Nasiba Qayumova
Nasiba Ashurovna Kayumova (1968-yil 2-aprel, Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, professor
Nasiba Qayumova | |
---|---|
Fayl:Nasiba Kayumova.jpg | |
Tavalludi |
2-aprel 1968-yil Kitob tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Qarshi davlat universiteti |
Taʼlimi | Qarshi davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirNasiba Kayumova Ashurovna 1968-yil 2-aprel Kitob tumanida tugʻilgan[1]. 1990-yilda Qarshi pedagogika institutini matematika va fizika fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1990—1997-yillarda Qarshi shahar Mahmudxoʻja Behbudiy nomli 4-oʻrta maktab matematika va informatika fani oʻqituvchisi, 1997—2001-yillarda Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi oʻqituvchisi, 2001—2009-yillarda Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2009—2014-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali kasb taʼlimi va telekommunikatsiya kafedrasi mudiri, 2014—2016-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali axborot-taʼlim texnologiyalari kafedrasi dotsenti, 2016—2019-yillarda Qarshi davlat universiteti amaliy matematika va informatika kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2019—2021-yillarda Qarshi davlat universiteti informatika oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan, 2021-yildan Qarshi davlat universitetining „Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari“ kafedrasi mudiri.
Ilmiy faoliyati
tahrir2008-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida nomzodlik ishini himoya qilgan. 120 dan ortiq ilmiy ishlar, shulardan, 2 ta darslik, 4 ta oʻquv qoʻllanma 2 ta monografiya, 10 ta uslubiy qoʻllanma, 8 ta elektron taʼlim resurslariga egalik guvohnomasi, mobil ilovalar, 30 dan ortiq il,iy maqolalar muallifi[1]. 2022-yilda „Elektron taʼlim muhitida boʻlajak informatika oʻqituvchilarini integrativ yondashuv asosida tayyorlash metodikasini takomillashtirish“ mavzusida elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha fan doktori (DSc) ilmiy ishini himoya qilgan. Elektron taʼlim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha respublikada birinchi fan doktori hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrir