Munk (shahar)
Munk, Mink — oʻrta asrlardagi (10-asr) Xuttalon viloyatining eng yirik shahri. Qizilsuv daryosi (Tojikiston)ning yuqori oqimida, Obimozor daryosining oʻng qirgʻogʻida, Hovaling qishlogʻidan 1 km shim.-gʻarbdajoylashgan Shahri Ming harobasi oʻrnida boʻlgan. M.da hayot Kushon podsholigi davri (1—4-asr)dan moʻgʻullar istilosigacha (13-asr boshi) davom etgan.
M. dastlab Avestoda va "Shohnoma"da tilga olingan. Ilk oʻrta asrlarda M. kichik shahar boʻlsada, keng rustoqqa ega boʻlgan. M. obod, chiroyli shahar boʻlib, aholisi jangovarligi bilan ajralib turgan. V. V. Bartold M.ni hozirgi Baljuvon oʻrnida boʻlgan deb hisoblaydi. M.ning qabristoni hozirgi Xonaqo qishlogʻi yonida boʻlgan, mayyitlar yogʻoch tobutlarda, shim.ga qaratib dafn qilingan. Mayyitlarning bir qismi (10—14-asr) mongoloid irqiga mansub boʻlgan, 10—12-asrlarda M.da hunarmandchilik taraqqiy etgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |