Muqimiy teatri, Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri — Oʻzbekistonning yirik teatrlaridan biri. 1939-yil 30-noyabrda komik aktyor M. Miroqilov tashabbusi bilan Respublika komediya va satira teatri sifatida tashkil etilib, faoliyatini "Burungi qozilar yoki Maysaraning ishi" (Hamza) spektakli (rej. M. Miroqilov) bilan boshlagan. Ijodiy guruh 45 kishidan iborat boʻlib, Mirshohid Miroqilov— badiiy rahbar, F. Umarov, B.Xoʻjayev— rej.lar; M. Kuznetsova, S. Xoʻjayev, A. Bakirov, M. Yoqubova, M. Xolmuhamedov, A. Boltayev, O. Fayozova, A. Yusupov, U. Abdullayev, M. Gʻofurov, M. Mirtolipov, Z. Shermatova singari aktyorlar tashkil etdi. "Oʻjar xonim" (Lope de Vega), "Oshiklar" (B. Xalil), "Qozixona" (Gʻ. Gʻafurov) kabi spektakllar teatrning dastlabki spektakllari boʻldi.

Muqimiy nomidagi Oʻzbek davlat musiqali drama teatri
Turi Teatr
Sanoat Madaniyat
Ishga tushgan sanasi 1939-yil 30-noyabr
Asoschi(lar)i M. Miroqilov
Direktori Azim Mullaxonov[1]
Vebsayti muqimiyteatr.uz/uz/

1940-yil teatr musiqali drama va komediya teatri nomi bilan qayta tashkil topdi. T. Jalilov — badiiy rahbar, A. Azimov — bosh rej. etib tayinlandi.

Teatrning birinchi katta ishi "Tohir va Zuhra" (S. Abdulla; T. Jalilov, 1941) musiqali dramasi boʻldi. Xalq badiiy anʼanalariga yaqinligi bilan ajralib turgan bu spektaklning yutugʻi milliy musiqa merosi namunalarida va T. Jalilovning oʻziga xos original kuylarida namoyon boʻldi. Ikkinchi jahon urushi davrida teatr oʻzbek xalqining front orqasidagi mardonavor mehnati va jasorati xaqida hikoya qiluvchi "Qurbon Umarov" (S. Abdulla, Chustiy; T. Jalilov), "Qasos" (Sh. Tuygʻun, A. Umariy; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin), "Oftobxon" (K. Yashin; X. Toʻxtasinov) kabi spektakllar bilan oʻz repertuarini boyitdi. Oʻsha yillar saxnalashtirilgan "Nurxon" (K. Yashin; T. Jalilov) oʻzbek musiqali drama janrining yuksak namunasiga aylandi.

Urushdan keyingi yillar teatr repertuarida kichik mavzularga muroja-at etish, soxta joʻshqinlik kayfiyati yetakchilik qildi. Spektakllar sahnalashtirish va ijro mahorati jihatidan ancha sayozligi natijasida teatr mavkei ancha tushib ketdi va koʻpgina ijodkorlar teatrni tashlab ketdi. 40-yillarning oxiri — 50-yillarning boshlariga kelib teatr hayoti ancha jonlandi, chunki teatr 1948-yil Toshsovet nomidagi Yangiyoʻl musiqali drama teatri bilan birlashtirildi va teatr jamoasi yangi binoga koʻchib oʻtdi.

Teatrning ijodiy tarkibi R. Hamroyev (1959—76 yillar bosh. rej.), H. Umarov, M. Isroilov, U. Qoraboyev, M. Orifboyev, keyinchalik S. Poʻlatov, B. Ixtiyorov, H. Sharipov, M. Ixtiyorova, N. Poʻlatova, F. Ahmedov, T. Nazarova, M. Mirtolipov, V. Raykova kabi aktyor va rej.lar bilan mustahkamlandi. Natijada "Alpomish" (S. Abdulla; T. Jalilov), "Farhod va Shirin" (K. Yashin; Yu. Rajabiy, G. Mushel), "Muqimiy" (S. Abdulla; T. Jalilov, G. Mushel),"Surmaxon" (B. Rahmonov; T. Jalilov, L. Stepanov), "Rav-shan va Zulxumor" (K. Yashin; T. Jalilov, G. Mushel) singari spektakllar bilan teatr oʻz mavqeini koʻtarib oldi.

