Nymphaea nouchali
Nymphaea nouchali, koʻpincha koʻk lotus, yulduz lotus, qizil suv nilufari, mitti akvarium nilufari, koʻk suv nilufari, koʻk yulduz suv nilufari yoki manel gul nomlari bilan atalagab nymphaea turkumiga mansub o‘simlik. Uning vatani Osiyoning janubiy va sharqiy qismi, o‘simlik Bangladesh va Shri-Lankaning milliy gulidir[2]. Oʻtmishda Nymphaea nouchali nomi Nymphaea pubescens uchun notoʻgʻri qoʻllanilgani sababli taksonomik chalkashliklar yuzaga kelgan[3].
Nymphaea nouchali | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
O‘simliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Nymphaeales | |
Nymphaeaceae | |
Nilfiya | |
N. nouchali
| |
Binar nomi | |
Nymphaea nouchali | |
Sinonimlar | |
|
Tarqalishi va o‘sish joyi
tahrirBu suv oʻsimligining vatani Afgʻoniston, Hindiston, Tayvan, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyagacha boʻlgan keng hududda joylashgan[4]. U uzoq vaqtdan beri Tailand va Myanmada hovuzlar va bogʻlarni bezash uchun o‘stiriladi. Tabiiy holatida N. nouchali past va oʻrtacha chuqurlikdagi sekin oqadigan suvli joylarida o‘sadi.
Tavsif
tahrirN. nouchali kunduzi gullaydigan oʻsimlik boʻlib, ildizi va poyasi suv ostida bo‘ladi. Barglarning bir qismi suv ostida, boshqalari esa sirtda joylashadi. Barglari dumaloq. Suzuvchi barglarning toʻlqinsimon qirralari bor, bu ularga krenellangan koʻrinish beradi. Ularning kattaligi taxminan 20-23 sm[5].
Bu suv nilufarning gullari odatda oq yoki koʻk rangga ega boʻladi. Uning gullari oq, koʻk, binafsha, binafsha, pushti va krem/sargʻish oq rangga ega navlari mavjud. Gulning 13-15 gulbarglari burchakli koʻrinishga ega boʻlib, gul yuqoridan yulduz shaklida koʻrinadi. Kosasimon gulkosachaning diametri 4-15 sm ga teng.
O‘simlik barglari suvda yashovchi qoʻziqorinlardan taʼsirlanishi mumkin[6].
Simvolizm
tahrirN. nouchali Bangladeshning milliy gulidir. Xira koʻk gulli N. nouchali Shri-Lankaning milliy guli boʻlib, u yerda nil mānel yoki nil mahanel (නිල් මානෙල්) nomi bilan mashhur[7].
-
Nymphaea nouchali
-
Nymphaea nouchali
-
Nymphaea nouchali
Shri-Lankada bu oʻsimlik odatda buyvollar hovuzlarida va tabiiy botqoq yerlarda oʻsadi. Uning goʻzal suv guli sanskrit, pali va sinhala adabiy asarlarida qadim zamonlardan beri quvalaya, indhīwara, niluppala, nilothpala, nilupul nomlari bilan fazilat, intizom va poklik ramzi sifatida tilga olingan[8]. Aytishlaricha, Budda vafot etganida, u umri davomida yurgan hamma joyda lotus gullari ochilgan.
Claire Waight Keller bu oʻsimlikdan Hamdoʻstlik mamlakatlarining oʻziga xos oʻsimliklarini oʻz ichiga olgan Meghan Marklening toʻy pardasida Bangladesh va Shri-Lanka ramzi sifatida kiritgan[9].
Foydalanish
tahrirN. nouchali ajoyib gullari tufayli manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. O‘simlik gullari Shri-Lankadagi anʼanaviy va madaniy festivallar uchun ishlatiladi. Shuningdek, u „mitti nilufar“ yoki „mitti qizil nilufar“ nomi ostida akvarium oʻsimligi sifatida mashhur[10]. N. nouchali hind Ayurveda tibbiyotida ambal nomi ostida ishlatiladi. U asosan hazm buzilishini davolash uchun ishlatilgan[10].
Barcha suv gullari singari, uning nok shaklidagi, qoʻngʻir, kartoshka kattaligidagi ildizpoyalari, barglari va oʻsimlikning koʻp qismi zaharli boʻlib, tarkibida nufarin deb ataladigan alkaloid mavjud. Yevropada uchrovchi nilufarlardan farqli oʻlaroq, bu turning ildizpoyalarini qaynatish orqali zararsizlantirilishi mumkin. Hindistonda ular ochlikka qarshi dorivor ovqat sifatida isteʼmol qilingan. Vetnamda u qovurilgan holda isteʼmol qilinadi. Shri-Lankada ilgari dori turi sifatida isteʼmol qilingan va uning narxi oddiy taomga qaraganda juda yuqori edi, ammo 1940-yillarda baʼzi qishloq aholisi musson mavsumida (Yala mavsumi) sholi dalalarida suv nilufarlarini yetishtirishni boshladilar va narx tushdi. U qaynatilgan holda va kori shaklida isteʼmol qilinadi[11].
Oʻsimlik quruqg‘oqchilik mavsumida hovuzlar, tanklar va botqoqlardan yigʻiladi va Hindistonda hayvonlar uchun ozuqa sifatida ishlatiladi[12].
Geraldika
tahrir-
Bangladeshning Davlat gerbi (1972-yildan hozirgi kungacha)
Yana qarang
tahrir- Nymphaea caerulea, Misr koʻk lotus yoki muqaddas koʻk nilufar
- Nymphaea lotus, oq lotus yoki Misr oq suv nilufari
- Nelumbo nucifera, hind lotus, muqaddas lotus
Manbalar
tahrir- ↑ Gupta, A. K.; Beentje, H. J.; Lansdown, R. V. (2019). „Nymphaea nouchali“. IUCN Red List of Threatened Species. 2019: e.T168917A120213841. doi:10.2305/IUCN.UK.2019-2.RLTS.T168917A120213841.en. Retrieved 6 November 2022.
- ↑ The Plant List: A Working List of All Plant Species, qaraldi: 20 April 2015
- ↑ Dezhi Fu; John H. Wiersema; Donald Padgett, Flora of China online, 6-jild, qaraldi: 20 April 2015
- ↑ „Nymphaea nouchali Burm.f.“. Plants of the World Online.
- ↑ Lim, T. K. „Nymphaea nouchali“, . Edible Medicinal and Non Medicinal Plants: Volume 8, Flowers. Dordrecht: Springer Netherlands, 2014 — 519–525-bet. ISBN 978-94-017-8748-2.
- ↑ Dr. V. R. Patil Research on Fresh water fungi (2015) Google Booksda
- ↑ Hettiarachchi, Kumudini. „The Great Pretender“. The Sunday Times, Sri Lanka (2010-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 24-iyun.
- ↑ „National Stats of Bangladesh“. park.org.
- ↑ Jenny.minard. „The Wedding Dress, Bridesmaids’ Dresses and Page Boys' Uniforms“. The Royal Family (2018-yil 19-may).
- ↑ 10,0 10,1 Pareek, Archana; Kumar, Ashwani (2016). "Pharmocognostic studies on Nymphaea spp.". World Journal of Pharmaceutical Research 5 (6): 18. doi:10.20959/wjpr20166-6285. ISSN 2277-7105.
- ↑ FR Irvine, RS Trickett — Water lilies as Food — Kew Bulletin, 1953
- ↑ A Banerjee, S Matai — Composition of Indian aquatic plants in relation to utilization as animal forage — Journal of Aquatic plant management, 1990