Oʻzbekiston mustaqilligi boʻyicha referendum (1991)

Oʻzbekiston Respublikasida 1991-yil 29-dekabrda prezidentlik saylovlari bilan bir qatorda, mustaqillik referendumi ham boʻlib oʻtdi,[1][2]

Mart oyida SSSRda oʻtkazilgan kengqamrovli referendumda Oʻzbekiston SSR saylovchilarining 95 foizi Sovet Ittifoqini saqlab qolish uchun ovoz bergan.[3]

Biroq, avgustdagi davlat toʻntarishiga urinish ortidan mustaqillikka erishishga qaror qilindi.[4] Keyinchalik, shu yilning 31-avgustida mustaqillik eʼlon qilindi[5] hamda Sovet Ittifoqi 1991-yil 26-dekabrda referendumdan uch kun avval oʻz faoliyatini toʻxtatdi.[6]

Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligi toʻgʻrisidagi referendum

tahrir

1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida „Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi toʻgʻrisida referendum oʻtkazish toʻgʻrisida“gi qaror qabul qilingan. Referendum oʻtkazish vaqti 1991-yil 29-dekabr kuni boʻlishi haqidagi qarori qabul qilingan.

Saylov

tahrir

Birinchi marta 1991-yil 29-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini qoʻlga kiritish masalasi boʻyicha referendum boʻlib oʻtgan. Saylov natijalariga koʻra, Islom Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan, referendum natijalariga koʻra, aholining mutlaq koʻpchiligi Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini maʼqullagan.

Natija

tahrir
Tanlov Ovozlar %
Yoqlab 9 718 155 98.3
Qarshi 172 294 1.7
Yaroqsiz ovozlar 8 258 -
Jami 9 898 707 100
Roʻyxatdan oʻtgan saylovchilar 10 515 066 94.1
Manba: Nohlen et al.

Yana qara

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Dieter Nohlen, Florian Grotz & Christof Hartmann (2001) Elections in Asia: A data handbook, Volume I, s. 490 ISBN 0-19-924958-X
  2. Nohlen et al, p492
  3. Uzbekistan, 17-mart 1991-yil: Equal sovereign republic Direct Democracy (olm.)
  4. Uzkekistan, 29-dekabr 1991-yil: Independence Direct Democracy (olm.)
  5. B.V. Rao (200) History Of Modern Europe (1789-1992) Sterling Publishers, s. 337
  6. END OF THE SOVIET UNION; The Soviet State, Born of a Dream, Dies The New York Times, 26-dekabr 1991-yil