Oleshki qumliklari
Олешківські піски?
MamlakatUkraina Ukraina
regionXerson viloyati
typeQumli choʻl
Maydoni1 612 km²
Oleshki qumliklari (Ukraina)
MamlakatUkraina Ukraina

Oleshki qumliklari (ukraincha: Олешківські піски) Ukrainadagi mashhurchoʻllardan biri[1]. U Qora dengizning Ukraina qirgʻogʻi ichki tomonida joylashgan boʻlib, balandligi besh metrgacha boʻlgan qumtepalar yoki kuchuhurlardan (mahalliy nomi) iborat. Qumloq tuproq zonasida oʻsimlik dunyosi juda siyrak.

Kelib chiqishi

tahrir

Qumlar eng soʻnggi muzlik davrida Aeolian jarayonlarining sodir boʻlishi va yaqin atrofdagi Dnepr daryosining pastki qismlarida qoyalarning shakllanishi natijasida hosil boʻlgan deb taxmin qilinadi. Taxminlarga koʻra, oʻsimliklar miqdori ilgari begona oʻtlardan tarkib topgan va qumliklar yaylov sifatida ishlatilgan. Keyinchalik zonaga Eduard fon Falz-Fein tomonidan kiritilgan qoʻy podalari hisobiga kamayib ketgan.

Geografiyasi

tahrir

Oleshki choʻli Xerson viloyati, Xerson tumanida, Xersonning sharqidan 30 km (~20 mil) uzoqlikda joylashgan. XVIII asr oxirida Qrim xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan qoʻshib olinishidan avval hudud koʻchmanchi Noʻgʻay Oʻrdalariga, xususan Jambuilut Oʻrdasiga tegishli edi. Hudud haqida batafsil tarixiy maʼlumotlar saqlanib qolgan.

Eng yaqin aholi punkti yetti kilometr uzoqlikda joylashgan (~4,5 mil). Sovet davrida qumliklar Varshava shartnomasi ittifoqi uchuvchilari uchun havo kuchlarining bombardimon poligoni sifatida qoʻllangan. Bugungi kunga qadar qumliklar orasidan haligacha portlamagan oʻq-dorilarni topish mumkin.

Atrof-muhit

tahrir

Harorati va yogʻingarchilik miqdori tufayli bu qumliklar baʼzan yarim choʻl zonasi sifatida tasniflanadi. Oleshki qumlari 15 km (~10 mil) maydonni tashkil etgan va insonlar tomonidan bunyod etilgan, qumtepalarning harakatlanishini oldini olish uchun ekilgan juda zich oʻrmon qoplamasiga ega. Zichligi tufayli oʻrmon yongʻinlari tez-tez kuzatiladi. Nisbatan kichik qumli dasht boʻlsa-da, Oleshki qumlarida vaqti-vaqti bilan qum boʻronlari ham kuzatiladi[2]. Ular mintaqadagi qumning turiga qarab paydo boʻladi, chunki u juda nozik qum zarralaridan va kuchli shamol oqibatida hosil boʻladi. Qum boʻronlarining intensivligi ancha zaif. Oleshki qumlarida chuqurligi 30-40 m (~100 fut) boʻlgan, mahalliy muhitning muhim qismini tashkil etuvchi yer osti koʻli mavjud. 

Galereya

tahrir
Oleshki qumliklari va undagi insonlar tomonidan barpo etilgan oʻrmonlar

Manbalar

tahrir
  1. Sometimes Oleshky Sands are declared the largest desert (or sands) in Europe, but the largest sandy desert in Europe is Ryn Desert (40,000 km²), it is 20 times larger
  2. Blogsite (Wayback Machine saytida 2-yanvar 2014-yil sanasida arxivlangan)(ruscha)

Havolalar

tahrir

46°35′00″N 33°03′00″E / 46.58333°N 33.05000°E / 46.58333; 33.05000