Otabek Murodov
Otabek Bahritdinovich Murodov – Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori (2018-yil 31-yanvardan 2019-yil 20-iyungacha).
Biografiyasi
tahrir- 1975-yili 6-aprelda Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani, Yakkabogʻ qishlogʻida tugʻilgan. Millati oʻzbek
- 1992-yilda Shahrisabz shahridagi A. S. Pushkin nomli 3-oʻrta taʼlim maktabini bitirgan. Aʼlo oʻqishi va namunali xulqi uchun oʻrta maktabning oltin medali bilan taqdirlangan.
- 1989—1991-yillarda maktabning komsomol tashkilotiga rahbarlik qilgan.
- 1992-yilda Toshkent davlat yuridik institutining (endilikda universitet) Xalqaro-huquqiy faoliyat fakultetiga oʻqishga kirgan va 1997-yilda aʼlo baholarga tamomlagan.
- Yuridik fanlar nomzodi. 1998—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi izlanuvchisi.
- 1997-yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumani prokuraturasida ish oʻrganuvchi.
- 1998-yilning aprel-iyun oylarida Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani prokuraturasida tergovchi.
- 1998-yilning oktyabridan 1999-yilning iyuligacha Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Qibray tumanlari prokuraturasida tergovchi.
- 1999—2000-yillarda Toshkent viloyati prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi.
- 2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar boʻyicha tergovchisi, katta tergovchisi.
- 2005-yilning yanvaridan avgustigacha Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani prokurori.
- 2005-yilning avgustidan oktyabrigacha axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qilish boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
- 2005-yilning oktyabr oyidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida faoliyat boshlagan.
- 2005—2009-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
- 2009—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining afv etish va fuqarolik masalalari boʻyicha bosh inspektori, Adliya, prokuratura va sudlar masalalari boʻyicha bosh inspektori.
- 2011—2014-yillarda Adliya vaziri oʻrinbosari – Adliya vazirligi tarkibidagi Qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi.
- 2014—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining raisi.
- 2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis, jamoat va siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha 3-davlat maslahatchisi.
- 2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
- 2018-yil 31-yanvarda Oʻzbekiston Prezidentining PF-5320-sonli farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi 5-Bosh prokurori etib tayinlangan[1].
- 2018—2019-yillarda – Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti[2].
- 2019-yil 20-iyun kuni Bosh prokuror lavozimidan boʻshatilgan va sobiq bosh prokuror Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida tergovga jalb qilingan[3]. 18-sentyabr kuni qamoqqa olingan[4].
- 2020-yil 25-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudi qarori bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.[5]
Qonunchilik faoliyati
tahrirKoʻplab qonun loyihalari, jumladan:
- „Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2008-y.)
- „Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2010-y.)
- „Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida“gi (2011-y.)
- „Huquqbuzarliklarning oldini olish toʻgʻrisida“gi (2014-y.), „Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida“gi (2016 y.)
- „Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida“gi (2017-y.)
- „Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi“ (2019-y.)
Qonunlarini ishlab chiqishda tashabbuskor va bevosita ishtirokchi boʻlgan.
Mukofotlari
tahrirOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28- avgustdagi farmoniga binoan „Jasorat“ medali bilan taqdirlangan (shu jumladan, Ichki ishlar organlari xodimi boʻlgan A. B. tomonidan 1998-2000 yillarda 9 nafar qizni zoʻrlash va qasddan qotillik sodir etish boʻyicha jinoyatlarni tergov yoʻli bilan fosh qilganligi uchun. Jinoyatchi eng oliy jazoga hukm qilingan).
Jamoatchilik faoliyati
tahrir- 2017—2018-yillarda „Taraqqiyot strategiyasi markazi“ NNT vasiylik kengashi raisi.
- 2018—2019-yillarda – Toshkent davlat yuridik instituti vasiylik kengashi raisi.
- 2018—2019-yillarda – Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya raisi[6].
- 2017—2018-yillarda-davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017—2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 1-yoʻnalishi).
- 2018—2019-yillarda-sud-huquq sohasini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha komissiya raisi (2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasining 2-yoʻnalishi).
- Rus va ingliz tillarini biladi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.xabar.uz/uz/siyosat/ozbekistonning-yangi-bosh-prokurori-otabek-murodov
- ↑ Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasiga rais etib saylandi
- ↑ Bosh prokuror qamoqqa olindi
- ↑ Manba: Otabek Murodov qamoqqa olindi
- ↑ „Отабек Муродовга суд ҳукми эълон қилинди“. Kun.uz.
- ↑ https://www.gazeta.uz/oz/2019/05/07/attorney-general/