Oʻtamish hoji Mavlono Muhammad Doʻst oʻgʻli (16-asr) – tarixchi olim. Xiva xoni Elbarsxon saroyida mirzalik qilgan. U Xorazm va Oltin Oʻrdaning janubiy hududlarida (Kaspiy dengizi va Quyi Volga boʻylari) koʻp marta sayohatda boʻlgan va tarixiy asar yozish uchun materiallar toʻplagan.

Oʻtamish hoji Mavlono Muhammad Doʻst oʻgʻli „Chingiznoma“ asarini shayboniylardam Esh Sulton (1558-yil v.e.)ga bagʻishlagan boʻlib, bu asar 16-asr Xiva xonligida (turkiy tilda) yozilgan yagona adabiy-tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Asar muqaddima va 9 bobdan iborat boʻlib, Chingizxon va chingiziylar (xususan, xoʻja avlodlari) tarixiga oid koʻplab tarixiy rivoyatlarni oʻzida toʻplaganligi hamda Oltin Oʻrda xonlari va oʻgʻlonlar (xonzodalar) faoliyati haqida nodir maʼlumotlar berishi bilan qimmatlidir. „Chingiznoma“ asari qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti (^ 1552) da saqlanadi. Asar sharqshunos V. P. Yudin (1928— 83) tomonidan rus tiliga tarjima qilingan va keyinchalik u faksimilesi hamda tegishli izohlar bilan chop etilgan (Olmaota, 1992).

Manbalar

tahrir
  • Chingizname (faksimile, perevod, transkripsiya, tekstologicheskiye primechaniya, issledovaniye V. P. Yudina), AlmaAta, 1992.