Naimjon Rahimov
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Naimjon Rahimov. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Naimjon Rahimov“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • Rahimov qaydlar • oʻchirish |
Naimjon Rahimov (1951-yil 2-may, Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR – 2011-yil, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori (1988), professor (1989).
Naimjon Rahimov | |
---|---|
Tavalludi |
2-may 1951-yil Namangan tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Vafoti |
2011-yil (60 yoshda) Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | fizik olim |
Sohasi | fizika |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirNaimjon Rahimov 1951-yil 2-may Namangan tumanidagi Rovuston qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1968—1973-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini tugatgan[2]. Naimjon Rahimov Namangan davlat pedagogika instituti fizika kafedrasining oʻqituvchisi (1978—1979), katta oʻqituvchi (1979—1981), dotsent (1982—1988), kafedra mudiri (1988—1993), ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1993-2000), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (2000—2005), kafedra mudiri (2005—2011) lavozimida faoliyat koʻrsatgan[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1979-yilda „Geterooʻtishlar asosidagi tiristorlarni tayyorlash va oʻrganish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1988-yilda „Koʻp qatlamli geterotuzilmalarning yarimoʻtkazgichli elektronikada qoʻllanishi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[1]. Olim 1 ta monografiya va 5 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 15 ta ixtiro, 70 dan ziyod ilmiy maqolalari muallifi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.
- ↑ 2,0 2,1 Q. Nosirov, S. Saydaliyev, A.Turdaliyev. Safimizdagi ustozlar, Namangan, 2008.