OTP Bank Group (yoki OTP guruhi) Vengriyaning eng yirik tijorat banki va Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi eng yirik mustaqil moliya muassasalaridan biri boʻlib, jismoniy va yuridik mijozlar uchun bank xizmatlari koʻrsatadi. OTP guruhi sugʻurta, koʻchmas mulk, faktoring, lizing va aktivlarni boshqarish, investitsiya va pensiya jamgʻarmalari kabi sohalardagi shoʻba korxonalarni oʻz ichiga oladi. Bank Vengriyadan tashqari o'zining sho'ba banklari orqali 11 mamlakatda, xususan Albaniya (Banka OTP Albania SHA), Bolgariya (DSK Bank), Moldova (OTP Bank S.A.), Rossiya (OTP Bank OAJ), Ruminiya (OTP Bank Romania), Serbiya (OTP Banka Srbija), Sloveniya (Nova KBM d.d. va SKB d.d.), Ukraina (OTP Bank AJ), Xorvatiya (OTP banka d.d.), Oʻzbekiston (Ipoteka bank ATIB) va Chernogoriyada (Crnogorska komercijalna banka) mavjud[2].

OTP Bank Nyrt.
Turi Ochiq aksiyadorlik jamiyati
Tarmogʻi Bank ishi, Moliyaviy xizmatlari
Qachon asos solingan 1949
Hududiy xizmati Markaziy va Sharqiy Yevropa
Rahbariyat Sándor Csányi
(Kuzatuv kengashi raisi & Boshqaruv raisi)
Mahsulot(lar)i Isteʼmol bank ishi, Korporativ bank ishi, Kredit kartalari, Moliya va sugʻurta, valyuta ayirboshlash, Investitsiya bank ishi, Ipoteka kreditlari, Xususiy kapital, Xususiy kapitalni boshqarish
Aylanma daromadi HUF 624.7 milliard (2018)[1]
Operatsion foydasi HUF 352.2 milliard (2018)[1]
Boyligi HUF 14,590.3 milliard (2018)[1]
Ishchilar soni 41 128 (2018)[1]
Shoʻba korxonalari DSK Bank, Crnogorska Komercijalna banka, OTP guruhi boʻlimida toʻliq roʻyxatga qarang
Vebsayti otpbank.com

2018-yil holatiga koʻra, OTP guruhining 36 000 dan ortiq xodimlari, 13 milliondan ortiq mijozlari hamda 1 500 dan koʻproq bank ofislari mavjud[3]. OTP oʻzining 25 foizlik bozor ulushi bilan hamon eng yirik venger tijorat banki sanaladi[4].

OTP Group oʻz faoliyatini 1949-yilda OTP Bank davlat jamgʻarma va tijorat banki sifatida tashkil etilgan paytda boshlagan. OTP qisqartmasi Országos Takarék Pénztár (soʻzma-soʻz'Milliy jamgʻarma banki'), bu bankni tashkil etishning asl maqsadini koʻrsatadi. 1995-yilda bankni xususiylashtirish jarayoni boshlandi va davlatning bank kapitalidagi ulushi bitta imtiyozli oltin aksiyagacha qisqardi va koʻp oʻtmay u ham bekor qilindi. Hozirgi vaqtda banklar aksiyalarining katta qismi xususiy va institutsional investorlarga tegishli boʻlib, bu kompaniyaning barqaror egalik tuzilmasini taʼminlaydi. OTP aksiyalarining 68,61%ini erkin suzuvchi aksiyalar tashkil qiladi. Qolgan aksiyalar Megdet Rahimqulov (8,88%), Vengriyaning MOL shirkati (8,57%), Groupama fransuz sugʻurta shirkati (8,3%) va Amerikaning Lazard shirkati (5,64%) ga tegishli[5].

Tarixi

tahrir

OTP Bank 1949-yilda tashkil etilgan[6]. OTP Bankning ilk oʻtmishdoshi 1839-yilda tashkil etilgan Pesti Hazai Első Takarékpénztár edi. OTP Bankning Milliy jamgʻarma banki (OTP Bank) deb nomlangan oʻtmishdoshi 1949-yilda chakana depozitlar va kreditlar bilan taʼminlovchi umummilliy, davlat mulki boʻlgan bank tashkiloti sifatida tashkil etilgan. 1987-yilgacha Milliy jamgʻarma banki chakana bank xizmatlari koʻrsatuvchi yagona bank edi[7]. 1989-yildan beri bank koʻp funksiyali tijorat banki sifatida faoliyat yuritib, banklarga tijorat kreditlari va bank xizmatlarini koʻrsatish hamda import-eksport operatsiyalarini amalga oshirish huquqiga ega[8].

1990-yilda Milliy jamgʻarma banki 23 milliard forint ustav kapitali bilan aksiyadorlik jamiyati shaklida qaytadan tashkil etildi. Uning nomi Milliy jamgʻarma va tijorat bankiga oʻzgartirildi. Keyinchalik bankdan tashqari faoliyat yurituvchi tashkiliy boʻlinmalar bilan birga bank tarkibidan ajratildi. Davlat lotereyasi alohida davlat kompaniyasiga aylantirildi va „OTP Real Estate“ bankning shoʻba korxonasi sifatida tashkil etildi[manba kerak]

 
OTP Bank logotipi 1991-2007 yillarda foydalanilgan

OTP Bankni xususiylashtirish jarayoni 1995-yilda boshlandi. Budapesht fond birjasiga bank aksiyalarining 3 marta ommaviy taklifi amalga oshirilishi natijasida bankdagi davlat egaligi yagona ovoz beruvchi imtiyozli (oltin) aksiyagacha qisqardi. Hozirgi vaqtda bank aksiyalarining asosiy qismi erkin sotuvda boʻlib, ularning jami ulushi 68,61 foizni tashkil qiladi. 

Oʻzining xususiylashtirish jarayonini amalga oshirgandan soʻng, OTP Bank Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga qaratilgan xalqaro kengayishini boshladi. Bank soʻnggi yillarda bir nechta qoʻshib olishlarni amalga oshirdi. Vengriyadan tashqari, OTP Group hozirda mintaqaning 8 ta davlatida oʻzining filiallari orqali xizmat koʻrsatadi: Bolgariyada (DSK Bank), Xorvatiyada (OTP banka Hrvatska), Ruminiyada (OTP Bank Romania), Serbiyada (OTP Banka Srbija), Slovakiyada (OTP Banka Slovensko), Ukrainada (OTP Bank AJ), Chernogoriyada (Crnogorska komercijalna banka) va Rossiyada (OTP Bank OAJ). 2022-yil mart oyida Rossiya-Ukraina urushi davridagi xalqaro sanksiyalar tufayli OTP Bank Rossiya filialini moliyalashtirishni toʻxtatdi[9].

2008-yil OTP Bank tarixida muhim voqea boʻldi, chunki u ilk marotaba oʻzining shoʻba korxonalaridan birini sotishga erishdi. Fransiyaning Groupama SA shirkati oʻzining sugʻurta biznes yoʻnalishini sotib oldi va bitimning bir qismini strategik nuqtalarda hamkorlik qilish va moliyaviy va sugʻurta mahsulotlarini sotishga qaror qildi. Groupama SA OTP Group aksiyalarining 8 foizini sotib oldi.

2014-yil aprel oyida OTP Bank mahalliy MKB Bankni Germaniyaning BayernLB firmasidan sotib olish boʻyicha kelishuvga yaqin ekanligi eʼlon qilindi[10]. Fransiyaning Axa Bank Europe banki 2016-yil fevral oyida Vengriyadagi oʻrtacha darajadagi bank hisoblangan oʻzining bank operatsiyalari amalga oshiruvchi filialini sotish boʻyicha shartnoma tuzganini eʼlon qildi[11].

2019-yilda OTP Bank Moldovaning MobiasBanca kompaniyasini sotib olish boʻyicha shartnoma tuzdi. Shartnoma 2019-yil 25-iyulda yakunlandi[12].

2022-yil 12-dekabr kuni Toshkent shahrida OTP Bank Oʻzbekiston hukumati bilan „Ipoteka bank“ aksiyadorlik-tijorat ipoteka bankining 75 foizini xususiylashtirish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi. Kelishuv 2023-yilning birinchi yarmida yakunlanishi rejalashtirilgan, bitim qiymati hali oshkor qilinmagan[13].

OTP guruhi

tahrir
 
Yashil rang bilan belgilangan OTP Bank faoliyat koʻrsatayotgan mamlakatlar xaritasi.
 
OTP xalqaro shtab-kvartirasi va Budapesht fond birjasi binosi

Bankda OTP guruhi deb nomlangan xalqaro tashkilot joylashgan. Guruhning bir nechta qismlari biznesning turli sohalarida faoliyat koʻrsatadi.

OTP Bank Nyrt. Universal bank
Merkantil Bank Ltd. Aholi kreditlar
Merkantil Car Ltd. Avto lizing
Merkantil Lease Ltd. Lizing
OTP Building Society Ltd. Jamgʻarma banki
OTP Mortgage Bank Ltd. Ipoteka banki
DSK Bank (Banka DSK) Universal Bank (Bolgariya)
OTP Bank Romania SA Tijorat banki (Ruminiya)
OTP Banka Hrvatska dd Split Tijorat banki (Xorvatiya)
OTP Banka Srbija a.d. Novi Sad Tijorat banki (Serbiya)
Crnogorska komercijalna bank ad Tijorat banki (Chernogoriya)
OTP Bank OAJ Ukraina Tijorat banki (Ukraina)
OTP Capital Aktivlarni boshqarish kompaniyasi (Ukraina)
OTP Bank OAJ Rossiya Tijorat banki (Rossiya)
MobiasBanca Tijorat banki (Moldova)
SKB banka d.d. Ljubljana Tijorat banki (Sloveniya)
OTP Bank Albania SHA Tijorat banki (Albaniya)
OTP Fund Management Ltd. Investitsiya fondi
OTP Real Estate Fund Management Ltd. Investitsiya fondi
Hungarian International Finance Ltd. Xalqaro moliyalashtirish
OTP Real Estate Ltd. Koʻchmas mulkni qurish va sotish
OTP Lakáslízing Ipoteka
OTP Faktoring Ltd. Faktoring, forfeiting
OTP Factoring Trustee Ltd. Koʻchmas mulkni baholash va sotish
OTP Pension Nodavlat Pensiya jamgʻarmasi (Ukraina)
OTP Health Fund Sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi
OTP Travel Ltd. Sayohat agentligi
OTP Életjáradék Zrt. Pensiya jamgʻarmasi

OTP Bankning Oʻzbekiston bozoriga kirishga urinishi

tahrir

2021-yilning 29-30-mart kunlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbán Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. 30-mart kuni tashrif yuzasidan tashkil qilingan oʻzbek-venger muzokaralaridan soʻng, prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston banklaridan birining xususiylashtirish jarayonida OTP Bank ishtirok etishi haqida gapirdi[14]. Oʻsha kuni OTP Bank Group vakillari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston iqtisodiy blokining bir qancha rahbarlari ishtirok etdi. Muzokaralarda Ipoteka-bank vakillarini ham qatnashdi[15].

2021-yilning 29-30-sentabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtgan iqtisodiy forumda oʻsha vaqtdagi Bosh vazir oʻrinbosari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikka qarshi kurashish vaziri Jamshid Qoʻchqorov 2021-yil oxiriga qadar Ipoteka-bankdagi davlat ulushining 75 foizi Vengriyaning OTP Bankiga sotilishini rasman maʼlum qildi[16].

Biroq, 2022-yil fevralda boshlangan Rossiyaning Ukrainadagi urushi tufayli venriyaliklar Ipoteka-bankdagi davlat ulushini sotib olishi kechikdi. Vengriya banki Oʻzbekiston hukumatidan urush bilan bogʻliq vaziyat aniqlashguncha 2-3 oyga kutib turishni soʻradi. 11-aprel kuni Bloomberg nashriga intervyu bergan OTP Group ijrochi direktori Shandor Chani OTP Ipoteka-bankni sotib olish borasidagi fikrlari qatʼiy ekanligini va tomonlar deyarli kelishuvga erishganini bildirdi[17].

2022-yil noyabr oyida OTP Bank moliyaviy direktori Laslo Benchik Ipoteka-bankni sotib olish boʻyicha muzokaralar qaytadan boshlanganini maʼlum qildi[18]. Oradan bir oy oʻtib, 12-dekabr kuni rasman Ipoteka-bankdagi 75 foiz davlat ulushi rasman Vengriyaning OTP-Bankiga sotildi. Bitimning moliyaviy yakuni 2023-yilning I yarim yilligida yakunlanishi kutilmoqda[19].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Financial Statements“. OTP Bank. 2019-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2019-yil.
  2. „OTP Group“. Qaraldi: 2024-yil 16-may.
  3. „OTP Bank - Magánszemélyek“. www.otpbank.hu. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
  4. „OTP Bank - Magánszemélyek“. www.otpbank.hu. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-aprel 2018-yil.
  5. „BSE - Company Profile“. 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2013-yil.
  6. „Dorsum implemented the Wealth Management Platform for OTP Romania“. Dorsum. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  7. „Company profile“ (inglizcha). Bet site. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  8. „OTP Bank - History“. www.otpbank.hu. Qaraldi: 24-iyul 2020-yil.
  9. „OTP Bank прекращает финансирование подразделения в России“ (ruscha). ТАСС (18-mart 2022-yil).
  10. „Hungary's biggest bank OTP nearing deal to buy MKB“. Reuters (8-aprel 2014-yil). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „OTP agrees to buy Axa's Hungarian banking unit“. IntelliNews (2016). 4-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Mobiasbanca – OTP Group S.A.| Prima bancă cu capital străin din Moldova. Cele mai accesibile credite, carduri. „Closing the financial transaction of the acquisition in Moldova“. Press-reliz.
  13. „Венгерский OTP Bank приобретает «Ипотека-банк»“. uz.kursiv.media (12-dekabr 2022-yil).
  14. „Ўзбекистон-Венгрия музокараларидан сўнг икки томонлама ҳужжатларни имзолаш маросими“. Prezident matbuot xizmati YouTube sahifasi (30-mart 2021-yil). Qaraldi: 10-may 2023-yil.
  15. „"OTP Bank Group" вакиллари билан учрашув“. Bankers.uz. Bankers.uz. Qaraldi: 10-may 2023-yil.
  16. Dilshodov, Mirzaolim. „Йил якунига қадар Ипотека банк капиталидаги 75 фоиз улуш Венгриянинг OTP-Bank'ига сотилади“. Bankers.uz. Bankers.uz. Qaraldi: 10-may 2023-yil.
  17. Bratanic, Jan. „OTP Bank Delays Uzbekistan Deal on Russia-Ukraine War Fallout“. Bloomberg. Bloomberg. Bloomberg (11-aprel 2022-yil). Qaraldi: 10-may 2023-yil.
  18. Dilshodov, Mirzaolim. „OTP-Bank Ипотека банкни сотиб олиш бўйича музокараларни қайта бошлади“. Bankers.uz (14-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 10-may 2023-yil.
  19. „«Ипотека-банк»даги давлат улушининг 75 фоизи ОТP Bank’га сотилди“. Gazeta.uz. Gazeta.uz. Gazeta.uz (12-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 10-may 2023-yil.

Havolalar

tahrir