Oʻzbegim (qoʻshiq)
„Oʻzbegim“ — oʻzbekistonlik sanʼatkor Sherali Joʻrayev ijro etgan qoʻshiq. Matni oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub va 1968-yilda yozilgan qasidadan olingan qoʻshiq kuyini Joʻrayevning oʻzi bastalagan. „Oʻzbegim“ Joʻrayev repertuaridagi eng yaxshi tanilgan qoʻshiqlarning biridir.
„Oʻzbegim“ | |
---|---|
Sherali Joʻrayev qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 1968 |
Format | Singl |
Janr | anʼanaviy musiqa |
Davomiyligi | 13:32 |
Matn muallif(lar)i | Erkin Vohidov |
Bastakor(lar) | Sherali Joʻrayev |
Klipi | |
„Oʻzbegim“ YouTubeda |
„Oʻzbegim“ qoʻshigʻi World Music Network britan leybli 2005-yil chiqargan „Oʻrta Osiyo musiqasi boʻyicha umumiy qoʻllanma“ (inglizcha: Rough Guide to the Music of Central Asia) albomiga kiritilgan[1].
Tarixi
tahrirJoʻrayev 1968-yil toʻyda Vohidov qalamiga mansub „Oʻzbegim“ qasidasini eshitib qolgan. Oʻsha yerda sheʼr matnini yozib olgan va kechqurun talabalar yotoqxonasida tuni bilan kuy bastalagan[2]. Ertasi navbatdagi toʻyda qoʻshiqni ilk marotaba jonli tarzda ijro qilgan. Qoʻshiqning yozilishi haqida Joʻrayevning oʻzi bunday yozgan:
Xullas, institutdagi tahsil yaxshi davom etar, men yangidan-yangi qoʻshiqlar ijro etardim. Bir kuni oʻqituvchilarimizdan bittasinikida toʻyda boʻldik. Oʻsha erda shoir Erkin Vohidovning vrach qoʻshnisi ham bor ekan. Shu kishi „Oʻzbegim“ qasidasini oʻqib berdi. Eshitib gʻalati boʻlib ketdim. Oʻzbek xalqi, Oʻzbekiston haqida yaxshi bir qoʻshiq yaratishni oʻylab yurardim. Sheʼrni tinglagach, tinchim buzildi. Shosha-pisha sheʼr matnini salfetkaga yozib oldim. Talabalar shaharchasidagi 8-yotoqxonada qoʻqonlik oʻrtoqlarim turishardi, oʻshalarning xonasida kechasi bilan qasidani yodladim va kuy bastaladim. Ertalab doʻstlarimga aytib berdim. Oʻsha kuni kechqurun Achavotda toʻy boʻldi. Bizni ham taklif qilishdi. U paytlarda ovoz kuchaytirgich asboblar hali shakllanmagan, lekin shunga qaramay koʻplar mikrofonga mahkam yopishib olgandi. Men mikrofonsiz aytardim doim. Shu tufayli baʼzi xonandalar meni koʻrsa siqilardi. Baʼzan rubobini soʻrasam, berishmasdi. Ular odamlar eshitsa-eshitmasa ham aytishaverardi. Tinglovchi diqqat-eʼtiborini qoʻshiqqa qaratmasa kuylagim kelmasdi. Qisqasi, menga navbat berishdi. Endi „Oʻzbegim“ni boshlaganimda dasturxonga ovqat keltira boshlashdi. Parvo qilmay davom etdim. Bir ozdan soʻng hamma jim boʻlib qoldi. „Oʻzbegim“ning ilk bora aytilishini eslasam, ikki qoʻlida tovoqni ushlagancha tek turib qolgan yigit koʻz oldimga keladi[2].
Matni
tahrirOriginali
Tarixingdir ming asrlar |
Qoʻshiqdagisi
1-band |
Manbalar
tahrir- ↑ „Various – The Rough Guide To The Music Of Central Asia“. Discogs. Qaraldi: 24-may 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Joʻrayev, Sherali. Bola dunyoni tebratar, Toshkent, 1988 — 28-bet.