Oʻzbekistonning muzeylari roʻyxati
Maqolada Oʻzbekistonda joylashgan muzeylar roʻyxati keltirilgan.
Oʻzbekistondagi muzeylar roʻyxati
tahrir- Temuriylar tarixi davlat muzeyi[1] — 1996-yilda Toshkentda ochilgan. Muzey Amir Temur va temuriylar sulolasi vakillari davridagi Oʻrta Osiyo tarixiga bagʻishlangan. Muzeyda 5 mingdan ortiq eksponatlar saqlanadi. Oʻzbekiston birinchi prezodenti Islom Karimov 1996-yilni Oʻzbekistonda „Amir Temur yili“ deb eʼlon qilgan va Amir Temurning 660 yilligi Oʻzbekistonda keng nishonlangan. Keyinchalik respublika Toshkent markazida Temuriylar tarixini aks ettiruvchi davlat muzeyini qurishga qaror qilgan.
- Afrosiyob muzeyi — 1970-yilda ochilgan. Muzey Samarqand shahri va uning atrofi tarixiga bagʻishlangan. Dunyodagi eng yirik arxeologik yodgorliklardan biri va 13-asr boshlarida moʻgʻullar tomonidan vayron qilingan qadimiy shahar boʻlgan Afrasiyob tarixiy oʻrnida joylashgan muzey.
- Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi — 1922-yil Buxoroda ochilgan. Muzeyda Buxoroning turli meʼmoriy yodgorliklarida joylashgan 18 ta doimiy koʻrgazmalarni birlashtirgan 6 ta filial ham mavjud.
- Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi[2] — 1966-yilda Nukus shahrida ochilgan. Muzey kollektsiyasi rus avangardining asarlari toʻplamlari orasida ahamiyati va hajmi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Muzeyni The Guardian nashri Oʻzbekiston Luvri deb taʼriflagan[3].
- Ulugʻbek rasadxonasi[4][5] 1420-yilda ochilgan. Rasadxona 1908-yilda arxeolog Vasiliy Vyatkin tomonidan tekshirilgan.
- Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi — 1876-yil Toshkentda ochilgan. Bu Markaziy Osiyo va Toshkentdagi eng qadimiy muzeydir.
- Oʻzbekiston Davlat Sanʼat muzeyi[6] — 1918-yil Toshkentda ochilgan. Muzeyning dastlabki kolleksiyasi knyaz Nikolay Konstantinovich Romanovning 100 ta sanʼat asaridan iborat boʻlgan. 1930-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab muzey kolleksiyasi sezilarli darajada kengayib, Oʻzbekiston rassomlari asarlarini qamrab oldi.
- Oʻzbekiston Аlоqа tаriхi muzеyi: Muzeyda mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasining shakllanish va rivojlanish yoʻlini koʻrsatuvchi 400 dan ortiq turli eksponatlar jamlangan.
- Shahrisabz moddiy madaniyat tarixi muzeyi — 1966-yil Shahrisabzda ochilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „ГОСУДАРСТВЕННЫЙ МУЗЕЙ ИСТОРИИ ТЕМУРИДОВ“ (ru). mustaqillik.uz. 2020-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
- ↑ „The State Museum of Arts of the Republic of Karakalpakstan named by Savitsky :: Главная“. museum.kr.uz. 2022-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
- ↑ Moore, Suzanne. „The lost Louvre of Uzbekistan: the museum that hid art banned by Stalin“ (en-GB). The Guardian (2019-yil 21-may). Qaraldi: 2020-yil 1-noyabr.
- ↑ И. М. Мўминов. История Самарканда. Фан, 1969.
- ↑ Владимир Петрович Щеглов. Обсерватория Улугбека в Самарканде. Изд-во АН СССР, 1958.
- ↑ „Государственный музей искусств Узбекистана“ (ru). 2014-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.