Natasha Regan
Natasha Ketrin Regan — britaniyalik ayol shaxmatchi. Shuningdek, u shaxmat muallifi mukofotiga sazovor boʻlgan, "Game Changer " kitobi bilan mashhur. U ikkita shaxmat olimpiadasida Angliya sharafini himoya qilgan.[1]
Natasha Regan | |
---|---|
Toʻliq ismi | Natasha Katherine Regan |
Mamlakat | Angliya |
Tugʻilishi |
12-iyun 1971-yil London, Angliya |
Saravha | xalqaro ayol shaxmat ustasi |
FIDE reyting | [1] (fevral 2024) |
Yuqori reytingi | 2208 (iyul 2004-yil) |
Shuningdek, u Go da ham yaxshi oʻyinchi hisoblanadi. Matthew Cocke bilan hamkorlik qilib, u Britaniya juftliklari boʻyicha 7 marta chempionlikni qoʻlga kiritdi va Yevropa juftliklari boʻyicha chempionatda bronza medaliga loyiq koʻrildi.[2] Natasha 2008-yil va 2012-yilda boʻlib oʻtgan birinchi Jahon aql sporti oʻyinlarida Go oʻyini musobaqasida Buyuk Britaniya shaʼnini himoya qilgan.[3][4] Aql sporti olimpiadasida uning medallari 2018-yilgi Ayollar Pentamidasida qoʻlga kirtgan bitta kumush medaldan iborat.[5]
Shaxsiy hayoti
tahrirNatasha Kembrij universiteti[6] Kingʻs kollejida matematika boʻyicha tahsil olgan. Uning egizak qizlari va oʻgʻli bor. U oʻgʻli Oskarga matematikadan dars berdi, bu esa uni 2010-yilda matematika boʻyicha GCSE uchun maksimal ball boʻlgan A* bahosini olgan eng yosh matematik boʻlishiga olib sabab boʻldi.[7]
Shaxmat
tahrirKembrij universitetida u 1992-yilgi Oksford va Kembrij universitetlari shaxmat uchrashuvida 8-raqamli (ilgari ayollar taxtasi sifatida tanilgan) taxtada oʻynagan birinchi ayol shaxmatchi boʻldi.[8][9] Natasha 1992-yilda Manilladagi 30-shaxmat olimpiadasi va 1994-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan shaxmat olimpiadalarida Angliya nomidan qatnashgan. Natasha 2002-yilda FIDE xalqaro ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.[8] 2019-yil sentabr oyida u Angliya shaxmat federatsiyasi (ECF) kengashiga rais etib saylangan.[10]
Kitoblar
tahrirNatasha ingliz shaxmati grossmeysteri Metyu Sadler bilan birgalikda ikkita shaxmat kitobiga hammualliflik qilgan. Ularning birinchi hamkorligi "Chess For Life „ ECF yilning eng yaxshi kitobi mukofotini qoʻlga kiritdi.[11] Unda bir nechta taniqli shaxmatchilarning shaxmat faoliyati davomida qoʻllagan uslublari hususida, shuningdek, oʻz oʻyinlarini qanday rivojlantirganligi haqida intervyularidagi fikrlari batafsil bayon etilgan.[12]
Game Changer kitobi
tahrirNatasha Regan oʻzi va GM Metyu Sadlerning ikkinchi hamkorlikdagi Game Changer[13] gʻoyasini oʻylab topdi, u FIDE yilning shaxmat kitobida nominatsiyasida gʻolib boʻldi.[14] Unda DeepMind’ning inqilobiy kompyuter dasturi AlphaZero shaxmat oʻynashidan qanday saboq olish mumkinligi haqida batafsil maʼlumot berilgan.[15]
Kitob raqobatbardosh shaxmatga taʼsir koʻrsatdi. Tata Steel Chess Tournament-2019 turnirida birinchi raqamli shaxmatchi va jahon chempioni Teimur Radjabov bilan durangdan soʻng Magnus Karlsen Game Changer haqida shunday dedi:
“Men kitobni juda ilhomlantiruvchi deb hisoblayman. Oʻyin davomida men bir necha marotaba oʻylayman: AlphaZero bunga qanday yondashgan boʻlardi?[16]
Bibliografiya
tahrir- Regan, Natasha. Trends in the Smith-Morra Gambit. Tournament Chess, 1997. ISBN 978-1859320730.
- Regan, Natasha. Trends in the Bird's Opening. Trends Publications, 1998. ISBN 978-1859320372.
- Sadler, Matthew. Chess For Life. Gambit, 2016. ISBN 978-1910093832.
- Sadler, Matthew. Game Changer. New In Chess, 2019. ISBN 978-9056918187.
Manbalar
tahrir- ↑ British Chess News page about Natasha Regan retrieved 1 December 2020
- ↑ BGA Pair Go results retrieved 1 December 2020
- ↑ BGA WMSG team page retrieved 1 December 2020
- ↑ BGA results summary from WMSG 2012 retrieved 1 December 2020
- ↑ MSO Results page navigate to player retrieved 1 December 2020
- ↑ Cambridge University results website retrieved 1 December 2020
- ↑ https://www.bbc.co.uk/news/uk-england-surrey-11069666 „Seven-year-old maths whizz-kid gains A* in GCSE exam“, BBC, 24 August 2010
- ↑ 8,0 8,1 „Chess For Life Sadler and Regan » Matthew Sadler“. Matthew Sadler.
- ↑ „BritBase Chess: 110th Varsity Match, Oxford v Cambridge, 1992“. www.saund.co.uk.
- ↑ ECF officers webpage, retrieved 1 December 2020
- ↑ ECF page on award presentation[sayt ishlamaydi] retrieved 1 December 2020
- ↑ „Awards – Resource“.
- ↑ ChessBase interview with Natasha Regan and Matthew Sadler, retrieved 1 December 2020
- ↑ FIDE Averbakh-Boleslavsky Award 2019 webpage retrieved 1 december 2020
- ↑ Chess Base article on FIDE book of the year 2019 retrieved 1 December 2020
- ↑ Hans Schut book of the year review and chess.com, retrieved 1 December 2020