Oltingugurt rudalari
Oltingugurt rudalari - tarkibidagi sof oltingugurt konsentratsiyasi texnik va iqtisodiy jihatdan ajratib olish foydali boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Oltingugurt rudalari uni oʻz ichiga olgan togʻ jinslariga qarab ajratiladi. Oltingugurt rudalarini tashkil qiluvchi asosiy mi-nerallar: sof oltingugurt, kalsit, dolomit, gips, angidrit, selestin, kvars, xalsedon, opal, gilli minerallar, pirit, alunit. Tarkibida oltingugurt 25%dan ortiqboʻlsa boy, 10— 25% — oʻrtacha, 5—10% — kambagʻal ruda hisoblanadi. Birga uchraydigan foydali komponentlari (oltingugurtdan tashqari) — ohaktoshlar (flotatsiya chiqindilari tuproqni ohaklash uchun ishlatiladi), selestin, pirit, alunit; zararlisi — organik moddalar (bitumlar), As, Se.
Oltingugurt rudalarining uyumlari qatlamsimon, linzasimon, uyasimon boʻladi; qalinligi bir necha oʻn sm dan bir necha oʻn m gacha. Oltingugurt rudalari konlarining asosiy genetik va sanoat tipi — choʻkindi qatlamlarning infiltratsion-metasomatik sulfatlari va tuz gumbazlarining keproklari. Oltingugurt rudalaridan tashqari, oltingugurt va uning birikmalar kolchedan, mis rudalari chiqindilari va boshqa sulfidli rudalardan, yonuvchi tabiiy gaz tarkibidagi vodorod sulfid, bitumli qumtosh, oltingugurtli neft va boshqalardan ham olinadi. Bularning barchasi tarkibida oltingugurt boʻlgan xom ashyo hisoblanadi.
Rudalardan oltingugurt kon texnologiyasi (dunyo boʻyicha olinayotgan oltingugurtning 10—20%) va geotexnologiya (90—80%) yoʻli bilan ajratib olinadi. Oltingugurt rudalari konlarining aksari qismi Iroq, AQSH, Chili, Meksika, Polsha, Ukraina, RF, Turkmanis-tonda joylashgan.
Adabiyot
tahrir- Geologiya mestorojdeniy samorodnoy seri, M., 1969; Vulkanicheskiye sernie mestorojdeniya i nekotorie problemi gidrotermalnogo rudoobrazovaniya, M., 1971.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |