Toʻychi Nazarov

sovet harbiy xizmatchisi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945)
(Nazarov Toʻychidan yoʻnaltirildi)

Toʻychi Nazarov (1896-yil 15-may, Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Rossiya imperiyasi — 1974-yil 18-avgust, Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR ) — sovet harbiy xizmatchisi, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1945), 17-gvardiya mexanizatsiyalashgan brigadaning 2-motooʻqchi batalyoni oʻqchisi (1-Ukraina fronti, 4-gvardiya tank armiyasining 6-gvardiya mexanizatsiyalashgan korpusi)[1][2][3].

Toʻychi Nazarov
Tavalludi 15-may 1896-yil
Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati
Vafoti 18-iyun 1974-yil(1974-06-18)
(78 yoshda)
Qalacha qishlogʻi, Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Oʻzbekiston SSR
Qoʻshin turlari Piyoda askarlar
Xizmatdagi yillari 19411945
Unvoni oddiy askar
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari

«Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»

Tarjimayi holi

tahrir

Toʻychi Nazarov 1896-yil 15-mayda[2][3] (baʼzi manbalarda, 1910-yil)[4]Fargʻona viloyati Qalacha qishlogʻi (ayrim manbalarda, Kaptarxona qishlogʻi) dehqon oilasida tavallud topgan. Millati tojik[1][5]. Oʻrta maktabni tugatib, kolxozda traktorchi boʻlib ishlaydi[1]. 1943-yil may oyida Fargʻona tumani harbiy komissarligi tomonidan harbiy xizmatga safarbar etilgan. 1943-yil iyundan urushda ishtirok eta boshlagan[5]. 1945-yil yanvarida Nazarov Sandomir-Sileziya hujum operatsiyasida, yaʼni Koben shahri (Polshadagi hozirgi Xobyenya) yaqinidagi Oder daryosini kesib oʻtib[2], daryoning gʻarbiy qirgʻogʻidagi hududni saqlab qolishda jonbozlik koʻrsatgan[1]. 1945-yil 24-yanvarda ushbu shahar yaqinidagi jangda 12 nafar gitlerchilar va bitta qoʻl pulemyoti guruhini yoʻq qiladi[6][7][8][9]. Nazarov 1945-yil 10-aprelda fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorat va qahramonligi uchun SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni hamda Lenin ordeni va „Oltin yulduz“ medali bilan taqdirlanadi[5][6][7][10][11]. Ikkinchi jahon urushi tugaganidan keyin Nazarov harbiy xizmatdan ozod etilib, oʻz yurtiga qaytib keladi. Nazarov oʻz qishlogʻida umrining oxirigacha yashab, ishlab kelgan[1]. 1974-yil 18-avgustda 78 yoshida[2][3] (baʼzi manbalarda, 1971-yil 61 yoshida)[11] vafot etadi[8]. Oʻz qishlogʻi Qalachadagi qabristonga dafn etilgan.

Unvon va ukofotlari

tahrir

Xotira

tahrir
  • Toʻychi Nazarov nomi Moskva shahri, Gʻalaba bogʻida joylashgan Gʻalaba muzeyidagi Shon-sharaf zaliga zarhal harflar bilan bitilgan;
  • Qabriga yodgorlik qabrtoshi oʻrnatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Igor Serdyukov. „Nazrov Tuychi“ (rus tilida). 2023-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Nazarov Tuychi“ (rus tilida). 2014-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Elena Kirmizi Nar napisala noviye portreti geroyev Uzbekistana“ (rus tilida) (2022-yil 24-iyun). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  4. Fargʻona tumani tarixi 2013, s. 334
  5. 5,0 5,1 5,2 „Nazarov Tuychi“ (rus tilida). 2022-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  6. 6,0 6,1 „Nagrada Tuychi Nazarova“ (rus tili). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  7. 7,0 7,1 „Nazarov Tuychi“ (rus tilida). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  8. 8,0 8,1 „Geroi SSSR iz Tadjikistana: polniy spisok uchastnikov Velikoy Otechestvennoy voyni“ (rus tilida) (2023-yil 8-may). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  9. „Geroi VOV iz Tadjikistana“ (rus tilida). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  10. I. Lyaskalo. „Podvig Tuychibaya“ (rus tilida). „Pravda Vostoka“ gazetasi, №113 (14752) (1965-yil 16-may). 2023-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-iyun.
  11. 11,0 11,1 Fargʻona tumani tarixi 2013, s. 336

Adabiyotlar

tahrir
  • Nodirbek Abdulahatov, Fayzullo Zohidov. Fargʻona tumani tarixi. Fargʻona: „Fargʻona“ nashriyoti, 2013 — 368-bet.