Musallas (sheʼr shakli)
Musallas (arab. — uchlik, uchlama) — musammat sheʼr shakllaridan biri. M. oʻzbek sheʼriyatidagi na emas, balki aruz sistemasi qoʻllangan boshqa qoʻshni adabiyotlar tarixida ham juda kam uchraydi. Buning sababi uchlikning 1- va 2-juft misrasidan keyingi 3- misraning qofiya jix,atidan toq boʻlishidadir (a-a-b). Bunday holat sheʼrda fikriy notamomlikka, uzilishga sabab boʻlishi mumkin. U gʻarb adabiyotidagi tersinalarga oʻxshab ketadi. Uning da-stlabki namunasi 16-asr tojik shoiri Mushfiqiy ijodida uchraydi. Oʻzbek shoirlaridan esa Uvaysiy (19-asr) devonidauchraydi, xolos. U ham a-a-a; b-b-b; v-v-v qofiya tartibiga ega. Birok. 20-asr shoirlaridan Hamza, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Vosit Saʼdulla, Omon Matjon, Anvar Obidjon aruz va barmoq vaznlarida M.ning yangi namunalarini yaratganlar.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |