Invazion kasalliklar
Invazion kasalliklar — odam, hayvon va oʻsimliklarda eng sodda parazit jonivorlar (chuvalchang, kana va baʼzi boʻgʻimoyoqlilar) qoʻzgʻatadigan kasallik. Ayrim parazitlar oʻz rivojlanishining maʼlum bir bosqichida, boshqalari esa butun hayoti davomida xoʻjayin (odamda — antroponozlar, hayvonlarda — zoonozlar) organizmda parazitlik qilib invazion kasalliklarni qoʻzgʻatadi. Parazitlar xoʻjayin organizmiga zararlangan teri (aktiv) va oziq-ovqat orqali (passiv) kiradi. Odamlarda uchraydigan invazion kasalliklarga gelmintozlar, protozoozlar (qoʻzgʻatuvchisi sodda parazitlar; mas, amyobiaz), akarozlar (qoʻzgʻatuvchisi kana; qoʻtir), entomozlar (parazit hasharotlar qoʻzgʻatadigan bitli-qilik) kiradi. Asosan, askaridoz, bezgak, toksoplazmoz, trixomonoz, enterobioz va boshqalarda koʻp kuzatiladi.
Hayvonlarda uchraydigan invazion kasalliklarga gelmintozlar, protozoozlar (babezioz, konsidiozlar va b.), araxnozlar, entomozlar kiradi. Invazion kasalliklar chorva mahsuldorligini pasaytiradi, baʼzan hayvonlar oʻlimiga sabab boʻladi, natijada chor-vachilikka katta zarar yetkazadi.
Ayrim invazion kasalliklar (trixinellyoz, sistitserkoz) odam uchun xavfli, bu kasalliklar bilan zararlangan mollar goʻshtini isteʼmol kilishga ruxsat etilmaydi.
Kurash choralari qoʻzgʻatuvchi biologiyasiga qarab tayinlanadi, turli dori-darmonlar, degelmintizatsiya, dezinseksiya, kanalarga qarshi vositalar qoʻllanadi.
Oʻsimliklar invazion kasalliklar orasida bugʻdoy nematodasi va lavlagi nematodasi qoʻzgʻatadigan kasalliklar koʻproq tarqalgan[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |