Oqtoʻqay gʻori
Oqtoʻqay gʻori - Qozogʻistonning Jambul viloyati, Sarisu tumanidagi gʻor. Oqtoʻqay qishlogʻining jan. chekka-sida, Chabakti daryosi sohilida, 850 m balandlikda joylashgan. Toshkoʻmir davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan.
Gʻorning kirish qismi Chabakti daryosi oʻzanidan 30 m balandlikda, eni 14 m, balandligi 0,6 m. Gʻor bir xona (zal)dan iborat, uz. 48 m, eni 6–16 m, balandligi 3–9 m. Sahni ichkariga tomon koʻtarilib boradi, shipi gumbaz shaklida. Gʻor oxiridagi teshik yer yuzasiga chiqadi. Gʻorning maydoni441 m2, hajmi 2198 m3.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |