Narimon Narimonov
Narimon Narimonov (toʻliq ismi: Narimon Karbaloyi Najaf oʻgʻli Narimonov, 14-aprel 1870, Tbilisi — 19-mart 1925, Moskva) — Ozarbayjon bolshevik inqilobchisi, ijtimoiy-siyosiy xodim, yozuvchi, publisist, shifokor; Ozarbayjon SSR ning 1-Xalq Tashqi ishlar komissari; Ozarbayjon SSR Inqilob qoʻmitasi raisi; Ozarbayjon SSR Xalq Komissarlari Sovetining 1-raisi; ZSFSR Ittifoq Sovetining 1-raisi; SSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi prezidiumining ZSFSR dan 1-raisi.
Narimon Narimonov | |
---|---|
Asl ismi | Nəriman Nərimanov |
Tavalludi | 14-aprel 1870, Tbilisi, Tiflis gubernatorligi, Rossiya İmperiyasi |
Vafoti | 19-mart 1925, Moskva, RSFSR, SSSR |
Kasbi | ijtimoiy-siyosiy xodim, yozuvchi, publisist, shifokor |
Ijod qilgan tillari | Ozarbayjon tili va Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi, Ozarbayjon SSR va SSSR |
Bolalari | Najaf Narimonov |
Otasi | Karbaloyi Najaf |
Onasi | Halima xonim |
Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Narimon Narimonov Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb eʼlon qilingan mualliflar roʻyxatiga kirgan[1].
Ozarbayjonning musulmon sharqida erishgan bir qancha ilklar, shu jumladan, ilk konstitutsiya uning nomi bilan bogʻliq. Narimonov hokimiyati davrida Ozarbayjon xalqining odat va anʼanalariga chuqur hurmat koʻrsatilib, barcha diniy va anʼanaviy bayramlar rasman dam olish kuni deb hisoblangan. U siyosatchi boʻlish bilan birga maʼrifatparvar va dramaturg-yozuvchi sifatida Ozarbayjon tarixida muhim rol oʻynagan, 1894-yilda Bokuda ilk qiroatxonani ochgan. Adabiyotchi sifatida Ozarbayjon milliy romanining („Bahodir va Sona“) va ilk tarixiy tragediyaning („Nodirshoh“) asoschisidir. Uning hokimiyati davrida barcha qoʻshni respublikalar bilan doʻstlik aloqalari olib borilgan. Masalan, Turkiyadagi Istiqlol urushiga katta koʻmaklik koʻrsatgan, natijada Turkiyaning xaritadan oʻchib ketishiga qarshi olib borilgan kurashda ularga katta yordam bergan. Keyinchalik Otaturk unga bu yordamlarini qaytarishni taklif qilganida Narimon Narimonov unga "Poshom, turk millatiga shunday anʼana bor, jigar har qanday holatda jigarining qoʻlidan tutadi" deb javob bergan.[2]
Hayoti
tahrirNarimon Narimonov 1870-yilda Tbilisi shahrida tugʻilgan. 1890-yilda Goriy seminariyasini, 1908-yilda Novorossiysk (Odessa) universitetining tibbiyot fakultetini tugatdi.
1905-yilda Sotsial-demokrat „Hummat“ tashkilotining rahbariyatiga kirgan, Rossiya sotsial-demokrat ishchi (bolsheviklar) partiyasining (RSDF (b)P) dasturini Ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. 1909-yilda qamoqqa olinib, Hashtarxon shahriga surgun qilindi.
1913-yilda Bokuga qayitgan Narimonov ishchilar orasida tashviqot bilan shugʻullangan.
1917-yilda Narimon Narimonov „Hummat“ tashkiloti markaziy qoʻmitasi raisi va RSDF (b)P Boku qoʻmitasi aʼzosi, „Hummat“ gazetasi bosh muharriri edi.
1918-yil mart oyida Narimon Narimonov Boku sovetida shahar xoʻjaligi boʻyicha xalq komissari etib tayinlandi. Ushbu yilning iyun oyida ogʻir kasallik tufayli Hashtarxon shahriga muolajaga joʻnatiladi. Sogʻaygach bu shahardagi bir necha partiya organlarida ishlaydi.
N. Narimonov 1919-yilda Moskvaga chaqirilib RSFSR Xalq Tashqi ishlar Komissarligida (TIV) Sharq masalalari boʻyicha xalq komissari muovini lavozimiga tayinlandi. 1920-yil 28-aprelda Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati tugatilib, Ozarbayjon SSR eʼlon etilgach, N. Narimonov Ozarbayjon SSR Vaqtincha Inqilob qoʻmitasi raisi va Xalq komissarlari soveti raisi lavozimini egalladi.
1922-yilda SSSR tashkil topgach, SSSR Markaziy Ijroiya qoʻmitasi raislaridan biri etib saylandi. N. Narimonov 1925-yilda shubhali shaklda vafot etib, Moskvada Kreml devorlari yaqinida dafn etildi.
Taniqli inqilobchi Lev Trotskiy Narimonov oʻlimi haqisa shunday degandi: „Lenindan soʻng Sharqning eng katta yoʻqotishi.“"[3] Sergo Orjonikidze esa N. Narimonovni shunday tasvirlagan edi: „Partiyamizning Sharqdagi eng katta namoyandasi“."[4]
Oilasi
tahrirN. Narimonov Tbilisi shahrida kambagʻal oilada tugʻildi. Unga aslan Janubiy Ozarbayjonning Urmiya tumanidan boʻlgan katta bobosining ismini qoʻyishgan. Akasi Salman Narimonov xotira daftarida katta bobomiz Narimon XVII asrda Kaxetiya hokimi I Iroqllining saroyida „sobitqadam“ eshik ogʻasi boʻlgan deb yozadi. N. Narimonovning otasi Karbaloyi Najaf mayda tijorat bilan shugʻullanardi. Karbaloyi Nafajning otasi Ollohberdibey XIX asrda Kavkazortida taniqli musiqa xodimlaridan biri edi. karbaloyi Najaf tbilisilik hoji Muhammadhasan Zamonovning qizi Halima xonimga uylangan, ularning 9 farzandi boʻlgan: Salmon, Marziya, Rizo, Rizvon, Fotima, Sakina, Rizvon (oʻlgan farzandining simini qoʻyishgan), Narimon,[5]
Akasi
tahrirSalmon Narimonov N. Narimonovning katta akasi. U 1847-yilda Tbilisida tugʻilgan. U "Sayyora" va "Sayyorayi Haqqi" taxallusi bilan sheʼr yoza boshlagan. Salmon Narimonov Kavkazda ilk ozarbayjon harf teruvchi sifatida tanilgan. U 1905-1907-yillarda Boku matbaalarida bosh harf teruvchilik qilish bilan birga Ozarbayjonda milliy tartibchilarning yetishib chiqishida va poligrafiya sanʼati rivojida xizmat koʻrsatgan. Maqolalarini „Qari Salmon“ taxallusi bilan yozgan. Hozirgi kunda „Sayohatnoma“ asari OMFA M.Fuzuliy nomidagi Qoʻlyozmalar İnstituida saqlanadi. „Hayot“ gazetasining 1906-yil sonlarida chop etilgan maqolalari: "Namrudlar va Shaddodlar", „Hami-niku“, „Daraxtni ichidan qurt yeydi“, „Falonchiga maktub“, „Qissadan hissa“, „Aytish yoki aytmaslik lozim“, „Ochiq maktub“, „Hurriyatdan haq ila foydalanmoq lozim“. 1907-yilda Bokuda vafot etgan.[6]
Turmush oʻrtogʻi
tahrirGulsum Narimonova (Aliyeva) 1898-yilda Boku shahrida aslan Shamaxidan boʻlgan tijoratchi Mirkozim Aliyev oilasida tugʻilgan. 1915-yilda u buyuk mutafakkir, taniqli davlat arbobi N. Narimonov bilan turmush quradi. 1931-1935-yillarda esa u Moskvada Timirzayev nomidagi qishloq xoʻjaligi akademiyasining bogʻbonlik-mevachilik fakultetida va Qoragul qoʻychiligi institutida oʻqiydi. Gʻarbiy Sibirdagi ish tajribasi asosida Gulsum xonim "Juda muhim yem bazasi", „Silos kompaniyasida keskin qaytishga muvaffaq boʻlish lozim“, „Silos uchun minora va okoplar yoʻlida“, „Kollektivlashtirish ayolni ozodlikka chiqaradi“ nomli kitobchalar yozadi. Bundan tashqari u "Tasodifiy kompaniya" maqolasini, „Bolalar uchun ertak va hikoyalar“, „Bakinskiy rabochiy“ gazetasi uchun maqola va "Mening xotiralarim"ni yozib chop ettiradi. Faol homiylik faoliyatiga koʻra Gulsum xonim Narimonova Moskva Harbiy idorasining, Moskva shahar sogʻliqni saqlash shoʻbasining, Harbiy kasalxona qoʻmondonligining farmonlari bilan taqdirlanadi, "Germaniya boʻyicha gʻalabaga koʻra medali" bilan mukofotlanadi. U Moskva shahar Qizil xoch qoʻmitasining homiylik komissiyasi aʼzosi edi, "SSSRning sanitar muhofazasi aʼlochisi" koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi. Gulsum xonim Narimonova 1953-yilda vafot etib, Moskvadagi Vagankovskoye qabristonida dafn etildi.
Abdulla Shoiqning N. Narimonovning turmush qurishi munosabati bilan yozgan tabrik sheʼri:
"Muhtaram Narimonbey Narimonov janoblariga!!"
Nişan qoymuşsan eşitdim, xeyir olsun!
Tong yulduzi kabi baxting porlasin.
Yasha, yangi yoʻldoshingla yuz yasha:
Bu dunyoni rohatda, oshingni osha.
Boʻron, toʻfonlardan soʻng albat,
Goʻzal boʻlar tinchlik, farogʻat.
Yoʻq, sen rohat sevmagan otashsan,
Eriydi qahringla muthish dushman.
A.Shoiq. Boku, 8-mart, 1914-yil[7]
Oʻgʻli
tahrirNajaf Narimon oʻgʻli Narimonov 1919-yil 2-dekabrda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tavallud topgan. 1928-yilda Najaf Narimonov Moskva shahrida 109-sonli maktabga boradi. 1938-yilda toʻqqiz yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan Najaf Narimonov keyinchalik Pushkin nomidagi Tankchilik maktabi nomini olgan Leningrad Harbiy texnik-tank maktabiga kiradi. Najaf Narimonov 1940-yilda Kiyev harbiy maktabini tamomlagach, Harbiy akademiyada oʻqishni xohlardi. Buning uchun u Qizil armiyaning Stalin nomidagi Harbiy akademiyasigaqabul imtihoniga kirishi uchun ariza bilan murojaat qiladi. Lekin 1941-yilda boshlangan Ulugʻ Vatan urushi uning uning orzusi amalga oshishiga toʻsqinlik qiladi. U Stalingrad va Janub frontlarida jang qilgan, 2-gvardiya mexaniklashtirish korpusining 58-alohida gvardiya taʼmir-barpo taborining tank temir boʻlimining vzvod komandiri boʻlgan. „Stalingrad mudofaasiga koʻra“ medal bilan taqdirlanadi. 1943-yil 10-sentabrda Ukrainaning Volnovaxa shahri va shahar temiryoʻl bazasining dushmanlardan ozod etilishida Najaf Narimonovning tankchilari ham ajralib turadi. Oʻsha kuni jasur komandir, 24 yoshli Narimonov halok boʻladi. Uni Volnovaxadagi qardoshlik qabristonida askarlik ehtiromi bilan dafn etishadi.[8]
Amakisi nabirasi
tahrirMuzaffar Narimonov 1897-yilda Tbilisida tugʻilgan. Fevral-burjua demokratik inqilobidan (1917) soʻng Boku gubernatorligi oziq-ovqat qoʻmitasi vakili, Ozarbayjonda Sovet hokimiyati oʻrnatilgach esa Nuxa uezdi va Zagatala tumani favqulodda komissari muovini boʻlgan. 1921-yilda AK (b) P Fabrika va zavod tuman qoʻmitasi kotibi etib tayinlandi. 1925-yilda G.V.Plexanov nomidagi Xalq xoʻjaligi institutini tamomlab, AK (b) P MK tashkilot shoʻbasi mudiri (1925-1927), Ozarbayjon SSR Xalq FKM komissari muovini (1927-1928), UİK (b) P Sverdlovsk idora qoʻmitasi kotibi (1929-1930), AK (b) P MK kotibi, Ural Isteʼmol ittifoqining rais muovini (1930-1933), AK (b) P MK ommaviy tashkilot shoʻbasi mudiri, Orjonikidze Rayon qoʻmitasi kotibi, Boku qoʻmitasi kotibi, keyinchalik II kotibi (1933-1937) lavozimlarida ishlagan. UİK (b) P-ning 16 va 17-qurultoylari, AKP va Kavkazorti kommunist tashkilotlarining bir qator qurultoylarining vakili boʻlgan. Koʻp bor AK (b) P MK, UIK (b) P Kavkazorti oʻlka va Sverdlovsk viloyat qoʻmitalariga, Ozarbayjon SSR MIK va SSR MIK ga aʼzo etib saylangan. Qizil Mehnat bayrogʻi ordeni bilan taqdirlangan. 1937-yilda M.Bagʻirov tomonidan qamoqqa olinib, 1938-yilda esa repressiya qurboni sifatida otib tashlangan.[9]
Oʻqituvchilik faoliyati
tahrirQizil hojili qishloq oʻrta maktabi davri (1890—1891)
tahrirTbilisi gubernatorligi uezdlarda ijtimoiy maktab ochish uchun 1873-yil 22-noyabrda maxsus nizomnoma qabul qildi. 1875-yilda Borchali uezdida yashovchi ozarbayjonlar uchun ijtimoiy maktab tashkil qilish maqsadida N. Narimonov hududni aylanib chiqadi. Hech bir qishloq ushbu maktabni qabul qilmaydi. Faqatgina Qizil hojili maorif organlariga maxsus ariza bilan murojaat qilgan holda bu maktabning ularga berilishini soʻrashadi. 1875-yil hisobotida Kavkaz tehsil doirasining mudiri Neverov yozadi: „Oʻz xarajati bilan maktab ochish niyatida boʻlgan Borchali uezdidan Qizil hojili nomli musul qishlogʻi ham bor“.[10]
XIX asrning 70-yillarida hukumatning alohida buyrugʻi bilan qishloqlarda tashkil topgan ijtimoiy maktablar davlatning maorif organlari tomonidan nazorat qilinar, lekin davlat xazinasidan yordam koʻrsatilmasdi. Ijtimoiy maktablarni saqlash uchun aholidan alohida soliq olinardi. Shu maqsadda oʻsha yil har uydan 1 manat 30 qapikdan olgan qizilhojliklar 292 manat pul yigʻishdi. Buni 200 manati oʻqituvchi uchun yillik mehnat haqqi, 92 manat esa maktab xoʻjalik ishlari va dars anjomlari uchun sarflandi. Shunday qilib qizilhojiliklar Kavkazortida yashovchi ozarbayjonlar uchun ochilgan maorifning ilk pioneri boʻlishdi. 1876-yilda maktab uchun yangi tipli, uch sinfli tosh bino ham qurishdi. Shu tarzda 1877-yil 1-sentyabrda avvallar maxsus evlarda faoliyat koʻrsatgan mulla maktabining bazasida yangi tipli, dunyoviy tehsil beruvchi boshlangʻich maktab ishga tushdi. Hali Narimonov tirikligida qishloq ahli bir qaror bilan uni „Narimoniya maktabi“ deb nomlagan edilar.[10]
1890-yilda Goriy oʻqituvchilar seminariyasini bitirgan 20 yoshli Narimonov pedagogik faoliyatini Tbilisi gubernatorligi Borchali uezdining Qizilhojili qishloq boshlangʻich maktabida rus tili oʻqituvchisi sifatida oʻz pedagogik faoliyatini boshladi. Lekin boʻlajak adib va davlat arbobiga faqatgina bir oʻquv yili ishlash nasib etdi. Moddiy yetishmovchilik tufayli maktab yopildi. Narimonov Bokuga qaytishga majbur boʻldi. Oʻsha davrdagi Ozarbayjon qishlogʻiga xos boʻlgan jihatlar — savodsizlik va fanatizm, huquqsizlik va chidab boʻlmas suisteʼmol ana shu qishloqda barcha dahshati bilan Narimonovning koʻz oldida namoyon boʻldi va ancha vaqt oʻtgach oʻzi yozganidek „bashariyatning orqada qolgan qismiga kuchi yetganicha yordam berish“ fikri unda ilk bor ana shu qishloqda paydo boʻldi. Qizilhojilida dars bergan paytlari "Nodonlik" asarini yoza boshladi.[10]
Boku davri (1891—1902)
tahrirBir yil oʻtgach, yangi maktab ochish niyatida Bokuga koʻchgan Narimonov juda keng miqyosda ijtimoiy-pedagogik faoliyatini boshlaydi. Maktab ochish unga nasib qilmaydi va Narimonov S.M. Gʻanizodaninh koʻmagi bilan A.I. Pobedonostsevning 6 sinfli progimnaziyasi tayyorlov sinfining quyi shoʻbasiga oʻqituvchi etib olindi. Bu maktab xususiy maktab boʻlgani sababli u yerda ishlovchilar davlat xizmatchisi hisoblanmas edi va davlat maktablarida ishlovchi oʻqituvchilar uchun ajratilgan imtiyozlardan foydalanish huquqidan mahrum edilar. Moddiy ahvolning ogʻir oʻtishiga qaramay, Narimonov bu maktabda 5 yil faoliyat koʻrsatadi, ozarbayjon bolalarning tahsilga jalb etilishiga, shogirdlar sonining ortishiga xizmat koʻrsatadi.
Boku shahar pedagogik jamiyatining va aholining chuqur hurmatini qozongan Narimonov Boku real maktabi direktori tomonidan 1896-yil boshlarida ushbu maktabga ozarbayjon tili oʻqituvchisi va sinf murabbiylari yordamchisi lavozimiga taklif qilinadi. Biroz soʻngra 1896-yil 1-sentyabrda Boku shahar dumasining qarori bilan Probedonostsev progimnaziyasi bazasida Boku oʻgʻil bolalar klassik gimnaziyasi tashkil etiladi va Narimonov davlat xizmatchisi lavozimiga tayinlangani uchun ushbu gimnaziyadagi lavozimga oʻtadi. Narimonov bu yerda tanaffussiz 1902-yilgacha ishlaydi va oʻzini mehnatkash, namunaviy oʻqituvchi sifatida koʻrsatadi. Yuksak saviyali pedagogik xizmatlari uchun avval medal bilan, keyinroq esa uchinchi darajali Muqaddas Stanislav ordeni bilan taqdirlanadi.
Narimonovning pedagogik faoliyati faqatgina oʻqituvchilik bilan cheklanib qolmasdi. U, shuningdek, ijtimoiy xodim sifatida Ozarbayjonda maorif va madaniyatning yoyilishiga jiddiy taʼsir oʻtkazdi. Ushbu davrda Narimonov Boku shahrining turli taʼlim muassasalari qoshida faoliyat koʻrsatadigan dam olish kunlari maktablari va oqshom kurslarida ham tekinga dars oʻtar, davrining boshqa kuchli ziyolilari bilan birga Yoshi katta aholiga savod oʻrgatar, zamonaviy fikrlar ulashar, bu maktab va kurslarning foydasiga teatr tomoshalarining koʻrsatilishida ishtirok etardi.
Narimonov rusparast shovinistlarga qarshi oʻz nuqtai nazarini ham izohlab shunday derdi: "Turk (Ozarbayjon) bolalari faqat Pushkinni emas, Shekspirni, Shillerni ham bilishlari lozim. Faqat turk (ozarbayjon) farzandi oʻzining millatidan boʻlgan asl proletar shoiri Sobirning oʻtli sheʼrlarini, xalq shoirlari Voqif, Zokir, Vidodiyning sheʼrlarini bilgandan soʻng bularni bilishi lozim." Narimon Narimonov tavsiyasi shunday edi: "turk (ozarbayjon) tilining taʼlimini kamaytirish taklifini ilgari suruvchilar oʻzlari bu tilni oʻrganishi lozimki, Sobirni tushunsinlar".
N. Narimonov Ozarbayjon tilini siqishtirgan kommunistlar mavqeyining chor Nikolay pozitsiyasi bilan ustma-ust tushishini taʼkidlab, ularni chekinmasdan shovinist deb atagan edi.
N. Narimonov xalqimizning milliy tiklanishi yoʻlida koʻrgan ishlari koʻp. bu yoʻlda uning qatʼiyatini isbotlovchi yana bir fakt: 1924-yil 20-martda Moskvada partiyaning siyosiy byurosida N. Narimonov taklifi bilan masala muzokara etildi. O, F.Dzerjinskiyning fikriga qarshi chiqib, neftdan olingan foydaning katta qismining Ozarbayjonda maorif va sogʻliqni saqlash rivojida xarjlanishi masalasini qoʻygan. N. Narimonov bunga erishdi va oʻz tavsiyalarini XSK G.Musabeyovga yozdi.
Shifokorlik faoliyati
tahrirN. Narimonov 1902-yilda 32 yoshida Odessadagi Novorossiysk İmperator Universitetining tibbiyot fakultetiga kirib, 1908-yilda bu yerni tamomladi. 4-kursda oʻqiyotganida "Tibbiyot va Islom" asarini yozdi. Hashtarxonda surgundaligida ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan birga shifokorlik bilan ham shugʻullandi. Hashtarxon "Xalq universitetlari jamiyati"ning sadri boʻlgan Narimonov Hashtarxon gubernatorligi shifokorlarining II qurultoyida "Shoʻroyi Islom" jamiyati nomidan maʼruza oʻqidi. 1918-yilda Narimonov Boku shahar xoʻjalik komissari sifatida shahrning sanitar vaziyati, shuningdek, kasalxonalarning vaziyati bilan bogʻliq bir qancha kerakli chora-tadbirlar koʻrdi.
1914-yildan Narimonov Bokuning Qora shahar tumanida tekin muolajaxonasida ishlab, neft konlarida ishlovchi bemor ishchilar va kasalxonaga yaqin qishloqlarning jamoatini davoladi. U oʻz manzilida ham bemorlarni pulsiz davolardi.
1909-yildan 1918-yilgacha N. Narimonov Hashtarxonda va Bokuda "Xolera-vabo", „Chaxotka-sil“, „Traxom“, „Ayollar olami“, „Tibbiyot va Islom“, „Mastlik“ va boshqa bu kabi foydali ilmiy-publitsistik mavzularda maʼruzalar oʻqidi, maqolalar va kitobchalar chop ettirdi.
N. Narimonov har maʼruzadan soʻng „Tibbiyot va Islom“ kitobchasini kambagʻal ishchilar orasida yoyish uchun pulsiz tarqatardi (Qarang: Oʻsha yillarda Hashtarxonda nashr etilgan „Burhoni-taraqqiy“, „Idel“, „Astraxanskiy kray“ va, shuningdek, Bokuda nashr etilgan „Iqbol“, „Boku“, „Sadoyi haq“ va b. gazetalar). Bu ilmiy-ommaviy maʼruzalar eng koʻp yoyilgan vabo, chechak, traxoma, malyariya, revmatizm, oshqozon-ichak kasalliklariga qarshi shoshilinch profilaktik chora-tadbirlarning koʻrilishida katta rol oʻynardi.
N. Narimonov Qora shaharda ishlay boshlagach, uning ilk yarim yillik faoliyati haqida Boku tibbiyot-sanitariya byurosining hisobotida koʻrsatilishicha, doktor juda qattiq ishlar, qabul vaqtini chegaralamas edi. bir kunda uning qabuliga 50 dan 80 gacha bemor kelar va ularga har qanday tibbiy yordam koʻrsatilardi. 1914-yilning olti oyi davomida Narimonov 11765 bemor qabul qilgan, 2441 nafarga jarrohiy yordam koʻrsatgan, 9418 retsept yozgan.[11] N. Narimonov chiqishlarining birida shunday degandi: „Shifokorlarning bemorlarni qabul qilish uchun vaqti juda kam qoladi. Har bir bemorga oʻrtacha hisobda 2 daqiqadan 3,5 daqiqagacha vaqt sarflay olishadi“.
Uning Moskvada SSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi sadri ishlayotgan davrda Rossiya Qizil Xoch jamiyatining sadri Z.Solovyevga va RSFSR Xalq sogʻliqni saqlash komissari N.A.Semashkoga joʻnatgan maktublari buni isbotlaydi. Ushbu maktublarda u Ozarbayjon aholisining tibbiyot va sogʻliqni saqlash sohasidagi ehtiyojlaridan soʻz ochadi va Ozarbayjonning jarrohlik, dorixona jihozlari, turli medikamentlar va ayniqsa, oʻsha davrda juda kerakli boʻlgan malyariyaga qarshi xina yetkazib berilishini soʻraydi.[11]
Siyosiy faoliyati
tahrirNarimon Narimonov va millatchilik masalalari
tahrirNarimon Narimonov siyosatining asosiy mohiyati mahalliy ozarbayjon aholining turmush tarzini yaxshilashtirish, har soha uchun milliy kadr potensiali yaratish, ozarbayjonlarning hokimiyatda soʻzini oʻtkazish, Bokuni armanlashtirilishining oldini olishdan iborat boʻlgan. Uning bu ishlarga qarshi boʻlganlarga nisbatan, u xoh ozarbayjon, xoh arman yoki Markaz namoyandasi boʻlsin, fosh etuvchi faoliyati murosasiz boʻlgan. Narimon Narimonov faoliyati Markaz va armanlarning rejalarini barbod qilgani sababli ular Narimon Narimonov siyosatini Kommunist partiyasining „baynalmilalchi“ siyosatiga zid deya baholab, uni zaiflatish yoʻlini tanlashdi.
Narimon Narimonov Kommunist partiyasining ishlariga aralashuvdan uzoqlashtiriladi. U oʻzi ham tan olgandi: „men tarkibi butkul dushmanlardan iborat boʻlgan Ozarbayjon MK ning (AK (b)P MK) qaroriga taʼsir koʻrsata olmayman“.
1923-yil aprelda oʻtkazilgan RK (b)P XII qurultoyiga Narimon Narimonov Ozarbayjondan vakil sifatida tanlanmadi. Uning oʻrniga sobiq musovotchi Yusuf Qosimov tanlandi. Narimon Narimonovning qayd etishicha: „M.Husaynov, A.Qorayev musulmon ishchilarining rivoj darajasini koʻtarishning zaruriyligi haqidagi talablarimda millatchilikka moyillikni koʻrardilar“.
Narimon Narimonovning har nutqi Sarkis va Mirzoyan tomonidan milliy tamoyilli kommunistning nutqi sifatida sharhlanardi. Narimon Narimonov Stalinga yozgan maktubida shuni alohida taʼkidlardi: „Mikoyan faoliyatim va intilishlarimga xalaqit berish uchun Boku Qoʻmitasining shaxsida muxolifat yaratmoqda“, „Markaz menga ishonganida bu juda oson boʻlardi. Markaz faqatgina S.Orjonikidzega ishonch bildiradi“.
Narimon Narimonov Stalinga yozgan murojaatida oʻzining „millatchi“ ekanligini inkor qilmagandi: „Men doimo bu nuqsonlarni koʻrsatardim va albatta, raqiblarimning tili bilan aytsak, „millatchi“ nomini qozonganman“. Narimon Narimonovning asosiy maqsadi „musulmon ishchilarining taraqqiyot darajasini taxminan rus ishchilarining darajasiga olib chiqish“ edi.
Faoliyatining boshlaridanoq Narimon Narimonov Ozarbayjon xalqining milliy qadriyatlarini oldingi planga olib chiqqan. Narimon Narimonovning hukumat rahbari lavozimidagi faoliyati bolshevik hokimiyati sharoitida Ozarbayjonni bir qator balolardan asrab qolgan, sovet davrida milliy taraqqiyotning imkoni borligini odamlarning ongiga singdirgan.
„Narimonovchilik“ uzoq muddat sovet rasmiy idoralarida „millatchilik“ sifatida qabul qilingan holda, xalqimiz uchun sovet tizimi sharoitida milliy menlikning, milliy odat-anʼanalarning va maʼnaviy qadriyatlarning asrab-avaylanishining asosiy manbasi boʻlganini aytish kifoya. Hali Armaniston sovetlashishdan avval Armaniston Respublikasining Ozarbayjondagi vakili 1920-yil avgustda Narimon Narimonov bilan uchrashuvdan olgan taassurotini Irevanga shunday deb yozgandi: „Narimon Narimonov kommunistligini tez-tez unutib qoʻyadi va oʻzining milliy turk siymosini ochiq namoyish ettiradi“.
Narimon Narimonovning milliy tamoyilli siyosati „Narimonchilik“ deb atalardi. „1920-yillardan boshlab doktor Narimon Narimonovning Komissarlar Kengashi raisi boʻlgan vaqtlarda „Narimonchilik“ nomi ostida millatchi guruhning paydo boʻlganini eshitmagan oz edi“.[12]
Narimon Narimonovning Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi yoʻlidagi kurashi
tahrirNarimon Narimonov faoliyatida milliy tamoyil va millat manfaatlarini himoya qilish asosiy oʻrinni egallagan, u Ozarbayjonda sodir boʻlgan inqilobiy jarayonlarga boshqa bolsheviklardan oʻzgacha munosabat koʻrsatgan, mahalliy xususiyatlarni eʼtiborga olgan va milliy birlikka alohida diqqat koʻrsatgan edi. Narimon Narimonovning ijtimoiy, siyosiy, davlatchilik faoliyatida Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi yoʻlidagi kurash asosiy oʻrin egallagan.
Uning bu mavqeyi Boku, Zangazur, Naxichevan, Togʻli Qorabogʻ va Zagatala masalalarining hal boʻlish vaqtida oʻzini koʻrsatdi. Ozarbayjonning hududiy muammolari Narimon Narimonov davrida emas, undan avval yuzaga kelgandi. Bu muammolar Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati davrida ham tashqi siyosatning eng ogʻriqli va murakkab masalalaridan boʻlib qolgan va hal qilinmagan edi.
Narimon Narimonov ogʻir bolshevik tizimi sharoitida Ozarbayjon hukumati huquqlarining deyarli chegaralangan sharoitida hududiy yaxlitligini qoʻriqlashga uringan va qiyin boʻlsa ham bunga erishgan edi. Chunki Narimon Narimonov hukumat rahbari boʻlib ishlagan davrda yoʻqotilishi rasmiylashtirilishini kutgan hududlar rasman avvaldan Ozarbayjon nazoratidan chiqqan edi.
Narimon Narimonov Sovet Rossiyasining daʼvolariga qarshi murosasiz siyosat yuritib, xalqining huquqlarini va manfaatlarini, respublikaning mustaqilligini asrab qolishga uringan. Qayd etish lozimki, bu masalalarda Narimon Narimonov bilan markaz orasida koʻp marta jiddiy kelishmovchilik yuzaga kelgan. Muammolarning aksariyati ijobiy hal boʻlishiga Narimon Narimonovning shaxsiy nufuzi va shijoati sabab boʻlgan.
Bu masalalar 1917-yil Rossiyada Fevral inqilobidan soʻng chegara tuzilishi masalasida tashabbusning armanlar qoʻliga oʻtishidan, ularning keng miqyosda targʻibotlaridan va dunyo ijtimoiy fikrini oʻz tomonlariga ogʻdirishlaridan va nihoyat, Rossiyaning va dunyoning yetakchi davlatlarining geosiyosiy manfaatlaridan yuzaga kelgandi.[12]
Gʻarbiy Ozarbayjon tuproqlarining mudofaasi
tahrir1918-yil 29-mayda Ozarbayjon Milliy Kengashi qadim Ozarbayjon viloyatini va shahari boʻlgan Irevanni koʻp sonli eʼtirozlarga qaramay, noiloj armanlarga berib yuboriladi, buning evaziga esa arman millatchilari Ozarbayjonga qarshi barcha hudud daʼvolaridan voz kechishlari toʻgʻrisida hujjatlarga imzo chekadi. Bu bilan Ozarbayjon arman tarixiy Ozarbayjon tuproqlari Zangazur, Goʻkcha, Naxichevan va Qorabogʻga doir hudud daʼvolariga nuqta qoʻyadi deb xotirjam boʻldi. Lekin arman millatchilari yana-da ochkoʻzlik qilib, Ozarbayjonning bu hududlarini ham daʼvo qila boshladilar.
Zangazurni Ozarbayjondan ajratish ayni paytda yetakchi davlatlarning geosiyosiy manfaatlariga ham toʻgʻri kelardi. Zangazur Ozarbayjonning asosiy qismi bilan Naxichevanni birlashtirgani sababli bu hudud Turkiyani Ozarbayjon bilan va turk dunyosiga ochilgan yoʻlak hamda yagona quruqlikdagi hudud hisoblanardi. Tarixan Yevroosiyoda mavjud boʻlgan „yagona turk chizigʻi“ dunyo xaritasida bir necha sohada parchalanishi lozim edi. Kundalikda Zangazurning hisobiga Ozarbayjon bilan Turkiya oʻrtasidagi bevosita aloqaning uzilishi turgan edi. Zangazur Ozarbayjon tuprogʻi boʻlishiga qaramay, ortiq 1918-1919-yillarda qurolli arman guruhlari ozarbayjonlar yashaydigan bir qancha qishloqlarni vayron qilib, hududning katta qismini nazorat ostiga olgandilar. 1920-yil noyabrda, hatto 1921-yil yozgacha Zangazur bolsheviklarning emas, doshnoqlarning boshqaruvida edi.
Narimon Narimonov 1921-yilda Zangazur boʻyicha 1920-yil dekabr bayonotini berayotganida, Zangazurning Ozarbayjondan ajralishining oldini bir oʻzi olishiga qurbi yetmasligini tan oldi.
U bu haqida shunday degandi: „Agar musulmon kommunistlarining aksariyati… milliy tamoyil kayfiyatida boʻlganida, ishonchingiz komil boʻlsinki, Armaniston Zangazurni ola olmasdi“. 1920-yil 10-iyulda Narimon Narimonovning Moskvaga Kommunist partiyasi Markaziy qoʻmitasiga „Togʻli Qorabogʻda vaziyat“ borasida yuborgan telegrammasi shu soʻzlar bilan yakunlanardi: „Musulmon aholisi Moskvaning birdan eski mavqega qaytishi va armanparast siyosat yuritishini sovet hokimiyati siyosatiga xiyonat sifatida baholaydi“.
V.Leninga maktubida Narimon Narimonov hudud muammolari toʻgʻrisida Markaz siyosati bilan murosasiz mavqeyini keskin va ochiq-oydin koʻrsatib, ularni Ozarbayjonning Rossiya bilan ittifoqini buzishi boʻyicha tahdid qilardi.[12]
Togʻli Qorabogʻ va Naxichevan tuproqlarining mudofaasi
tahrir1921-yilda ketma-ket qabul qilingan uch qarordan kelib chiqqan natijalarni ham Narimon Narimonov siyosatining muvaffaqiyati sifatida baholash mumkin. 1921-yil 19-iyunda Armaniston tomonidan „Togʻli Qorabogʻning Armanistonga qayta qoʻshib olinishi toʻgʻrisida“gi hech bir asosi boʻlmagan surbetlarcha berilgan qaror va 1921-yil 4-iyulda RK (b)P MK Kavkaz Byurosi tomonidan Togʻli Qorabogʻni Armaniston tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinsa ham, Narimon Narimonovning keskin taʼkidi bilan bularning oldi olindi va 1921-yil 5-iyulda RK (b)P MK Kavkaz Byurosining Togʻli Qorabogʻning Ozarbayjon tarkibida olib qolish toʻgʻrisidagi qarori amalga oshdi. Bu qaror bilan unga „keng viloyat muxtoriyati berilgan boʻlsa“ ham, faqat Narimon Narimonov Ozarbayjondan ketgach, L.Mirzoyan taʼsiri ostida Togʻli Qorabogʻ Muxtor Viloyati deb eʼlon qilinishi qabul qilindi.
Narimon Narimonov 1920-yil 1-dekabrdagi Naxichevan toʻgʻrisidagi bayonotidan 27 kun oʻtgach, Armaniston Inqilob Qoʻmitasining Naxichevanning taqdiri aholi zimmasiga oʻtkazilsin degan javob bayonoti berildi.
1921-yil 16-martda Moskvada, ushbu yilning 13-oktabrida esa Karsda imzolangan shartnomalarda Naxichevanning Ozarbayjon hududi ekanligi xalqaro bitim bilan tasdiqlandi. Naxichevan taqdirining hal qilinishida Narimon Narimonov amalga oshirgan milliy manfaatlarga tayangan, oʻylangan davlat siyosati, tizimli, strategik va taktik qadamlar silsilasi, Ozarbayjonning Turkiya bilan maxfiy muzokaralarda kelishilgan qadamlar, Mustafo Kamol Poshoning va Narimon Narimonovning sirtdan va hamkorlik uchrashuvlari Naxichevan aholisining qatʼiyati ana shunday muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi.
Narimon Narimonov Umumozarbayjon sovetlar qurultoyida Naxichevan bilan bogʻliq masalani sovet Rossiyasi bilan Turkiya oʻrtasidagi shartnomaga asosan Naxichevan Ozarbayjon tarkibidagi respublikasi sifatida tanilishini va Ozarbayjon namoyanda hay’ati bu ishda bor kuchi bilan harakat qilishini alohida taʼkidladi. Turkiya-Rossiya uchrashuvlarida aynan Ozarbayjon taʼkidi bilan Naxichevan masalasining muzokara qilinishiga erishilgan va Turkiyaning taʼkidi bilan bu masalaning Ozarbayjon foydasiga hal qilinishi taʼminlangan edi. Ozarbayjon tomoni hali Kars shartnomasi qabul qilinmasdan, 1921-yil 14-avgustda Naxichevan va Armaniston rahbariyatida telegramma joʻnatib, „Armaniston XKS tomonidan joʻnatilgan barcha shaxslar shoshilinch ravishda Naxichevandan chiqarilsin“ deb talab qildi. Hudud muammolari bolsheviklar siyosatida sovet hokimiyatini tuzish uchun oʻyinchoq sifatida foydalanilardi. Ozarbayjonda sovet hokimiyatining tashkil topishi arafasida Naxichevan, Qorabogʻ, Zangazur va Zagatalaning Ozarbayjon hududi ekanligi qayta-qayta eʼtirof etilishiga qaramay, Gruziyaning sovetlashish navbati kelganida, Rossiya Zagatalaning gruzinlar foydasiga munozarali ekanligi haqida bitim imzoladi, Armanistonda sovet hokimiyati tuzilgan kun, yaʼni 1-dekabrda Naxichevanni, Zangazurni, Qorabogʻni ularga berish haqidagi Ozarbayjon bayonotiga erishdilar. 1920-yil 2-dekabrda Rossiya bilan ortiq sovetlashgan Armaniston oʻrtasida imzolangan bitimda Zangazur Armaniston hududi sifatida koʻrsatilgan boʻlsa ham, Naxichevan va Qorabogʻ haqida hech narsa qayd etilmagandi. 1917-yilning fevralidan 1918-yil mayigacha Milliy Kengashning, 1918-1920-yillarda Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati hukumatining yuzlashgan hudud nizolari 1920-yil apreldan keyin ham Ozarbayjon sovet hukumati oldida butun ogʻirligi bilan turgan edi. Ozarbayjonda sovet hokimiyati tuzilayotganda, Ozarbayjon tomonidan Irevan xonligining hududlari rasmiy ravishda armanlarga berilgan, Borchali va Darband muammosi kun tartibidan chiqqan, Qorabogʻda separatchi qurolli isyon koʻtarilgan, Naxichevanda ahvol juda ogʻir holda qolgan edi. Zangazurning katta qismi arman qurolli guruhlari tomonidan nazorat qilinardi. Qorabogʻ, Naxichevan va Zangazur armanlar tomonidan daʼvoli hudud boʻlib qolgandi, Gruziya Zagatalaga nisbatan daʼvolaridan voz kechmagani sababli Zagatala Rossiya-Gruziya shartnomasi bilan munozarali hudud sifatida muayyanlashgan, Sovet Rossiyasi Bokuni oʻzlashtirish rejalarini hali ham tuzmoqda edi.
Narimon Narimonov Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi yoʻlida faol va tinimsiz kurash olib borgan va faoliyati aksariyat hollarda muvaffaqiyatli boʻlgandi. Aynan Narimon Narimonovning siyosati natijasida 1918-1920-yillardagidek, Boku yana sovet Ozarbayjonining poytaxti sifatida tanildi. Qorabogʻ, Naxichevan va Zagatala Ozarbayjon hududi statusida ilk bor xalqaro huquq normalari bilan qabul qilindi. Shu tufayli 1918-1920-yillarda Irevan va Darband xonliklarining va Zangazur tumanining hududlari yoʻqotilishi kechirib boʻlmas holdir. Narimon Narimonov Naxichevanning Ozarbayjondan ajratilmasligi uchun Megridan yoʻl berilishi uchun tizimli kurashda davom etgan. U davrda sodir boʻlgan hudud boʻlinishini baʼzi arman siyosatchilari oʻzlarining magʻlubiyati sifatida baholaydilar. Turkiya-Rossiya uchrashuvlarida aynan Ozarbayjon taʼkidi bilan Naxichevan masalasining muzokara qilinishiga erishilgan va Turkiyaning taʼkidi bilan bu masalaning Ozarbayjon foydasiga hal qilinishi taʼminlangan edi. Ozarbayjon tomoni hali Kars shartnomasi qabul qilinmasdan, 1921-yil 14-avgustda Naxichevan va Armaniston rahbariyatida telegramma joʻnatib, „Armaniston XKS tomonidan joʻnatilgan barcha shaxslar shoshilinch ravishda Naxichevandan chiqarilsin“ deb talab qildi. Hudud muammolari bolsheviklar siyosatida sovet hokimiyatini tuzish uchun oʻyinchoq sifatida foydalanilardi.
Gruziya bilan hudud masalasi
tahrirOzarbayjonda sovet hokimiyatining tashkil topishi arafasida Naxichevan, Qorabogʻ, Zangazur va Zagatalaning Ozarbayjon hududi ekanligi qayta-qayta eʼtirof etilishiga qaramay, Gruziyaning sovetlashish navbati kelganida, Rossiya Zagatalaning gruzinlar foydasiga munozarali ekanligi haqida bitim imzoladi, Armanistonda sovet hokimiyati tuzilgan kun, yaʼni 1-dekabrda Naxichevanni, Zangazurni, Qorabogʻni ularga berish haqidagi Ozarbayjon bayonotiga erishdilar. 1920-yil 2-dekabrda Rossiya bilan ortiq sovetlashgan Armaniston oʻrtasida imzolangan bitimda Zangazur Armaniston hududi sifatida koʻrsatilgan boʻlsa ham, Naxichevan va Qorabogʻ haqida hech narsa qayd etilmagandi.
1920-yil apreldan keyin ham Ozarbayjon sovet hukumati oldida butun ogʻirligi bilan turgan edi. Ozarbayjonda sovet hokimiyati tuzilayotganda, Ozarbayjon tomonidan Irevan xonligining hududlari rasmiy ravishda armanlarga berilgan, Borchali va Darband muammosi kun tartibidan chiqqan, Qorabogʻda separatchi qurolli isyon koʻtarilgan,Naxichevanda ahvol juda ogʻir holda qolgan edi. Zangazurning katta qismi arman qurolli guruhlari tomonidan nazorat qilinardi. Qorabogʻ, Naxichevan va Zangazur armanlar tomonidan daʼvoli hudud boʻlib qolgandi, Gruziya Zagatalaga nisbatan daʼvolaridan voz kechmagani sababli Zagatala Rossiya-Gruziya shartnomasi bilan munozarali hudud sifatida muayyanlashgan, sovet Rossiyasi Bokuni oʻzlashtirish rejalarini hali ham tuzmoqda edi. Narimon Narimonov Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi yoʻlida faol va tinimsiz kurash olib borgan va faoliyati aksariyat hollarda muvaffaqiyatli boʻlgandi. Aynan Narimon Narimonovning siyosati natijasida 1918—1920-yillardagidek, Boku yana sovet Ozarbayjonining poytaxti sifatida tanildi. Qorabogʻ, Naxichevan va Zagatala Ozarbayjon hududi statusida ilk bor xalqaro huquq normalari bilan qabul qilindi. Shu tufayli 1918—1920-yillarda Irevan va Darband xonliklarining va Zangazur tumanining hududlari yoʻqotilishi kechirib boʻlmas holdir.
Narimon Narimonov Naxichevanning Ozarbayjondan ajratilmasligi uchun Megridan yoʻl berilishi uchun tizimli kurashda davom etgan. U davrda sodir boʻlgan hudud boʻlinishini baʼzi arman siyosatchilari oʻzlarining magʻlubiyati sifatida baholaydilar. Lekin bir qator qadim Ozarbayjon tuproqlarining yoʻqotilishi muqarrar edi, afsuski, bu masalada Bolshevik rahbariyati musulmon va turk ozarbayjonlariga qarshi butkul zid mavqe tutib, ularga tegishli tuproqlarni maksimum parchalash va qoʻshni respublikalarga berish bilan oʻz xiyonatini yana bir bor namoyish etdi.
Narimon Narimonov V.Leninga maktubida hudud muammolari toʻgʻrisida arman va rus siyosati bilan murosasiz mavqeyini keskin va ochiq-oydin koʻrsatgan edi. Maktubidagi fikrlar buni tasdiqlaydi: „Dahshatli vaziyat yuzaga keldi. Markaz Ozarbayjonning butkul munozarasiz yerlarini Armanistonga bermoqda. Hududlarimizni Armanistonga, doshnoqlarga berish, bartaraf etish mumkin boʻlmaydigan noxush natijalarni amalga oshiruvchi xatodir“. Shunday qilib, Narimon Narimonovning Ozarbayjon hududiy yaxlitligi yoʻlida olib borgan faoliyati aksariyat hollarda muvaffaqiyatli boʻlgan. Naxichevan, Qorabogʻ, Zagatala Ozarbayjon tarkibida qolgan, Boku Ozarbayjon poytaxti sifatida tanilgan edi. Narimon Narimonov Naxichevanning Ozarbayjondan ajratilmasligi uchun Megridan yoʻl berilishi uchun tizimli kurashda davom etgan.
Narimon Narimonov va Turk dunyosi
tahrirNarimon Narimonovning Ozarbayjonda, keyinchalik Moskvada ishlayotgan paytlarida, Sovet Rossiyasining Turkiston siyosatiga nisbatan farqli qarashlari boʻlgani, bu siyosatga tanqidiy yondashuvining mohiyati, uning davlatchilik faoliyatida turkchilik mavqeyi, Turkiyaning, Turkistonning turk xalqlari va xodimlari boʻyicha olib borgan siyosati Sovet rahbariyatiga maʼlum edi.
Narimonov hali hokimiyatga kelishdan avval, 1918-yilda Kavkazorti seymining Usmonli davlatiga qarshi urush olib borishini tanqid qilgandi. Ozarbayjonda sovet hokimiyati tashkil topganda Narimon Narimonov siyosatida Turkiya-Rossiya-Ozarbayjon stretegik uchburchagi manfaatlari namoyon boʻla boshladi. Narimon Narimonovning Sharq mamlakatlari bilan Sovet Rossiyasi orasida diplomatik aloqalarning oʻrnatilishida katta xizmatlari boʻlgan. Turkiya va Sovet Rossiyasi oʻrtasida diplomatik aloqalarning oʻrnatilishi Narimon Narimonovning siyosiy faoliyatida mislsiz voqea — „hujjat va manbalarda oʻz aksini topsa ham, tarixiy qadr-qimmatini topmagan“, deyarli unutilgan.
Bu haqida turk tadqiqotchisi Husayn Adigoʻzal „Otaturk, Narimonov va Istiqlol urushimiz“ mavzusini ilk bor tadqiqotga jalb etish bilan Turkiya-Ozarbayjon munosabatlarida „unutilgan sahifalarning“ — tarixiy haqiqatning barpo etilishi Narimonovning oqil shaxsiyat sifatida Turk-Ozarbayjon birligiga sadoqatini namoyish etadi. Uning aqlli siyosiy arbob sifatidagi siymosining barposiga yordam beradi. Husayn Adigoʻzal tarixchi sifatida ushbu mavzuda asar yozishining maqsadini sharhlar ekan, shunday deydi: „Istiqlol urushining eng xavfli kunlarida qardosh boʻlib qoʻl choʻzgan va qoʻlidan kelgancha yordam bergan, Sovet Ittifoqining aʼzosi boʻlgan Ozarbayjondan Turk Istiqlol urushini qoʻllab-quvvatlagan Narimon Narimonovning, kommunist boʻlishiga qaramay, turk ekanligidan, turk millatchisi ekanligidan zarracha shubhamiz yoʻq. Uning kommunist ekanligi bizga yordam berishiga toʻsqinlik qilmaganidek, bizlar ham uning kommunist boʻlishiga qaramay, Turkiya turklari va turk millati uchun qilgan xizmatlarini aslo unuta olmaymiz. Turk birligining poydevori mustahkam boʻlishi uchun tarix boricha yozilishi lozim!“[13].
Maʼlumki, Narimon Narimonovning Turkiya turklari bilan ilk tanishuvi 1909—1913-yillarda Hashtarxonda boʻlgan. Surgun yillari nazorat ostida boʻlgan Narimon Narimonov bu yerda yashirin inqilobiy faoliyatini legal tadbirlarda mahorat bilan davom ettirardi. Uning „Shoʻroyi islom jamiyati“da tashkil etilgan tadbirlarida tatar, rus, qozoq, qirgʻiz va turk zobitlari ham ishtirok etardilar.
Husayn Adigoʻzal shunday yozadi: "Birinchi jahon urushida asir tushgan va Hashtarxonga joʻnatilgan turk zobitlari bilan (Narimomov) oʻsha yerda uchrashgan va ulardan olgan maʼlumotlar bilan Turkiya va turklarning ahvolidan xabar olib, Istiqlol urushi davrida qiyin vaziyatga tushib qolgan Turkiya turklariga qoʻlidan kelganidan ortiq yordamni koʻrsatib, qoʻllab-quvvatlashga uringan".
1920—1921-yillarda buyuk lider Mustafo Kamol poshsho va Narimon Narimonov oʻrtasida „turli sanalardagi yozishma va maktublardagi suhbat, oʻzaro mushtarak fikrlar“ asosida vujudga kelgan doʻstlik munosabatlari mustahkam qardoshlik aloqalariga aylandi.
1920-yilda Narimon Narimonovning „mustaqil sovet Ozarbayjoniga“ Xalq komissarlari sovetining sadri sifatida rahbarlik qilishi Mustafo Kamolni mamnun etdi. U Ozarbayjon bilan doʻstlik aloqalari oʻrnatish uchun taniqli shoir va diplomat Mamduh Shavkat Esendagʻni elchi etib joʻnatadi. Bir yildan soʻng Turkiyada, Anqara shahrida Ozarbayjon elchixonasi ochilganda ilk elchi Ibrohim Abilovning taklifini qabul qilib, ochilish marosimida shaxsan ishtirok etgan Mustafo Kamol poshsho „Ozarbayjon bayrogʻini oʻz qoʻllari bilan koʻtaradi“ va nutqida shunday deydi: „Milliy hududimiz ichida ozod, mustaqil yashashni istaymiz. Millatimiz bu istagimizning qardosh Ozarbayjon xalqi va hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlangani uchun gʻururlanadi. Turkiya va Onadoʻli turklari ozarbayjon qardoshlarining ularga boʻlgan xush va goʻzal tuygʻularini juda qadrlashadi. Yashasin Yurkiya-Ozarbayjon qardoshligi!“
Mustafo Kamol Otaturkning tavsiyasi bilan avvalo Bokuda Narimon Narimonovning taklifida boʻlishi tasodif emas edi. Narimonov Leninga maktub yozib, Behbud Shahtaxtinskiyning ham Turk namoyanda hay’ati bilan Moskvaga joʻnatadi. Lenin Narimon Narimonovning asosli argumentlar bilan yozilgan maktubini 1921-yil 19-fevralda Markaziy Qoʻmita aʼzolari bilan tanishtiradi. Narimon Narimonov maktubining bir qismida Leninga murojaat qilgandi: „Arman masalasi turklar uchun hayot-mamot masalasidir. Bu masalada turklarning yonida boʻlmasangiz, butun Sharq xalqlarini yoʻqotishimiz mumkin va Ozarbayjonni qoʻlda tutib turishning imkoni boʻlmaydi!“ („Respublika“ gazetasi, 10-iyul 2019-yil).
Voqealar rivojidan koʻrinib turganidek, Lenin tashqi ishlar vaziri armanparast Chichechrin kabi oʻylaydigan, turk hay’atini sovuq kutib olgan va takliflariga eʼtibor bermagan rahbarlarning munosabatlarini eʼtiborga olmay, Narimonovning maktubidagi ogohlantirishlarga diqqat qilib, „tomonlar orasidagi kelishuvning muhim degan xulosaga kelgan“.
Shu sababli ham Turkiya namoyanda hay’atining Rossiya Federatsiyasi bilan kelishuvida muvaffaqiyatga erishiladi: „Turkiya bir million oltin pul qarz oladi. Naxichevanning Ozarbayjon tarkibida qolishiga kelishiladi. Rossiya Federatsiyasi bilan Turkiya mushtarak dushmanlari Angliyaga qarshi har qanday masalada hamkorlik qilishlariga kelishiladi“. Narimon Narimonov Turkiyaning ogʻir vaziyatida uning katta davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishiga erishadi. Husayn Adigoʻzal shunday yozadi: „Anqara hukumatining Sovet Ittifoqi tomonidan tanilishi xalqaro siyosiy maydonda muhim voqea edi. Bu muvaffaqiyatning meʼmorlaridan biri oʻsha davrda Ozarbayjon Kengash hukumati rahbari Narimon Narimonov ekanligiga shubha yoʻq“. Turkiya qoʻshinining Istiqlol urushida ishgʻolchi qoʻshinlariga bergan zarbalari Ozarbayjonda katta quvonch bilan kutib olinardi. Narimon Narimonovning topshirigʻi bilan Ozarbayjonning Tashqi ishlar komissari Dovud Husaynov Turk xalqini, Turkiya Katta Milliy Majlisini va uning rahbari Mustafo Kamol Otaturkni Ozarbayjon Sovet Sotsialistik Respublikasi va Ozarbayjon xalqi nomidan tabrikladi.
Bu munosabat bilan 1921-yil may oyining oʻrtalarida har oy Ozarbayjon hukumati Turkiyaga 62 sistern neft va uch vagon kerosin joʻnatishga qaror qildi. …1922-yil iyul oyigacha 9 ming tonnadan ortiq kerosin va 350 tonna benzin joʻnatildi. 1921-yil 17-martda Turkiya elchisi Mamduh Shavkatbey Mustafo Kamolning taqdim qilgan maktubiga asosan Narimon Narimonov „hukumat aʼzolaridan baʼzilarining qarshiligiga qaramay“ darhol gʻaznada boʻlgan 500 kilogramm oltinni Anqaraga joʻnatdi. Qoʻshimcha sifatida 30 sistern neft, ikki sistern benzin va 8 sistern mineral yogʻ joʻnatdi.
1921-yil 23-martda Mustafo Kamol Otaturkka javob mektubida Turk qoʻshinining zafarini muborakbod etgach, unga samimiyat bilan shunday deb yozgandi: „Poshshom, Turk millatida bir anʼana bor, qardosh qardoshga qarz bermaydi, qardosh qardoshning har qanday qiyin ahvolida qoʻlidan tutadi. Biz qardosh xalqlarmiz, har doim va har qanday shartlar ostida bir-birimizning qoʻlidan tutamiz. Bugungi harakatlarimiz bir qardoshning qardoshiga qilgan xizmatidan boshqa narsa emas“. (Dogʻan Avjioʻgʻli. „Milliy Istiqlol tarixi“ III-jild, b. 438. Sitata Husayn Adigoʻzal maqolasidan olingan).
Tarixiy manba va misollar Narimon Ozarbayjon davlatiga rahbarlik qilgan ikki yil davomida Moskvaga tobe boʻlishiga qaramay, mustaqil davlat rahbari kabi harakat qilib, Turkiya hukumati bilan boʻlgan aloqalarni yana-da yuksak oʻlchov va miqyoslarga olib chiqqan va, eng muhimi, qiyin ahvolda boʻlgan Onadoʻlidagi qardoshlariga davlatining barcha imkoniyatlarini safarbar qilgan holda hech kimdan chekinmay, qoʻlidan kelgancha yordam berganini tasdiqlaydi. Bularning barchasi hujjat va manbalarda oʻz aksini topsa ham, tarixiy qadr-qimmatini topmadi.[14]
Asarlari
tahrir- 1894 — Nodonlik
- 1895 — Til balosi" yoxud "Shamdanbey
- 1896-1908 — Bahodir va Sona
- 1899 — Nodirshoh
- 1909 — Xolera-Vabo
- 1910 — Tibbiyot va Islom
- 1910 — Chaxotka-sil
- 1910 — Oilami-nisvon
- Tif va Dizenteriya
- Sil
- Traxoma
- Homilador ayol
- 1913 — Pir
- 1915 — „Bir qishloq sarguzashti“ yoxud „Amaki“
Narimon Narimonovning oʻgʻli Najafga bitmagan maktubi
tahrirMoskva, 28-yanvar 1925-yil."1895-yil 15-yanvarda Bokuda Tagiyev teatrida ilk bor mening „Nodonlik“ pyesasi tomoshaga qoʻyildi. Shu kunni men adabiy ishimning boshlangʻichi deb hisoblayman. Bugun 1925-yil 28-yanvarda bu hodisadan 30 yil oʻtdi. Doʻstlarimdan baʼzilari buni bilib, bu kunni nishonlamoqchi boʻlishdi. Ulardan telegrammalar oldim. Albatta, agar jiddiy oʻylasang, deyarli men hech nima qilmaganman. 30 yil! Bu muddat davomida baʼzi ishlarni koʻrishim mumkin edi. bu muddatni mening bu yillarda yozganlarim bilan solishtirsak uyalgim keladi… boshqa tomondan esa bu vaqtni tasavvur qilganimda, barcha sharoitni, hayotimning oʻnqir-choʻnqir yoʻllarini eʼtiborga olganda oz boʻlsa ham ish koʻrilgan deb taskin topasan. Meni qurshab olgan muhit, bu muhitning qoloqligi, millatlar orasida boʻlib oʻtayotgan bemaʼni tortishuvlar, bundan paydo boʻlgan iztiroblar: qon, koʻz yoshlari, yoʻqchilik, yolgʻon va bir qator boshqa narsalar — bularning bari menga tinchlik bermaydi, yozganlarim ana shularni tasvirlaydi. Balki bu juda sunʼiy, badiiylikdan uzoq, muvaffaqiyatsiz tasvirlangandir, mening oʻz kuchim va makonlarimdagi yozganlarim shuni koʻrsatadimi, men boshqalar kabi atrof-muhitga loqayd qaray olmasdim, mening qalbim xotirjam emas edi, men bashariyatga hech boʻlmasa foydam tegishini xohlardim va shunga harakat qilardim. Faqat 30 yil davomida ijtimoiy sohada ishlaganim menga taskin beradi. Agar oʻz ishim bilan hech boʻlmasa oʻn nafarga ushbu „kasallikni“ yuqtira olgan boʻlsam, demak, men, mening ongim bekorga yashamagan, bu keng, lekin tor dunyoda bir burchagim boʻlganini bilib taskin topadi…
Aziz oʻgʻlim Najaf! Agar hali ham yashash qismatimda boʻlsa, men seni shunday tayyorlashga urinamanki, sen bashariyat uchun koʻproq ish koʻrgin. Lekin agar men abadiy qabrga tez ketadigan boʻlsam, boshqalar uchun doim azob chekkan otang kabi kichik ish koʻrgin deb vasiyat qilaman. Mening hayotim doim tashvishlarga toʻla boʻlgan: men yigirma yoshidan aka-uka va opa-singillarimning oilasini boqib, bu 30 yilda 11 odamni voyaga yetkazdim. Ulardan 8 qizni erga berib, aka-ukalarimning 3 oʻgʻlini oʻz maoshim bilan katta qildim. Bularning barchasini amalga oshirgach, men yana taʼlim olishni boshladim. 30 yoshida universitetga kirib, uni tamomlagach bor kuchim bilan akam Salmonning farzandlarining tarbiyasi bilan shugʻullandim. Bu ishlardan men akamning oxirgi qizi Xonimni 1924-yilda turmushga berib ozod boʻldim. Men buni bir yil oʻtgach, yaʼni 1925-yilda yozyapman. Bularning barchasini sen menga bashariyat uchun oz ish qilganim uchun malomat qilma deb yozdim. Umid qilamanki, bu maʼnoda sen oʻz ishing bilan mening amallarimni davom ettirasan. Aziz oʻgʻlim! Agar mening hayotimni surishtirsang, men 1925-yilgacha boshqalar uchun yashaganimga amin boʻlasan. Xoʻsh, keyinchi? Keyin ham shunday davom etadi. Aynan mana shunday ijtimoiy faoliyatda men taskin topaman, ayniqsa, hozirda Rossiyadagi holat mening maʼnaviy olamimga mos boʻlgani uchun xotirjamman.
Men insonning inson tomonidan suisteʼmol qilinishiga qarshiman. Men butun borligʻim bilan qayerda boʻlsa ham qullikka qarshiman. Men bashariyatning tez kunlarda ozodlikka chiqishi, nodonlikdan, shuningdek, qullikdan ozod boʻlishi yoʻllarini qidirayotgandim. Men sotsial-demokrat edim, lekin bu tashkilot borgan sari idealdan uzoqlashmoqda. Men bolsheviklarning dasturini alohida ishonch bilan qabul qilganman, sababi men unda oʻz maqsadimning: dunyoda qullikning yoʻq qilinishini koʻrardim. Balki sen bu satrlarni oʻqiganingda bolshevizm boʻlmaydi. Lekin bu bolshevism keraksiz degani emas. Bu biz uni asray olmaganimizdan, unga kerakli qiymat bermaganimizdan, ishimizga yomon yondashganimizdan dalolat beradi. Ochiq aytish lozim: biz qoʻlga kiritgan hokimiyatdan shunchalar takabburlik bilan foydalanganmizki, bekor ishlar va tortishuvlar bilan ovora boʻlib, asl ishni boy berganmiz. Hokimiyat koʻpchilikni xarob qiladi. Shunday ham boʻldi: hokimiyat koʻplab taniqli ishchilarni xarob qildi. Ular yirik davlat taqdirini oʻz qoʻllariga olish va diktator boʻlishga qaror qildilar… bu ilk zamonlarda zarur edi. lekin hozirgacha bu ahvolni davom ettirish, bolshevizmni inqirozga olib borish demakdir. Endi men bu satrlarni senga yozar ekanman vaziyat shu darajaga yetganki, Lenindan soʻng oʻzlarini uning „qonuniy vorislari“ deb ataganlarning davlatni boshqarishga qurblari yetmagani natijasida yuzaga kelgan katta nuqsonlarimiz borasida kommunistlar oʻz oralarida ham gaplasha olmaydilar. Bularning barchasi haqida sen mening MK ga yozgan keng maʼruzamdan bilasan. Bu maʼruzadan senga koʻp narsa oydin boʻladi, ushbu maʼruzadan senga maʼlum boʻladiki, koʻplarning jasorati yetmagan, oʻz vazifa va hokimiyatlarini yoʻqotishdan qoʻrqib, sukut saqlagan narsalari haqida sening otang soʻz ochishdan chekinmagan.
Mening aziz Najafim! Hokimiyat ortidan quvma, chunki u odamni yoʻldan ozdiradi. Agar sen insonni tanishni, uning butun ichki olamini bilishni istasang, oʻsha odamni bir muddat lavozimga oʻtqaz. Oʻsha odam barcha qobiliyati va nuqsonlarini koʻrsatadi. Shu sababli ham agar sen ommani muvaffaqiyatga, aldamay, oʻz orqangdan olib borishga tayyor boʻlmasang, bu ishdan bosh tortganing yaxshi… Agar omma (ishchilar va qishloqliklar) seni qadrlasalar, sening hokimiyat tepasida qolishing zarur deb hisoblashsa, senga ishonsalar va bu ishonch bilan aloqador umumiy ishga muayyan manfaat bera olsang, unda bosh tortma. Agar sen zarracha boʻlsa ham seni tanlovga majbur qilishayotganini sezsang, unda bosh tort. Aks holda sen nainki ommaning, hatto oʻz oldingda ham layoqatingni yoʻqotasan. Har safar seni hokimiyatga qobiliyating uchun emas, majburan tayin lashganini anglab yetsang, unda sen doim vijdon azobi chekasan, oʻz menligingni faqat omma oldida emas, oʻz oldingda ham yoʻqotasan. Sening dunyoqarashingdagi keyingi buzilish ana shu yerdan boshlanadi. Bu ijtimoiy xodimning hayotidagi eng qoʻrqinchli onlardir. Bularning bariga sen erkin hayotga tayyor boʻlganingda chidash mumkin. Bu nima degani? Senga tushunarli boʻlishi uchun oʻz hayotimdan misol keltiraman. Bilasanki, men 30 yoshimda universitetga kirish uchun attestat imtihoni berganman. Lekin soʻng men qayerga kiray degan savol qiynay boshladi. Hayotimning barcha sharoiti va yoshim tezlikda universitet tahsili olishimga majbur qilardi. Shu sababli ham oz vaqt talab etadigan fakultet tanlashim lozim edi. mening oldimda shunday savol bor edi: huquq fakultetiga (oʻsha vaqtlar u oson fakultet hisoblanardi) yoki tabiat fakultetiga (bu yerda 4 yil oʻqish kerak edi). bu fakultetlarni tamomlagach, boshqa-boshqa shaxslarga va idoralarga tobe boʻlishga majbur boʻlardim. Shu sababli ham men ulardan voz kechib, boshqalarga ozroq tobe boʻlay deb tibbiyot fakultetiga kirdim. Bu birinchi sabab edi. ikkinchisi: Sening buving, mening onam koʻngli boʻsh, sodda ayol edi. U muhtojlarga yordam berar, bemor qoʻshnilarga qarar, bir burda nonni ular bilan boʻlishardi va b. Bolalik paytlarimdan bularning barini koʻrardim va bu menga taʼsir qilardi… Shu sababli ham tibbiyot fakultetida oʻqish muddatining uzoq ekanligi va qiyinchiligiga qaramay, men bu fakultetga kirishga qaror qildim va baʼzi shaxslar va idoralarga tobe boʻlmasdan, maʼnaviy zavq olishga qaror qildim…"[15]
Hikmatli soʻzlari
tahrir- Men millatimni sevaman, chunki onamni sevaman!
- Men insonning inson tomonidan suisteʼmol qilinishiga qarshiman!
- Bir millat oʻzini tanimaguncha, huquqini oʻylamaydi. Tanishi uchun esa milliy til, milliy maktab, milliy matbuot, milliy adabiyot lozim. Bularning yuzaga kelishi va taraqqiyoti esa biz uchun hurriyatga bogʻliq.
- Inqilobdan faqatgina sabri boʻlgan inson foyda oladi, sizga vasiyat qilaman.
- Koʻhna Sharqning yagona najot yoʻli boʻlsa, u ham usul-boshqaruvining oʻzgarishidir.
- mamlakatning bir oʻgʻli hamma uchun, hamma bir kishi uchun ishlashi va yashashi lozim.
- Inson doimo shirin narsa yesa, oʻsha shirinning lazzatini bilmaydi, lekin achchiq darmondan soʻng sharbat ichsa, lablarini ham tili bilan yalaydi…
- Tatar millatini bilish uchun tatarlar orasida yashash kerak, ularga mehmonga boring; ruhlarini oʻqib tushuning, oʻylang, tarixiy nagʻmalarini eshiting; oʻshanda tatar qanchalar goʻzal millat ekanligini his qilasiz!
- Matbuot muayyan jamiyatga faqatgina muzokaraga qoʻyilgan va barcha jamiyatga tegishli boʻlgan masalaga tamomila gʻarazsiz yondashsa va gazetalarda ilgari surilgan fikrlar jamiyatga tushunarli boʻlsagina yaxshi taʼsir koʻrsatishi mumkin.
- Komediya chiqarishdan asl maqsad tarbiyadir. Inson koʻpincha oʻzining yoki boshqalarning aybini koʻrmaydi va his qilmaydi. Ammo komediya chiqarganda bularning barini koʻrib, yaxshini yomondan ajratadi va iloji boricha oʻzidagi yomon xislatlarni yoʻq qilishga urinadi.
- Hech bir millat qilich va miltiq bilan olgʻa ketmagan. Qaysi millat rivojlangan boʻlsa, faqat ilm kuchi sababli baxtli boʻlgan. Ammo umidini qilichga bogʻlagan hamisha zalolatda boʻlgan. Hali ham zalolatda qolgan millatlardan biri esa bizning musulmon millatimizdir.
- Inson taraqqiyot uchundir. Bugun dunyoga kelgan soʻngradan dunyoga kelganlarga yoʻl koʻrsatishi lozim, oʻshanda yangi dunyoga kelganlar bularni koʻrib, yana-da ziyoda taraqqiy etadilar, taraqqiyot yoʻlini „siroti-mustaqimi“ qoyadan-toshdan, tikondan, quduqdan, jarlikdan tozalab, inson uchun umumiy nuqtaga, bir Kaʼbayi amalga yurishni osonroq qiladilar…
- Har millat uchun taraqqiyot eshigi maktabdir va har maktabning taraqqiy etishi milliy muallimlarga bogʻliq.
- Vatan qadrini vatan bilan ilohiy aloqasi boʻlgan vatani bilan bir joyda yigʻlagan, bir joyda kulgan odam biladi. Shuning uchun Sharqda bu shiorni tarqatish lozim: har kim aynan oʻzi uchun emas, faqat Vatan, mamlakat uchun ishlasa, uning saylab-saylanishga haqqi bor.
- Haqiqiy, toza muhabbat muqaddas hisdir. Uni pul bilan olish, pulga sotish mumkin emas. Bu his shon-shuhratdan, toj-taxtdan uzoqlashtiradi. Bu his podshohni gadodan ajratmas, haqiqiy toza muhabbat mazhab, din bilmas va yomon fikrlar tugʻdirmas… Maʼshuqning maʼbud visoliga yetib, soʻng oʻlishi faqat haqiqiy, toza muhabbat nishonasidir. Maʼbud idealdir. Haqiqiy, toza muhabbat sohibi maʼbudiga, maʼshuqiga yetsa, idealga yetgandek boʻladi.[16]
Adabiyotda
tahrir- Hasanov, Hasan Aziz oʻgʻli Narimon Narimonovning milliy davlatchilikka qarashlari va faoliyati Boku: Elm, 2005. 248 b.[12]
- Oʻtmishni oʻylash: Haydar Aliyevning Narimon Narimaonov bilan suhbati, Boku, “Ulduz” jurnali, 1990-yil, № 6, 75 b.
- Ahmadov, Teymur Akbar oʻgʻli Narimon Narimonov dramaturgiyasi: monografiya / ilmiy tahrir M. Ibrohimov. - Boku: Nurlar NPM, 2005. - 384 b.
- Qurbanov, Shamil Dunyamali oʻgʻli Narimon Narimonov: umrining soʻnggi yillari / toʻldirilgan II nashr. - Boku: Ozarbayjon nashriyoti, 2003. - 376 b.[17].
- Ahmadov, Huseyn Mustafo oʻgʻli Tanlangan pedagogik asarlar: 12 jildda / Ozarbayjon Xalqaro Universiteti, VI jild: Narimon Narimonov: hayoti, faoliyati, pedagogik va tibbiy qarashlari / İlmiy nashr. A. B. Məmmədov. - Boku: Taʼlim, 2006. - 284 b.
- Hasanov, Hasan Aziz oʻgʻli Narimon Narimonovning tarixiy missiyasi / muqaddima Q. M. Bayramov; İlmiy tahrir F. F. Ibrohimli. - Boku: Pedagogika, 2005. - 88 b.[18]
- Ahmadov, Teymur Akbar oʻgʻli Narimon Narimonov: hayot, muhit, adabiy ijod: monografiya /tortish I. Allohverdi; tahrirlangan M. Ə. Ibrohimov. - Boku: Nurlar NPM, 2006. - 320 b.[19].
- Aliyeva Firuza N. Narimonov va milliy masala/ilmiy tahrir A M.Tagiyev; AMEA, Falsafa va huquq instituti. Alieva, Firuza. Boku: Nafta-Press, 2015. 79 b.[20]
- Eng muhim, asosiy shart/ Narimanov, Nariman Hamid ogli; H.Huseynov. iqt. e. n., nuqtalar Boku: Azerneshr, 1965, 57 b.
- Gasimli Amir Teymur oʻgʻli Nariman Narimanov va turkiy xalqlar - Boku, "Nurlan”, 2006, 160 b.
- Narimanov Nariman Najaf ogli Qorabog 'masalasi boʻyicha xatlar va hujjatlar, Boku, Nurlar NPM, 2016-yil, 176 b.[21]
U haqida suratga olingan filmlar
tahrir- Narimon Narimonov dafni (film, 1925) (qisqametrajli hujjatli film)
- Narimon Narimonov (film, 1966)
- Narimon Narimonov (film, 1972)
Manbalar
tahrir- ↑ „"Asarlarning davlat mulki deb e’lon qilinishi qoidalari” va “Asarlari davlat mulki deb e’’lon qilingan mualliflar va davlat mulki deb e’lon qilingan filmlar roʻyxati”ning tasdiqlanishi haqida" Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-may 2019-yildagi 211-sonli Qarori“ (az). cabmin.gov.az (11-may 2019-yil). 13-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-may 2019-yil. (Wayback Machine saytida 13-may 2019-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ Narimon Narimon — oʻtli vatanparvar, buyuk turk jonkuyari
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2022-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-mart.
- ↑ The Great Soviet Encyclopedia, 1939, p. 160.
- ↑ Zuhrabonu.Teymur Ahmadov. Narimon Narimonov. Boku, 1982.
- ↑ P.Azizbeyova, I.Mosesova. Oila Sharafi. Boku,1970
- ↑ A.Shoiqning uy muzeyi fondi.
- ↑ Teymur Ahmadov. Narimon Narimonov. Boku, 1982
- ↑ Ozarbayjon Sovet Ensiklopediyasi.VII jild. Boku,1983. b.226
- ↑ 10,0 10,1 10,2 "Maorif" (Gruziya maorif ishchilarining ilmiy-metodik gazetasi), may, 2003.
- ↑ 11,0 11,1 Baxish Qahramonov. Doktor Narimonov. Boku,1990
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 Həsənov, Həsən. Nəriman Nərimanovun Milli Dövlətçilik Baxışları Və Fəaliyyəti. Elm nəşriyyatı, elmi redaktor: Q. M. Bayramov, rəy: T. H. Musayeva, F. F. Əhmədova, Bakı, 2005 — səh. 248-bet. (Wayback Machine saytida 22-dekabr 2018-yil sanasida arxivlangan)
- ↑ „Respublika“ gazetasi, 19-iyul 2019-yil
- ↑ Mustafa Kamal Atatürk və Nəriman Böyük türk xalqına məhəbbətdən qaynaqlanan qardaşlıq http://www.anl.az/down/meqale/respublika/2019/iyul/666974.htm
- ↑ Narimon Narimonov. „Uzoqlarda inqilobimizning tarixiga doir“. Boku, 1992
- ↑ T.Ahmadov. Narimon Narimonov. Boku, 2018
- ↑ „"Nəriman Nərimanov ömrünün son illəri” kitabinin təqdimatı“ (az). azertag.az.
- ↑ Həsənov, Həsən. Nəriman Nərimanovun tarixi missiyası. Pedaqogika nəşriyyatı, elmi redaktor: Q. M. Bayramov, Bakı, 2005 — səh. 88-bet.
- ↑ „Teymur Əhmədovun "Nəriman Nərimanov"u“ (az). anl.az.
- ↑ Əliyeva, Firuzə. N. Nərimanov və milli məsələ. Nafta-Press, elmi redaktor: Ə. M. Tağıyev; AMEA, Fəlsəfə və Hüquq İn-tu. Əliyeva, Firuzə, Bakı, 2015 — səh. 79-bet.
- ↑ Nərimanov, Nəriman Nəcəf oğlu. Məktublar və Qarabağ məsələsinə dair sənədlər. Nurlar NPM, Bakı, 2016 — səh. 176-bet.
Yana qarang
tahrir- Narimon Narimonovning xotira muzeyi
- Narimon Narimonov haykali (Boku)
- Narimon Narimonov haykali (Sumqayit)
- Narimon Narimonov metrostansiyasi
- Narimonov tumani
Havolalar
tahrir- Teymuroğlu Əmir. Nəriman Nərimanov və türk xalqları. Bakı: „Nurlar“, 2006.
- Səda — Nəriman Nərimanovun doğum günüdür (14.04.2016)
- Nəriman Nərimanovun xatirəsi (BİOQRAFİYA)