50 — 60-yillarga kelib musiqali dramalar yaratishda nafaqat bastakorlar, balki kompozitorlar ham faol qatnasha boshladilar. "Oltin koʻl" (Uygʻun; M. Leviyev), "Vatan ishqi" (Sh. Saʼdulla, Z. Fatxullin; S. Boboyev), "Toshbolta oshiq" (H. Gʻulom; M. Leviyev), "Momo yer" (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), "Nodira" (X. Razzoqov; K. Jabborov, S. Hayitboyev) va boshqa shular jumlasidan. Bu spektakllardan keyin turli mavzudagi asarlarni musiqiy va sahna talqinini hal etishda teatrning ijodiy imkoniyatlari kengligi namoyon boʻldi. Shu davrda yaratilgan eng yaxshi spektakllarning sahna yuzini koʻrishida Mannon Uygur, Ya. Bobojonov, M. Muhamedov, Z. Qobulov, E. Yungvald-Xil-kevich, R. Hamroyev, M. Mirtolipov kabi rej.lar, F. Shamsutdinov, N.Ginzburg , F. Nazarov, G. Doniyax singari diri-jyorlar, G. Vizel, Sh. Shoraximov, Z. Gʻoyibov, P. Koval va boshqa rassomlar, V. Gubskaya, Ye. Baranovskiy, N. Gordon, R. Vahobov, R. Karimova kabi baletmeysterlarning xizmatlari katta boʻldi. Ichki kechinmalarni yetkazish bilan birga xonandalik va dramatik mahorat uygʻunligi X. Ahmedov, M. Gʻafurov, F. Rahmatova, E. Jalilovalar ijrosida, ifoda vositalarining his-tuygʻuga toʻlaligi, bir obrazdan ikkinchi obrazga tez uta bilish sanʼati L. Sarimsoqovada, betakror kolorit, oʻziga xos xalq yumori bilan yugʻrilgan ijro S. Xujayevda, kinoya, yaxlitlik, ijro madaniyati H. Umarovda alo-xdda ajralib turdi.

Muqimiy teatri binosi

70—80-yillarga kelib teatrning muvaffaqiyatli spektakllari asosan tarjima asarlardan iborat boʻldi. "Qonli toʻy" (Garsiya Lorka; I. Akbarov), "Reja" (R. Tagor; M. Bafoyev), "Prometey" (Yu. Marsinkyavichus; M. Bafoyev), "Jon qizlar" (K. Shangʻitboyev, K. Boyseitov; A. Muhamedov), "Malinovkada toʻy" (L. Yuxvid; B. Aleksandrov), "Momo yer" (Ch. Aytmatov; I. Akbarov), "Un ikkinchi kecha" (U. Shekspir), "Xonuma xonim" (A. Sagareli; G. Kancheli) kabi musiqali dramalar shular jumlasidan.

Murakkab falsafiy mavzular yoritilgan bu spektakllarda musikaning roli kutarilishi bilan birga xor, balet Muqimiy teatri binosi. vazifalari kengaytirildi, metafora, simvolika, shartli teatr qullanmalaridan keng foydalanildi, shuningdek, boy sahna kompozitsiyasi, obrazlar talqinida musiqiy kup ovozlilik qullanildi.

1972-yildan teatr Oʻzbek davlat musikiy teatriga aylantiriddi. "Zuldir" (A. Ibrohimov; M. Bafoyev), "hiylai sharʼiy" (R. Guntekin; M. Mahmudov) kabi satirik komediyalarda musiqada ham, aktyorlar ijrosida ham hazilmutoyiba, uziga xos utkir kinoya, istehzo ustunlik qildi. Lekin 70—80-yillar tajribasi shuni kursatdiki, teatr repertuari oʻsha davrda yaratilgan adabiy asarlardan ancha orqada qolib ketdi. Sahna rivojlanishi juda past boʻlib, murakkab mavzulardan krchildi, maishiy komediyalar yaratishga, bir xil qoliddgi spektakllar sahnalashtirishga eʼtibor qaratidsi. Bunga katta avlod urniga kelgan yosh ijodkorlarning mustaqil ijodga hali tayyor emasliklari sabab boʻldi.

80-yillar oxiri — 90-yillarning boshlarida teatr repertuarini koʻproq ertak va afsonalar egalladi. "Gul va Navruz", "Yusuf va Zulayho", "Tuyaqush boyaqish", "Shayton va muridlar" kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, dolzarb mavzular, qayta qurish va qayta qurishdan keyingi davr yoritilgan spektakllar ham sahnalashtirildi. Lekin spektakllarda ijtimoiy hodisalar chuqur taxlil qilinmagan holda, yuzaki hal etildi. Zamonaviy maishiy mavzu musiqali komediyalar ("Kuyovlar konkursi", "Dilafruzga 4 oshiq" va boshqalar) bilangina chegaralanib qoldi.

