Oleg Aleksandrovich Shatskix (1974-yil 15-oktyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek futbolchisi, hujumchi[1]. U 1996-yildan 1997-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan, Kiyevning „Dinamo“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi – Maksim Shatskixning akasi.

Oleg Shatskix
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Oleg Aleksandrovich Shatskix
Tavallud sanasi 15-oktyabr 1974-yil (1974-10-15) (50 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1992 Oʻzbekiston Paxtakor 2 (2)
1992—1995 Oʻzbekiston Siyosiy boʻlim 49 (46)
1995—1997 Oʻzbekiston Navbahor 64 (57)
1998 Oʻzbekiston Doʻstlik 3 (3)
1999—2001 Oʻzbekiston Samarqand-Dinamo 2 (1)
2003 Oʻzbekiston Doʻstlik 13 (0)
Total 133 (109)
Milliy terma jamoa
1996—1997 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 11 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klubdagi faoliyati

tahrir

Oleg Shatskix futbolchilik faoliyatini 1992-yili Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlagan. Asosiy tarkibda bor yoʻgʻi ikki oʻyin oʻtkazgan, shundan soʻng, u Oʻzbekiston chempionati Birinchi ligasida ishtirok etuvchi Toshkent viloyatining „Politotdel“ klubiga transfer boʻlgan.

Jamoadagi debyut yilida u 25 ta gol bilan mavsumning eng yaxshi toʻpuraridan biri boʻlgan va klubining oliy ligaga chiqishiga katta yordam yordam berdi. 1993-yilda Oleg Shatskix 17 ta goli bilan chempionat toʻpurari sovrini uchun bahsda ikkin oʻrin egallagan, 1994-yilda esa, raqib darvozasiga 19 ta gol urib, bu muvaffaqiyatni yana takrorladi.

1995-yili Namanganning „Navbahor“ jamoasi oʻtadi. Mavsum davomida yuqori natijalarni qayd etadi, yil yakunida 26 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatining toʻpurariga aylanadi. „Navbahor“ esa Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylanadi va chempionatning bronza medallarini qoʻlga kiritdi. 1996-yilda „Navbahor“ Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritadi, Oleg esa Jafar Irismetov bilan toʻpurarlar hisobni boʻlishishga muvaffaq boʻladi, natijada har ikkisining hisobiga 23 tadan gol yozib qoʻyiladi..

1997-yil oxirida Oleg Shatskix oʻyinda jiddiy jarohat oldi[2]. Shundan soʻng u hech qachon bu jarohat oqibatlaridan toʻliq qutula olmadi. 2003-yilda u professional futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

Terma jamoadagi faoliyati

tahrir

Shatskix Oʻzbekiston terma jamoasi safida 11 ta oʻyin oʻtkazib, 9 ta gol urgan[3]. 1996-yili Osiyo Kubogi oʻyinlarida toʻp surgan. 1997-yilda terma jamoa fasida oʻynab ketma-ket oltita oʻyinda sakkizta gol urgan. Bu yuqori koʻrsatkich boʻyicha u terma jamoa chempioni boʻldi[4].

Yutuqlar

tahrir
  • Oʻzbekiston chempioni: 1996-yil
  • Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori (2): 1995, 1997
  • Oʻzbekiston chempionatining eng yaxshi toʻpurari (2): 1995, 1996
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1995-yil
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 1995-yil

Manbalar

tahrir
  1. Statistika igrokov sbornoy Uzbekistana (ingl.) // rsssf.com, 23-aprelya 2008
  2. Дмитрий Роговицкий. „«В «Спартаке» не понравилось» Интервью нападающего киевского «Арсенала» Максима Шацких“ (ruscha). gazeta.ru (2013-yil 8-oktyabr).
  3. „Олег Шацких, статистика выступлении за сборную Узбекистана“ (oʻzbekcha). Uzfootball.uz. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Рекорды“ (uz). Uzfootball.uz. 2013-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir