Oʻzmaxsusmontajqurilish
„Oʻzmaxsusmontajqurilish“ AJ – respublika boʻylab maxsus qurilish, montaj va qurilish ishlarini bajarish hamda import oʻrnini bosuvchi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniya[1].
Turi | Aksiyadorlik jamiyati |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2014-yil |
Joylashuvi | Oʻzbekiston, Toshkent, Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 25-uy |
Rahbariyat | Shodiyev Aʼzamjon |
Sanoat | Qurilish |
Xodimlar soni | ▼ 15 |
Vebsayti | new.uzmontaj.uz |
Til(lar)i | oʻzbek, rus |
„Oʻzmaxsusmontajqurilish“ AJ faoliyati doirasida qarib 77 ta tashkilot va korxonalar faoliyat koʻrsatadi. Shundan 62 tasi maxsus qurilish va montaj ishlariga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlari boʻlib, qolgan jami 15 tasi sanoat korxonalarini tashkil etadi.
2022-yilning 30-noyabriga holatiga koʻra „Oʻzmaxsusmontajqurilish“ aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi 39,169 mlrd soʻmni tashkil etadi[2].
Kompaniyaning yirik va mashhur korxonalaridan biri boʻlgan „V. L. Galperin nomidagi Toshkent quvur zavodi“ MCHJ QK Galperin Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib API-Sp.5L standartidagi spiral poʻlat quvurlarni keng miqyosli Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni boshlagan.
Kompaniya tarkibiga kommunal sohalar va qurilish, shuningdek, energetika, gaz, neft-kimyo va boshqa sohalar uchun 190 dan ortiq turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan qariyb 17 ta sanoat korxonalari kiradi.
„Oʻzmaxsusmontajqurilish“ AJ qoshidagi „Xodmaks“ malaka oshirish va xodimlarni rivojlantirish oʻquv markazida, kompaniya korxonalari va tashkilotlari uchun, iqtisodchilar, payvandchilar, marketing xizmatlari mutaxassislari,montajchilar, ishlab chiqarish-texnik boʻlimi mutaxassislari, investitsiyalarni jalb qilish sohasidagi mutaxassislar, hisobchilar va yuridik mutaxassislar tayyorlanadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi raisi oʻrinbosari – Yunusov Jahongir, „Oʻzmaxsusmontajqurilish“ AKning yagona aktsiyadori hisoblanadi[3][4][5].
Tarixi
tahrir„Oʻzmaxsusmontajqurilish“ AJ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 27-fevraldagi „Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-2136 – sonli qarori asosida tashkil etilgan[6]. Kompaniya 1965-1992–yillarda faoliyat koʻrsatgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi va 1992 – 2014 – yillarda faoliyat koʻrsatgan „Oʻzmontajmaxsusqurilish“ uyushmasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
2014-2023-yillarda sanoat sohasida Kompaniyaning tarkibiga kiruvchi sanoat korxonalari tomonidan jami 18,5 trln soʻmdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilgan. 2014-yilda jami 624 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqilgan boʻlsa, oʻtgan 2023–yilda bu koʻrsatkich 2014–yilga nisbatan 5,3–martaga oshdi va 3 trln 326 mlrd soʻmni tashkil etdi.
Kompaniya tarkibidagi montaj va maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan 2014-2021-yillarda 2 trln 900 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Shundan, 2023-yilda 407 mlrd. soʻmlik ishlar bajarilib, oʻtgan yilga nisbatan 105,4 foizni tashkil etgan.
AJ tizmiga kiruvchi tashkilotlar
tahrir- „Toshkent maxsus montaj mexanizasiya“ MCHJ;
- „Toshmetroqurilish“ MCHJ;
- „Jizzax montaj maxsus qurilish“ MCHJ.
Rahbariyat
tahrir- Shodiyev Aʼzamjon Xoshimovich – Boshqaruv raisi;
- Asadullayev Baxtiyor Xamidullayevich – Boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari;
- Shoymardanov Ilhom Pardayevich – Boshqaruv raisi oʻrinbosari;
- Azizov Ulugʻbek Ibrohimovich – boʻlim boshligʻi.
Manbalar
tahrir- ↑ „“OʻZMAXSUSMONTAJQURILISH” AKSIYADORLIK KOMPANIYASI“. uzmontaj.uz. "O'zmaxsusmontajqurilish". Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „“O’zmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga doir ichki hujjatlar to’plami“. uzmontaj.uz. "O'zmaxsusmontajqurilish" Aksiyadorlik jamiyati. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Jahongir Yunusov Davlat raqobat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinladi“. Daryo.uz. Daryouz. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Prezident raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinladi“. kun.uz. kun.uz. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „Президент Узбекистана назначил заместителя председателя Госкомконкуренции“. uzdaily.uz. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.
- ↑ „O‘ZBEKISTON MONTAJ VA MAXSUS QURILISH ISHLARI UYUSHMASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA“. kun.uz. Adolat. Qaraldi: 7-iyun 2024-yil.