Nega unday qilding sen?
„Nega unday qilding sen?“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 1990-yil chiqarilgan „1-albom“ nomli studiyaviy albomiga toʻrtinchi trek oʻlaroq kiritilgan[1]. 1992-yil „Melodiya“ leybli bilan Toshmuhamedov nomidagi Toshkent grammofon zavodida chiqarilgan „Bolalar“ plastinkasiga ham kiritilgan[2]. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh aʼzosi Husan Sodiqov yozgan[manba kerak], ammo 1992-yilgi plastinkada unga kiritilgan barcha ashulaning soʻzi va kuyini guruh solisti Tohir Sodiqov yozgani eʼtirof etilgan.
„Nega unday qilding sen?“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Bolalar“ qoʻshigʻi | ||||
„1-albom“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 1990 | |||
Yozib olingan | 1989 | |||
Janr | pop musiqa | |||
Leybl | 3:53 | |||
Matn muallif(lar)i | Husan Sodiqov | |||
Bastakor(lar) | Husan Sodiqov | |||
„1-albom“ xronologiyasi | ||||
|
„Nega unday qilding sen?“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri boʻlib, guruh Oʻzbekistonda hamda qoʻshni mamlakatlarda shuhrat qozonishga hissa qoʻshgan[3]. Qoʻshiqda muallif oʻzgaga turmushga chiqqan yoriga murojaat qiladi.
Qoʻshiqning bir necha versiyasi mavjud. „Bolalar“ guruhining 1998-yil eʼlon qilingan va asosan remikslardan iborat „8-albom“ nomli albomiga „Nega unday qilding sen?“ qoʻshigʻining remiksi uchinchi trek oʻlaroq kiritilgan[4]. Shuningdek, taronaning sekinroq tempda ijro etilgan versiyasi ham bor.
Manbalar
tahrir- ↑ „"Болалар" гуруҳининг 1 чи оригинал альбоми“. YouTube (18-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
- ↑ „Болалар“ (ruscha). Discogs. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
- ↑ Inoyatova, Nazira „Tohir Sodiqov. Bolalikdan "Bolalar"gacha...“. Sahro. Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.
- ↑ „"Болалар" гуруҳининг 8 чи оригинал альбоми“. YouTube (29-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 23-iyul 2022-yil.