Omon Jamolov – oʻzbek olimi, oʻqituvchi hamda gʻoʻza oʻsimligiga oid bir qancha ilmiy ishlar muallifi[1]. 1962-yil Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi aʼzoligiga qabul qilingan.

Hayoti

tahrir

Omon Jamolov 1938-yil Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon rayonidagi Ulyanov nomli sovxoz markazida tugʻulgan. Rayondagi Kuybishev nomidagi 3-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻqigan. Oʻrta maktabni 1956-yil tamomlab, 1957-yil Samarqand davlat universitetining biologiya fakultetining kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilinadi. 1962-yil universitetni imtiyozli diplom bilan yakunlaydi. Oliygohni tamomlagach, oʻqituvchilik faoliyatini shu yili Qarshi davlat pedagogika universitetining agrobiologiya fakultetida oʻqituvchi sifatida boshladi. 1965-yil universitetdagi oʻqituvchilik faoliyatini yakunlab, Qashqadaryo viloyati partiya komitetida instruktor lavozimida ishga kirib, shu yerda 1966-yilning oxirigacha ishladi. 1966-yildan 1967-yilgacha Surxondaryo viloyati partiya komitetida lektor boʻlib faoliyat yuritdi. 1967-yil Surxondaryo viloyati sovet ittifoqi kommunistik partiyasi birinchi sekretarining yordamchisi lavozimiga tayinlandi. 1 yildan ortiq partiyada ishlaganidan soʻng, Surxondaryo viloyati paxtachilik stansiyasida katta ilmiy xodim boʻlib ishlab gʻoʻza oʻsimligiga oid yirik ilmiy ishlar bilan shugʻullanishni boshladi. 1987-yil stansiyaning „Oʻsimliklar himoyasi“ boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu bilan bir paytda paxta hosildorligini oshirish, gʻoʻza oʻsimligining vilt, makrosporioz, alterparioz qora ildiz chirishini yoʻqotish ustida bir nechta amaliy ishlarni olib bordi.

Ilmiy faoliyati

tahrir

Omon Jamolov ilmiy rahbarligida „Sineb“ preparati Surxondaryo viloyatida, Turkmaniston SSR va qoʻshni hududlarda sinov maqsadida qoʻllanilganida gʻoʻzadagi makrosporioz kasalligi keskin kamaydi. 1973-yilda olim oʻzining koʻp yillik ilmiy tajribasiga asoslangan holda, „Surxondaryo sharoitida ingichka tolali paxtalarda makrosporioz va alterparioz (tola chirish) kasalliklariga qarshi agrotexnika va ximik tadbirlar ishlab chiqish“ mavzusida oʻzining nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Xuddi shu va yondosh mavzulardagi 30 dan ortiq maqolalari „Pravda Vostoka“, „Leninskoy znamya“, „Xlopkovodstva“, „Zashita rasteniye“, „Selskoy xozyaystvo Uzbekistana“, „Lenin bayrogʻi“ hamda „Mikrologiya va fitopatologiya“ jurnallarida nashr etilgan[2].

Manbalar

tahrir