Peter Florin
Peter Florin (1921-yil, 2-oktyabr - 2014-yil, 17-fevral) — Sharqiy Germaniyalik siyosatchi va diplomat edi.
Peter Florin | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Peter Florin va Kurt Waldheim | |||||||
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi prezidenti | |||||||
Mansab davri 1987 – 1988-yillar | |||||||
Avvalgisi | Humayun Rashid Choudhury | ||||||
Keyingisi | Dante Caputo | ||||||
Shaxsiy maʼlumotlari | |||||||
Tavalludi |
2-oktyabr 1921-yil Cologne, Germaniya | ||||||
Vafoti |
17-fevral 2014-yil (92 yoshda) Berlin, Germaniya | ||||||
Siyosiy partiyasi | Germaniya sotsialistik birdamlik partiyasi | ||||||
Onasi | Therese Florin (1902–1990) | ||||||
Otasi | Wilhelm Florin (1894–1944) | ||||||
Alma mater | Dmitriy Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti | ||||||
Mukofotlari |
| ||||||
|
Bolaligi
tahrirFlorin 1921-yilning 2-oktabrida Cologne shahrida tug‘ilgan[1].
Uning otasi Wilhelm Florin (1894-1944) urushdan oldingi Germaniya Kommunistik partiyasining yetakchi arbobi va 1924-1933-yillarda Reyxstag (milliy parlament) a’zosi bo‘lgan[2][3].
Florin 1933-yilda Adolf Gitler hokimiyat tepasiga kelib kommunistlarni ta’qib qila boshlaganidan so'ng ota-onasi bilan Germaniyani tark etib, avval Fransiyaga, keyin esa Sovet Ittifoqiga ko‘chib o‘tdi va u yerda „Karl Liebknecht“ maktabida o‘qidi. Keyinchalik Dmitriy Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetida kimyo bo‘yicha tahsil olgan[2][1].
Ikkinchi jahon urushi paytida Florin Belarusiyada sovet partizanlari bilan jang qilgan. 1944-yilda Florin natsistlarga qarshi haftalik „Freies Deutschland“ gazetasining muharriri bo‘ldi[1]. Urush oxirida Florin Germaniyadagi Sovet harbiy ma’muriyatini asos solish uchun yuborilgan mintaqaviy guruhlardan biri bo‘lgan Ackermann guruhining a’zosi sifatida Germaniyaga qaytib ketdi[4].
Karyerasi
tahrirUrushdan keyin Florin Germaniya Demokratik Respublikasi siyosatiga kirib, Wittenberg mintaqaviy parlamentining vitse-prezidenti lavozimida xizmat qildi, shu bilan birga „Freiheit“ gazetasining bosh muharriri sifatida faoliyat yuritdi. Keyinchalik, 1949-yildan 1952-yilgacha Sharqiy Germaniya tashqi ishlar vazirligida maslahatchi bo‘lib ishladi. 1953-yilda esa Germaniya sotsialistik birdamlik partiyasi markaziy qo‘mitasining tashqi ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga ko‘tarildi. 1954-yildan 1971-yilgacha mamlakat parlamentining tashqi ishlar qo‘mitasi a’zosi bo‘lib, bir muddat raislik qildi[1].
1967-yildan 1969-yilgacha Florin Sharqiy Germaniyaning Chexoslovakiyadagi elchisi bo‘lgan[1]. Florin 1968-yilda Praga bahori qo‘zg‘olonining Sovet Ittifoqi tomonidan bostirilishini qo‘llab-quvvatladi[2]. 1969-yilda davlat kotibi va tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan[1].
1973-yildan 1982-yilgacha Florin Germaniya Demokratik Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili bo‘lgan. 1982-yildan esa sharqiy Germaniyadagi YUNESKO milliy komissiyasi prezidenti bo‘ldi. 1987-1988-yillarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qirq ikkinchi sessiyasiga raislik qilgan[1].
Hayoti
tahrirPeter Florin uylangan va uchta farzandi bor edi[1]. Uning rafiqasi Edel 1980-yillarning oxirida Sharqiy Berlindagi Humboldt universitetida rus adabiyoti professori bo‘lgan[2].
Florin nemis, rus, ingliz va fransuz tillarini yaxshi bilardi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasiga raislik qilgan davrida, „New York Times“ gazetasiga ko‘ra, Florin Gorbachyov davridagi zamonaviy kommunistning ramzi sifatida delegatlar tomonidan „o‘rtoq Glasnost“ laqabini oladi[2].
Peter Florin 2014-yilda 92 yoshida vafot etdi[5].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Biography on the website of the United Nations
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 "MAN IN THE NEWS; A German In Charge: Peter Florin", New York Times, 22 September 1987
- ↑ „Florin, Wilhelm * 16.3.1894, † 5.7.1944“. Bundesstiftung zur Aufarbeitung der SED-Diktatur: Biographische Datenbanken. Qaraldi: 2014-yil 19-noyabr.
- ↑ "Namensliste der drei KPD-Einsatzgruppen vom 27. April 1945" (Wayback Machine saytida 2014-12-15 sanasida arxivlangan) German Federal Archives. BArch NY 4036/517. Retrieved November 22, 2011 (olmoncha)
- ↑ „DDR-Diplomat Peter Florin gestorben (German)“ (2014-yil 17-fevral). Qaraldi: 2014-yil 18-fevral.
Havolalar
tahrir- "Forty-second General Assembly opens in hopeful atmosphere of increasing multilateral co-operation", UN Chronicle, November 1987