Nora Gjakova (tugʻ. 1992-yil 17-avgust, Gjakova, Yugoslaviya) — kosovolik dzudochi, 57 kg gacha vazn toifasida, Kosovo terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari chempioni, Yevropa chempioni, Yevropa oʻyinlari va Jahon chempionati gʻolibi.

Nora Gjakova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Kosovo bayrogʻi Kosovo
Tavallud sanasi 17-avgust 1992-yil (1992-08-17) (32 yosh)
Gjakova, Yugoslaviya
Vazni 57 kg gacha
Sport
Qaysi sport dzudo
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Oltin Tokio 2020 57 kg
Dzudo bo'yicha Jahon chempionati
Bronza Budapesht 2021 57 kg
Yevropa oʻyinlari
Bronza Boku 2015 57 kg
Kumush Minsk 2019 57 kg
Dzudo bo'yicha Yevropa chempionati
Bronza Qozon 2016 57 kg
Bronza Varshava 2017 57 kg
Oltin Tel-Aviv 2018 57 kg
Bronza Lissabon 2021 57 kg

Biografiyasi

tahrir

1992-yil 17-mayda Nora Gjakova tugʻilgan. Akil Gjakovning ukasi kosovolik dzudochi, Yevropa chempioni.

Faoliyati

tahrir

Yevropaning uch karra bronza medali sohibi (2015, 2016, 2017)[1]. 2016-yil 21-aprelda Qozon shahrida (Rossiya) oʻtkazilgan dzudo boʻyicha Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. Oʻsha yili u Rio-de-Janeyrodagi (Braziliya) Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u atigi 9-oʻrinni egalladi.

2018-yilda Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 57 kg gacha boʻlgan vazn toifasidagi Nora Gjakova finalda germaniyalik dzudochi Theresa Stollni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[3].

2019-yilda Minskda (Belarus) boʻlib oʻtgan Yozgi Yevropa oʻyinlarida 57 kg gacha boʻlgan vazn toifasida u finalda rossiyalik sportchi Darya Mejetskayaga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[4].

2021-yilning aprel oyida Portugaliya poytaxti Lissabon shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Nora soʻnggi jangida gruziyalik sportchi Eteri Liparteliani magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2021-yil iyun oyida Vengriya poytaxti Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida Nora Gjakova 57 kg gacha vazn toifasida uchinchi oʻrin uchun kurashda serbiyalik sportchi Marika Perishichni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi[5].

2021-yilda Tokio shahrida (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida sportchi 57 kg gacha vazn toifasidagi final jangida fransiyalik Sarah-Léonie Cysiqueni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[6].

Manbalar

tahrir