Nigʻmatilla Yoʻldoshev
Yoʻldoshev Nigʻmatilla Toʻlqinovich — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (2019-yildan), 2019-yildan Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti[1], 2015—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin, 2016-yil 2-sentabrdan 8-sentabrgacha — Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi[2], 2011—2015-yillarda Adliya vaziri.
Biografiyasi
tahrirMaʼlumoti — oliy, 1985-yilda Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.
1985—1986 — Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi.
1986—1991 — Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining tergovchisi.
1991—1992 — Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasining tergovchisi.
1992—1995 — Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi.
1995—1997 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi prokurori.
1997—2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov bosh boshqarmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi boshligʻi.
2000—2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taʼminlash inspeksiyasining boshligʻi.
2003—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.
2006—2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.
2008—2011 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
2011—2015 — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri[3].
2015-yil 20-yanvarda Senat aʼzoligiga Prezident tomonidan tayinlandi[4]. 23-yanvar kuni Senat raisi etib saylandi.
2019-yil 20-iyunda Senat aʼzoligidan olindi[5].
2016-yil 2-sentabrda Oliy Majlis palatalarining qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 8-sentyabr kuni Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini eʼlon qildi.
2019-yil 20-iyundan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori[6].
2019-yil 7-oktyabrdan — Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti[1].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Nigʻmatilla Yoʻldoshev Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasiga rais etib saylandi
- ↑ Nigmatilla Yuldashev budet vrio prezidenta
- ↑ „Vazir va oʻrinbosarlar“. 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-yanvar.
- ↑ О назначении членов Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2015-01-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-01-23
- ↑ Prezident Senatda yangi qoʻmita tashkil etishni taklif etdi
- ↑ https://m.kun.uz/news/2019/06/21/prezident-otabek-murodov-haqida-men-unga-ishonch-bildirgandim