41°18′42.48″N 69°16′9.48″E / 41.3118000°N 69.2693000°E / 41.3118000; 69.2693000

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
History Museum (8145371419).jpg
Asos solingan sana 12 iyul 1976-yil
Joylashuvi Oʻzbekiston, Toshkent
Sayt historymuseum.uz

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi – Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining yirik ilmiy tekshirish va madaniy-maʼrifiy muassasalaridan biri. 1876-yilda Toshkent muzeyi nomida tashkil etilgan. 1883-yil Turkiston ommaviy kutubxonasi bilan birlashtirildi. Etnografiya, arxeologiya, numizmatika, harbiy tarix boʻlimlari boʻlgan (1903). 1918-yil Turkiston oʻlka xalq muzeyiga, 1922-yildan Turkiston Bosh muzeyiga, 1925-yildan Oʻrta Osiyo Bosh muzeyiga aylantirildi. 1943-yildan Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb nomlangan. 1969—92-yillar Oybek nomidagi Oʻzbekiston xalqlari tarixi muzeyi deb atalgan. 1992-yil 21-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 203-sonli qaroriga muvofiq, bir necha muzeylarni birlashtirish asosida hozirgi nomi bilan qayta tashkil etildi.

Muzey Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Davlat Tabiat muzeyi singari Markaziy Osiyo va Toshkentdagi eng qadimiy muzey hisoblanadi. U avval Turkiston xalq muzeyi deb nomlangan.

Muzey koʻrgazmasining tavsifi

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi binosi

Muzey koʻrgazmasida Oʻrta Osiyoda oʻtmishda yashab oʻtgan xalqlarning tosh davridan to hozirgi kungacha boʻlgan tarixiy taraqqiyotini kuzatish imkonini beruvchi ashyolar taqdim etilgan.

Muzey Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo xalqlarining moddiy va maʼnaviy obidalarini saqlash va oʻrganish boʻicha mamlakatda yirik ilmiy tekshirish markazi hisoblanadi. Hozirgi kunda uning zaxirasida 250 mingga yaqin tarixiy, sanʼat va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori atiqalar saqlanadi. Buning 60 mingdan ortigʻini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortigʻini etnografik yodgorliklari tashkil etadi. Unda mahalliy oʻlkashunoslar, oʻtmish bilan qiziquvchi havaskorlardan toʻplangan oʻlka tarixiga oid numizmatika, arxeologiya, uy-roʻzgʻor buyumlari va fotosuratlardan iborat kolleksiyalar ham mavjud.

Arxeologiya fondida arxeologik yodgorliklardan topilgan ashyolar, devoriy tasvirlar, uyroʻzgʻor buyumlari, mehnat qurollari, qadimiy yozuvlar tasvirlangan ashyolar va boshqalar buyumlar saqlanadi. Muzey eksponatlari orasida Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida olib borilgan qazishmalarda arxeologlar tomonidan topilgan hayvon haykalchalari bilan bezatilgan yirik bronza sak qozoni miloddan avvalgi IVV asrlarga va Budda haykali eramizning I asriga oid ekanligini taʼkidlash lozim[1].

Muzeyda qadimiy kulolchilik va toʻqimachilik buyumlari namunalarining yaxshi toʻplami, koʻplab qadimiy tangalar, shuningdek, tarixiy hujjatlar va sanʼat asarlari kolleksiyalari mavjud. Muzeyning arxeologik, etnografik va numizmatik kolleksiyalari koʻplab tarixchi va arxeologlar nuqtai nazaridan noyobdir.

Oʻzbekiston hududidan topilgan muzey eksponatlari, shuningdek, uning fondlarida saqlanayotgan nodir arxiv materiallari, qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlar va fotomateriallar muzeyga tashrif buyuruvchilarga nafaqat Sharq sivilizatsiyasining eng qadimiy markazlaridan biri boʻlmish Markaziy Osiyoni, balki oʻzbek xalqi va hozirgi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa xalqlar tarixining eng muhim bosqichlari bilan tanishishimkonini beradi.

Muzeyda temuriylar davriga oid eksponatlar ushbu hududda yashagan xalqlarning oʻrta asr sivilizatsiyasining gullab-yashnashi, ilm-fan va sheʼriyat, sanʼatdagi yutuqlarini toʻliq namoyish etish imkonini beruvchi eksponatlar shubhasiz qiziqish uygʻotadi.

Numizmatika fondida esa eng qadimiy davrlardan to shu kungacha zarb etilgan oltin, kumush, mis tangalar, pullar, oltin va kumush medallar va podsho sulolalarining muhrlari jamlangan.

Muzeydagi etnografiya fondi esa nihoyatda qimmatli buyumlardan iborat boʻlib, xalqimizning uyanjomlari, kiyimkechaklari, zargarlik buyumlari, xalq hunarmandchiligining hamma sohasiga oid ish qurollari va mahsulotlaridan namunalar – har bir etn. hududning oʻziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shulardan 10 mingdan ortigʻi oʻzbek xalqining ijtimoiy hayotiga oid boʻlsa, 6 mingi Oʻzbekiston hududida yashovchi boshqa millatlarga taalluqlidir.

Muzeyning yangi ekspozitsiyasi Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qoʻshgan hissasini, shu bilan birga Oʻzbekiston hududidagi tarixiymadaniy jarayonlarning eng qadimiy davrlardan boshlab hozirga qadar boʻlgan taraqqiyotini oʻzida aks ettirgan[2].

Yunon-Baqtriya, Kushon, Koʻhna Xorazm, Naxshab, Buxoro va Chochda zarb qilingan tangalar alohida diqqatga sazovor. Bu tangalarda mahalliy hukmdorlarning qiyofasi, boshqalarida esa qabila belgilari yoki tamgʻalari zarb qilingan. Muzey ekspozitsiyasida Oʻrta Osiyoda hukmronlik qilgan, somoniylar, qoraxoniylar, temuriylar, Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklariga mansub tangalar namoyish etilgan.

Muzey arxiv va kutubxonaga ega. Muzey faoliyati davomida olimlar tomonidan ilmiy asarlar, ilmiy va ommabop kitoblar, albom, buklet va turli koʻrsatkichlar hamda maktab oʻquvchilari va talabalar tarbiyasi uchun ilmiy-metodik qoʻllanmalar nashr etib kelgan. Ular orasida keyingi yillarda nashr etilgan „Temuriylar sulolasining tangalari“ (1996), „Katalog metallicheskix i keramicheskix izdeliy Uzbekistana XVI–XIX vv“ (2000), „Oʻzbek milliy kiyimlari“ (2002), „Fargʻona vodiysidagi milliy ozodlik kurashlari“ (2003); „Toshkentning yangi shahar qismi tarixi“ (2004) kabi nashrlar bor.

Muzeyda 4 ta fan doktori va 4 ta fan nomzodi faoliyat olib borgan. 2003-yil aprelda muzey qoshida ilmiy-metodik kengash tashkil qilingan.

Muzey 1964-yildan 1887-yilgacha qurilgan sobiq Turkiston davlat palatasi binosida faoliyat yurgizgan. 1992-yil aprel dan sobiq Lenin muzeyi binosiga koʻchib oʻtdi. Mazkur bino (1970, meʼmori Y. Rozanov, V. Shestopalov va boshqalar) shahrining markazida Sharof Rashidov koʻchasida joylashgan. Bino murabba tarhli, 20 ta zal (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,2 ming kv.m), maʼruzalar (500 kv.m) hamda konferensiya (170 kv.m) zallari, ustaxonalar, fond, ish xonalaridan iborat. Anʼanaviy panjara uslubida ishlangan quyosh nuridan saqlovchi toʻsiqlar oddiy geometrik shakldagi binoga jozibadorlik baxsh etgan. Keng yoʻlka (pandus) bino oldi maydoniga olib borib, 2 qavat vestibyuli bilan bogʻlanadi. Bino 1999–2003-yillarda qayta taʼmirlandi (meʼmor R.Iskandarov va boshqalar), ichki tuzilishi oʻzgartirildi, yangi dizaynda zamonaviy texnika bilan jihozlandi. Ustaxonalar, fond hamda xodimlarning ish xonalari 1-qavatda joylashgan. Bino interyeri milliy anʼanalarda (ganchkorlik – M. Usmonov va boshqalar, yogʻoch oʻymakorligi – K.Haydarov va boshqalar) ziynatlangan, taʼmirlash davrida mahobatli devoriy rasmlar (rassom A. Ikromjonov, A. Aliqulov) bilan bezatilgan[3].

Muzey va muzey kolleksiyasi tarixi

Oʻzbekiston Davlat tarixi muzeyi 1876-yil 12-iyulda Turkiston xalq muzeyi sifatida tashkil etilgan. Muzey 1876-yilda Toshkentda Moskva tabiatshunoslik, antropologiya va tabiatshunoslik ixlosmandlar jamiyatining Turkiston boʻlimi aʼzolari boʻlmish, rus olimlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Muzey yaratilganidan beri qisqa vaqt ichida nafaqat asosiy koʻrgazmasini, balki bir qator xalqaro koʻrgazmalarni tayyorlashga ham muvaffaq boʻlgan. Parijda (1900-yilda) va Milanda (1906 yilda) bir qator xalqaro koʻrgazmalar tashkil etgan. Oʻzbekiston Davlat tarixi muzeyi Samarqand (1896) va Fargʻonada (1899) muzeylarining ochilishiga ham hissa qoʻshgan.

1919-yil fevral oyidan boshlab muzey Turkiston davlat muzeyi va keyinchalik Oʻrta Osiyo bosh muzeyi nomini oldi.

XX asr davomida muzey oʻz nomini va joyini bir necha bor oʻzgartirdi. Hozirda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Toshkentda 1970-yilda Lenin muzeyi uchun maxsus qurilgan Rashidov koʻchasidagi[4] binoda joylashgan[5].

Kitob-albomlar

2019-yilda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashi raisi Baxtiyor Fozilov, Ilmiy kengash raisi Edvard Rtveladze hamda Butunjahon jamiyati boshqaruvi va „Oʻzbekiston madaniy merosi“ xalqaro loyihasi rahbari Firdavs Abduxoliqov muzey direktori Jannat Ismoilova bilan birgalikda va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yoʻldoshev koʻmagida „Oʻzbekistonning madaniy merosi“ loyihasini tayyorlash va nashr etishga qaror qilindi. Toʻplam Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi kolleksiyasiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida“ turkumidan edi (mos ravishda XXVI va XXVII jildlar). Kitob mualliflari Abduxoliqov va Ismoilovadan tashqari muzey xodimlari va oʻzbekistonlik olimlar, jumladan Otabek Aripjanov, Vazgen Minasyants, Alfiya Musakayeva va Larisa Levteyevalar edi.

  • Birinchi jild arxeologiya va numizmatikaga bagʻishlangan. Xronologik jihatdan albomda taqdim etilgan arxeologik artefaktlar toʻplami ilk paleolit ​​davridan (miloddan avvalgi 1,5 million yil) XV asrgacha boʻlgan davrlarni qamrab oladi. Eksponatlar orasida noyob asbob-uskunalar, bronza va temir quyish buyumlari, shisha va yogʻochdan yasalgan buyumlar, Afrosiyob, Koʻktepa , Xolchayon va Dalverzintepa, Termiz aholi punktlaridan olingan kulolchilik buyumlari, tosh, loy va ganch haykaltaroshlik namunalari, devor rasmlari kabilar oʻrin olgan. Fayoztepa va Qoratepa budda ibodatxonalari ham shular jumlasidan. Fondning numizmatik kolleksiyasi Oʻrta Osiyoning qadimgi va ilk oʻrta asrlardagi deyarli barcha davlat tuzilmalarining tangalari bilan ifodalangan. Xronologik jihatdan ularning muomalasi antik davr va ilk oʻrta asrlardan to hozirgi kungacha boʻlgan davrni qamrab oladi. Ular orasida Somoniylar, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Chagʻatoylar, Temuriylar, Shayboniylar sulolalari zarbxonalari, shuningdek, keyingi sulolalar Ashtarxoniylar tangalari va uchta xonlik davridagi: Qoʻqon, Buxoro, Xiva xazinalari bor[6].
  • Ikkinchi jild muzeyning etnografik kolleksiyasiga bagʻishlangan boʻlib, xususan, kulolchilik, chinni va sopol buyumlar, ovchilar va zargarlik sanʼati buyumlari, shuningdek, kashtachilik, matolar, milliy liboslar namoyish etilgan[7].

Ikkala kitob-albom ham 2019-yil avgust oyida Toshkentda „O‘zbekiston buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi“ madaniy meros haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining III Xalqaro kongressida taqdim etilgan[8].

Mukofotlari

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyiga 1977-yilda „Hurmat Belgisi“ ordeni taqdim etilgan.

Galereya

Yana q.

Manbalar

  1. Society. „СОБРАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО МУЗЕЯ ИСТОРИИ УЗБЕКИСТАНА (ЧАСТЬ 1)“ (ru). Society. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  2. „Ведомости Верховного Совета СССР. – М.: Издание Верховного Совета СССР, 1977. – № 1 (5 января). – 16 с. – [Статьи 1 – 33].“. 2022-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-dekabr.
  3. Society. „СОБРАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО МУЗЕЯ ИСТОРИИ УЗБЕКИСТАНА (ЧАСТЬ 2)“ (ru). Society. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  4. До 1991 года этот проспект носил название Проспект Ленина.
  5. Музей Ленина в Ташкенте был закрыт после 1991 года.
  6. Society. „СОБРАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО МУЗЕЯ ИСТОРИИ УЗБЕКИСТАНА (ЧАСТЬ 1)“ (ru). Society. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  7. Society. „СОБРАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННОГО МУЗЕЯ ИСТОРИИ УЗБЕКИСТАНА (ЧАСТЬ 2)“ (ru). Society. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.
  8. „Третий международный Конгресс Всемирного общества по сохранению, изучению и популяризации культурного наследия Узбекистана – Узбекистан на Великом шелковом пути“ (ru-RU). 2023-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-may.