Oqsoqolotasoy
Oqsoqolotasoy — Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi soy. Krratogʻning jan. yon bagʻridan boshlanuvchi Qoramachitsoy va Gumassoylarning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Uzunligi 33 km, havzasining maydoni 20,6 km². Oqsoqolotasoy jan. va jan.-gʻarbga oqib, Polvonota qishlogʻi yaqinida Qahramon kanaliga quyiladi. Qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yilik suv sarfi 0,03m³/ sek., oqim moduli 1,7 l/sek, km². Ir-moqlarining umumiy uz. 50 km, eng yirigi Labiarab (16 km). Bahorda sel keladi. Oqsoqolotasoydan Xatirchi tumanidagi xoʻjaliklar yerlari sugʻoriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |