Orjonikidze choʻqqisi - Tojikiston (Pomir)dagi togʻ choʻqqisi. Balandligi 6346 m. Somoniyon choʻqqisidan sharqda, Fanlar Akademiyasi tizmasi sharqiy tarmogʻi qirrasida joylashgan. Yon bagʻirlarida qor va firn maydonlari bor. G. K. Orjonikidze nomiga qoʻyilgan. Choʻqqiga ilk bor 1937-yilda, Pomir ekspeditsiyasi ishtirokchilari O. D. Aristov, V. M. Kirkorov va N. A. Gusaklar chiqqan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil