Namangan davlat pedagogika instituti
Namangan davlat pedagogika instituti – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289 sonli „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Qaroriga asosan Namangan davlat pedagogika instituti tashkil etildi[1].
Namangan state pedagogical institute | |
Xalqaro nomi |
Namangan state University |
---|---|
Turi | Institut |
Asos solingan sanasi | 2022-yil |
Rektori | Xusanov Baxodir Ergashevich |
Bakalavriat | 2560 (2023) |
Magistratura | 98 (2023) |
Manzili |
Namangan viloyati, Namangan shaxar, Uychi ko'chasi, 316-uy |
Veb-sayti | www.namspi.uz |
Institutda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, pedagogika sohasida taʼlim, ilm-fan va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida, Namangan davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika institutini tashkil etish belgilab qoʻyilgan.
Hozirgi davrda bakalavriat bosqichida 2560 nafar, magistratura bosqichida 98 nafar talaba tahsil olmoqda. Institutda 105 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda.
Boshqaruv
tahrirXusanov Baxodir Ergashevich – Namangan davlat pedagogika instituti rektori, Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich – Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Isoqboyev Alisher Axmadjonovich-Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor, Tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Fakultetlar
tahrirInstitutda 3 ta fakultet mavjud:
- Pedagogika;
- Ijtimoiy fanlar;
- Aniq va tabiiy fanlar.
Ularda jami 15 ta taʼlim yoʻnalishida taʼlim berilmoqda.
Bakalavriat
tahrirKunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:
- Pedagogika;
- Maktabgacha taʼlim;
- Boshlangʻich taʼlim;
- Kimyo;
- Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;
- Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
- Musiqa taʼlimi;
- Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
- Oʻzga tilli guruhlarda rus tili (oʻzbek guruhlari uchun);
- Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik taʼlim;
- Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili);
- Maxsus pedagogika: logopediya;
- Pedagogika (rus);
- Maktabgacha taʼlim (rus);
- Boshlangʻich taʼlim (rus);
- Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (rus);
- Jismoniy madaniyat (rus);
Sirtqi taʼlim
tahrir- Pedagogika;
- Maktabgacha taʼlim;
- Boshlangʻich taʼlim;
- Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
- Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
- Musiqa taʼlimi;
- Jismoniy madaniyat;
- Texnologik taʼlim;
- Maktabgacha taʼlim (rus);
- Boshlangʻich taʼlim (rus);
Kechki taʼlim
tahrir- Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)
Magistratura mutaxassisliklari
tahrir- Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi boʻyicha);
- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim);
- Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim);
- Taʼlim muassasalarining boshqaruvi;
- Tasviriy sanʼat va amaliy bezak sanʼati;
- Musiqa taʼlimi va sanʼat;
- Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi;
- Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti;
- Ijtimoiy fanlarni oʻqitish metodikasi;
Qoʻshimcha maʼlumotlar
tahrirTelefon: +998 69 211 11 69
Sayt: www.namspi.uz
Facebook: www.fb.com/namspi.uz
Instagram: www.instagram.com/namspi.uz
Youtube: www.bit.ly/3wIdW85
Twitter: www.twitter.com/namspi
Murojaatlar uchun: www.t.me/NamSPIbot