Muhammadali Ikramov

oʻzbekistonlik vikimediachi (2004–2024)

Muhammadali Toʻlqinjonovich Ikramov (2004-yil 16-aprel, Denov tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston2024-yil 19-iyun, Chilonzor tumani, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek internet faoli, oʻzbekcha Vikipediya maʼmuri. Oʻzbekcha Vikipediyada Salazarov nomi ostida faoliyat olib borgan. Deyarli 600 ta maqola va 5 mingdan ziyod sahifalarni yaratgan, mingdan ortiq maqolalarni, vikima’lumotlardagi 3 mingga yaqin maʼlumotlarni, umumiy hisobda, Vikimedia jamg‘armasi loyihalarida 26 mingdan oshiq tahrirlarni qilgan[1][2][3].

Muhammadali Ikramov
WikiOromgoh-4 7065 15.jpg
Tavalludi 16-aprel 2004-yil
Vafoti 19-iyun 2024-yil(2024-06-19)
(20 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
Kasbi oʻzbek internet faoli, oʻzbekcha Vikipediya maʼmuri
Faoliyat yillari 2022—2024
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Muhammadali Ikramov haqida sahifa mavjud.

Hayoti

tahrir

Muhammadali Ikramov 2004-yil 16-aprelda Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʻilgan[1]. Denov tumanidagi oʻrta maktabni tugatgach[4], 2021-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti filologiya va tillarni oʻqitish mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilingan[2][3][5].

Oʻlimi

tahrir
 
Muhammadali Ikramov qabri

2024-yil 19-iyun kuni Muhammadali Ikramov baxtsiz hodisa tufayli halok boʻlgan[2][6]. Shu kuni Ikramov ikki nafar kursdoshi bilan taxminan soat 12:10 larda Boʻrijar kanalining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanidan oqib oʻtuvchi qismiga choʻmilishga borgan[7]. Kanaldagi suv oqimining tezligi va sovuqligi tufayli Ikramov suzib chiqa olmay, oqib ketgan[8]. Shu kunning oʻzidayoq Toshkent shahridagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchi g‘avvoslar guruhi tomonidan tezkor-qidiruv natijasida Chilonzor tumani, Beshyog‘och ko‘chasidagi „Toshkent Gidroelektrstansiyalari“, „Bo‘rijar“ 4-GES hududidan Ikramovning jasadi topilgan. Muhammadali Ikramov 2024-yil 21-iyunda oʻz tugʻilgan joyi Denov tumanida dafn qilingan[manba kerak].

Vikipediyadagi faoliyati

tahrir

Muhammadali Ikramov 2022-yil 13-mayda inglizcha Vikipediyada roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, qisqa vaqtda Vikipediyaga maqolalar joylashni oʻrgandi[1]. Soʻngra oʻzbekcha Vikipediyada sifatli maqolalar yaratishni boshlagan. WikiStipendiya marafonining birinchi mavsumida gʻoliblikni egallagan kuchli oʻnlikda boʻlgan. Vikipediyaning qonun-qoidalarini yaxshi bilgani hamda sifatli maqolalar yaratgani sababli o‘zbekcha Vikipediya foydalanuvchilari bergan ovozlar asosida 2023-yil 25-iyunda o‘zbekcha Vikipediya administratori huquqini oldi[1]. Vikipediyadagi qisqa faoliyati davomida „GIF qisqartmasi talaffuzi[1] va „Yoʻtal siropi mojarosi[9] mavzusida yaxshi maqolalar yaratdi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Bo‘rijarga cho‘kib ketgan talaba o‘zbekcha Vikipediya admini ekani ma’lum qilindi“. kun.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi“. platina.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  3. 3,0 3,1 „O‘zbekcha vikipediya ma’muri Bo‘rijar kanalida cho‘kib, halok bo‘ldi“. xabardor.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  4. „Oʻzbekcha vikipediya maʼmuri halok boʻldi“. ogoh.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  5. „O‘zbek vikipediyasiga katta hissa qo’shgan 20 yoshli yigit halok bo’ldi“. anhor.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  6. „Jahon tillari universitetining talabasi choʻkib vafot etdi“. uz24.uz (2024-yil 19-iyun). 2024-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  7. „Toshkentda Bo‘rijar kanaliga cho‘milishga borgan talaba cho‘kib ketdi“. kun.uz (2024-yil 20-iyun). 2024-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  8. „Toshkentda talaba „Boʻrijar“ kanalida choʻkib, vafot etdi“. qalampir.uz (2024-yil 20-iyun). 2024-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.
  9. „Bo‘rijar kanalida oqib ketib vafot etgan talaba o‘zbekcha vikipediya ma’muri ekani ma’lum bo‘ldi“. aniq.uz (2024-yil 22-iyun). 2024-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 22-iyun.