1993—94 yillar teatr repertuari "Bir kam dunyo" (T. Yunus, A. Yunus), "Toʻylar muborak" (Oʻ. Hoshimov, O. Muxtor; M. Maxmudov), "Toshkentga sayohat" (B. Dar-vesh; N. Xalilov) va boshqa musiqali komediyalar bilan boyidi. Bu spektakllarda xalq lirik kuylari, hazil, oʻyinbop qoʻshiklar asosiy oʻrin tutdi. Oʻsha yillarda sahnalashtirilgan "Nodirabegim" (T. Toʻla; F. Olimov), "Har kimki vafo qilsa" (H. Muhammad; A. Ismoilov, S. Xayitboyev, M. Otajonov) kabi spektakllarda tarixiy mavzuga qaytish, milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan yirik tarixiy shaxslarni gavdalantirishda teatr sifat jihatiga alohida eʼtibor berdi.

1995—97-yillar "Fotima va Zuhra" (Oʻ. Umarbekov; F. Olimov), "Oqibat" (R. Maʼdiyev; B. Umidjonov), "Devona" (R. Maʼdiyev, F. Olimov) vab. spektakllarda realistik anʼanalar taʼsirchan melodramalar bilan uygʻunlashib ketdi.

Keyingi yillarda syujet chizigʻi hazil-mutoyiba, kiziqchilik, aktyorning yangi topilmalari bilan qorishib ketgan "Bu qanday balo" (E. Yusufaliyev; N. Xalilov), "Superqaynona" (S. Ismoilov; F. Olimov), shuningdek, "Tuydan keyin tomosha" (Shukrullo; N. Norxoʻjayev), "Taqdir" (R. Maʼdiyev; B. Lutfullayev), "Oʻlding , aziz boʻdding" (X. Xursandov; F. Olimov) kabi bir qancha muvaffaqiyatli spektakllar sahnalashtirildi.

Bugungi kunda teatr izlanishda, harakatda, F. Rahmatova, M. Ixtiyorova, S Poʻlatov, N. Poʻlatova, D. Safoyeva, M. Yoqubova, M. Qayumova, A. Mirzayevalar bilan bir qatorda R. Solihov, T. Beknazarov, M. Salimov, T. Pirjonov, X. Toʻxtayev, Z. Boyxonova, B. Xolmirzayev, M. Bekjonova, A. Bekjonov, N. Rustamov, G. Rustamova, D. Uzoqov kabi yoshlar ham teatrning yetakchi aktyorlaridir.

Teatrning bosh rej.i — Bahodir Nazarov, bosh dirijyor — Joʻra Ortiqov, bosh baletmeyster — Shokir Axmedov.

Muqimiy teatri binosi qad. va zamonaviy meʼmorlik uslublarini oʻzaro uygʻunlashtirish asosida barpo etilgan (1943, bezaklari —1951, meʼmorlar D. Xazanov, V. Tixonov; muhandis A. Rabinovich; xalq ustalari Yu. Musayev, M. Qosimov, Us t a Shirin, Sh. Gʻofurov, Us t a Moʻmin va boshqa qatnashgan). Bosh tarzi 3 ravokli, peshtoqli, tepasi sharafali. Peshtokining 2 yoniga ganchkori panjarali namoyon ishlangan. Us t a Yusufali daxliz zallarini qobirgʻali gumbazlar bilan koʻtargan, ustunlar orasiga ustma-ust ravoqlar oʻrnatib, interyeri ganch oʻymakorligida bezatilgan. Us t a Moʻmin tomosha zali devoriga uzum va uning barglari tasvirini ganchga oʻyib ishlagan, foyesida esa gullayotgan oʻrik daraxti tasvirlangan. Tomosha zali 800 tomoshabinga moʻljallangan. Mustaqillik yillarida teatr ilk bor rekonstruksiya qilindi.

Marfua Hamidova.[2]

Rahbariyat

tahrir

2016-yildan to 2021-yilgacha teatrga Mirza Azizov rahbarlik qilgan. Aktyor koronovirus kasalligidan vafot etgach, teatrga 2021-yil iyun oyidan Aleksandr Bekchanov raxbarlik qildi[1]. 2023-yil 22-fevraldan teartga Azim Mullaxonov rahbar etib tayinlandi[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi“. Qaraldi: 26-noyabr.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil