Oqbosh (Karelinia caspia (Pall.) Less.) — murakkabguldoshlarga mansub ildiz-bachkili koʻp yillik begona oʻt. Poyasi yoʻgʻon, sershox, tik usadi, boʻyi 50— 100 sm. Barglari butun, uzunchoq, bandsiz, bir oz etli, poyani chala oʻrab turadi. Savatchasi silindrsimon, uz. 10–15 mm, eni 4–8 mm. Gullari naysimon, pushti-gunafsharang, toʻpgulli savatcha. Iyun—sentabr oylarida gullab urugʻlaydi. Nihollari aprel—mayda unib chiqadi. Ildiz bachkisi va urugʻidan koʻpayadi. Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Dalalarda, gʻallazor va bedapoyalarda uchraydi.

Kurash choralari: yerni haydash, ekinni vaqtida kultivatsiya qilish va boshqa[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil