻynagan: Bobur ("Bobur"), Navoiy ("Layli va Majnun"), Sultonali ("Mehrobdan chayon"), Choʻlpon ("Kecha va kunduz") va boshqa Ayniqsa uning ijrosidagi ogʻir, vazmin, chuqur oʻyga botgan, oʻtkir nigohli Bobur roli aktyor ijodida alohida oʻrin tutadi.[1]

Muhammadali Abduqunduzov
Tavalludi 14-iyul 1952-yil (1952-07-14) (72 yosh)
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Kasbi aktyor
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Ijodiy faoliyati

tahrir

Mannona uygʻur (Termiz) musiqiy drama teatridagi sahna asarlari:

  • Ferdinand - F. Schiller „Makr va muhabbat“
  • Davronbek - Uygʻun „Vatan ishki“
  • Paratov - A. N. Ostrovskiy „Sepsiz qiz“
  • Ikromjon - S. Ahmad „Ufq“ (1975-yilda eng yaxshi erkak roli nominatsiyasida bosh mukofot)
  • Alibek - Ch.Aytmatov „Sarvqomat dilbarim“
  • Andrey - A. Gelman „Barcha bilan yakkama-yakka“

Rejissyorlik ishlari:

  • Qoraqum fojiasi
  • Oʻn skkiz yoshligim
  • Uyqusiz tunlar

Oʻzbekiston Milliy akademik drama teatridagi (Toshkent) sahna asarlari:

  • Muallif – Ch.Aytmatov „Asrga tatigullik kun“
  • Humoyun, Bobur - P. Qodirov „Yulduzli tunlar“
  • Ermakov - V. Dozortsev „Sunggi Qobul“
  • Abdulla Qodiriy va Otabek - A. Qodiriy „Oʻtkan kunlar“
  • Oʻzbek - K. Gozzi „Baxtli gadolar“
  • Husayn Boyqaro - Uygʻun, I. Sulton „Alisher Navoiy“
  • Jumanov - U. Hoshimov „Qatagʻon“
  • Gubernator - Shekspir „Koreolan“
  • Klavdiy - Shekspirning „Gamlet“
  • Choʻlpon - U. Azim „Kunduzsiz kechalar“ (1997-yildan hozirgi kungacha sahnada)
  • Makedonskiy Aleksandr - „Spitamen“
  • Maurisio - A. Kasona „Daraxtlar tik turib jon beradi“
  • Prokuror - U. Azim „Ogox boʻling, odamlar“

Televizion filmlar:

Kinodagi obrazlar:

  • bosh qahramonning otasi - „Naxotki, sentyabr“ (2005)
  • bosh qahramonning otasi - „Fared“ (2008)
  • tadbirkor (ikkinchi rol) - „Tavba“ (2009)
  • Komil aka - „Jigarbandim“ (2011)

Dublyaj:

  • „Narshahiy“
  • „Baxoviddin Naqshband“
  • „Imom Termiziy“
  • „Al-Fargʻoniy“

Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romanidan ishlangan shu nomdagi 10 qismli videofilmdagi Bobur roli aktyorga katta shuhrat keltirdi.

2005-yildan beri u filmlarda, „Naxotki sen“ va „Fared“ (bosh qahramonning otasi) filmlarida rol oʻynagan, aktyor boy tadbirkor rolini oʻynagan, uni tarixiy obrazlarda koʻrishga odatlangan tomoshabinlarga bu qiziq tuyuyldi. Ammo tomoshabinlar bu rollarni ijobiy qabul qilishdi.

Filmografiyasi

tahrir
Yil Nomi Obraz Izoh
2023 Abdulla Oripov Shotursin Mirvaliyev

Mukofotlar va unvonlar

tahrir

Shaxsiy hayoti

tahrir

Turmush oʻrtogʻi — 1952-yilda tugʻilgan Abduqunduzova Valentina Nikolayevna, (Shuhrat medali sovrindori)[4]. Ularning ikki oʻgʻli bor: Abduqunduzov Jaxongir Muxamadalievich va Abduqunduzov Sardorbek Muxamadalievich

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 26 avgust 1997 года № УП-1832 «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining olti yilligi munosabati bilan fan, madaniyat, san’at, ta’lim, ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-avgustdagi „Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, sport va boshqa sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ madaniyat, san’at va ommaviy axborot vositalari”“. 2021-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  4. „Архивированная копия“ (deadlink). 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 10-fevral.