Olimpiya shon-shuhrati muzeyi — Toshkent shahrida joylashgan Oʻzbekistonda olimpiada harakati va sport yutuqlarini targib qiluvchi markaz.

Tarixi

tahrir

1996-yil 1-sentabrda Toshkentda ochilgan. Osiyo qitʼasida birinchi tashkil qilingan olimpiya muzeyi. Ochilishida Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi(XOQ)ning Prezidenti X.A.Samaranch ishtirok etgan. Muzeyning vazifasi: olimpiya gʻoyalarini targʻib qilish bilan birga respublikada jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy oʻyinlarini yuksaltirish, shuningdek, Oʻzbekiston sportchilarining jahon miqyosidagi nufuzini mustahkamlash ishiga koʻmaklashish.

Muzey tuzilishi

tahrir

Muzeyda 11 mingdan ziyod eksponatlar mavjud jumladan turli buyumlar, ashyolar, rasmlar, yorlikdar va musobaqalarning gʻoliblariga berilgan kuboklar, medallar, nishonlar mavjud. Ular AQSH, Ispaniya, Shveysariya va boshqa xorijiy davlatlardan olib kelingan. Muzeyning 1-qavatida noyob eksponatlar joylashtirilgan. Prezident I. Karimovning muzeyga sovgʻalari ham bor. Bular xalkaro sportni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston Prezidentiga XOQ Prezidenti top-shirgan Olimpiada oltin ordeni, Osiyo Olimpiada Kengashining Olimpiada oltin ordenidir. Shuningdek, bu yerda Xalqaro havaskorlar kurash federatsiyasining "Oltin marjoni", professional boks boʻyicha 16 karra jahon chempioni A. Grigoryannint chempionlik oltin kamari, gulchambari va medallari, olimpiada oʻyinlari vaqtida tayyorlangan turli medallar va ni-shonlar bor. Muzeyning 2-qavatida Olimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan yillar xronologik tarzda berilgan boʻlib, ularda ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilarning kiyimlari, asbob-anjomlari, suratlari, mukofotlari bilan tanishish mumkin. Oʻzbekiston mustaqilligi yillarida sportchilari-mizning jahon, Yevropa birinchiliklari, Osiyo, Markaziy Osiyo oʻyinlari, Toshkent va xorijiy mamlakatlarda oʻtkazilayotgan turli xalqaro turnirlarda erishgan yutuqlari, qoʻlga kiritgan sovrinlari muzey eksponatlarining asosini tashkil etadi. Amaldagi ekspozitsiyalar muntazam yangi ek-sponatlar bilan toʻldirib turiladi. Muzey vidiokassetasi tasmalariga eng qiziqarli musobaqalar tasviri yozilgan. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi-shahrim.da Oʻzbekistonda jismo-niy tarbiya va sport tarixiga oid huj-jatlar fondi yaratilgan. Bu yerda muhim sport tadbirlari oʻtkazilib turiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil