Piuriya
Piuriya — bu oq qon hujayralari yoki yiringni oʻz ichiga olgan siydik hisoblanadi. Siydik tekshiruv uchun olinganda uning yuqori qismda 6-10 yoki undan ortiq neytrofillar mavjudligi aniqlanadi, bu siydik yoʻli oʻrta qismida bakterial infektsiyalarning belgisi boʻlishi mumkin. Piuriya sepsis bilan kasallangan odamlarda yoki pnevmoniya bilan kasallangan keksa odamlarda mavjud boʻlishi mumkin. Qoʻshimcha ravishda, piuriya mavjudligi uchun siydikning rangi oʻzgarishi, xiralashishi yoki hidining oʻzgarishi kabi belgilar siydik tekshiruvida aniqlanishi kerak. Ushbu qoʻshimcha belgilar mavjud boʻlmasa, leykotsituriya borligiga tahmin qilish mumkin[1].
Steril piuriya[2] — bu oq qon hujayralarining siydik tarkibida boʻlishi va standart ekish usullari bilan ekilganda siydikning steril koʻrinishi hisoblanadi. Bu koʻpincha jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infektsiyalar, masalan, gonoreya yoki bakterial muhitlarda oʻsmaydigan viruslar tufayli yuzaga keladi. Steril piuriya paratsetamol (asetaminofen) kabi baʼzi dorilarning taʼsiri sifatida kelib chiqishi mumkin. Uning paydo boʻlishi, shuningdek, Kavasaki kasalligi va genitouriya tuberkulyozi kabi maʼlum kasallik jarayonlari bilan ham bogʻliq boʻladi[3]. Shuningdek, tizimli yoki yuqumli kasallik, tizimli va fiziologik sabablar, ichki buyrak patologiyasi yoki dori-darmonlarni oʻz ichiga olgan koʻplab maʼlum sabablar ham piuriyani keltirib chiqarishi mumkin[4].
Belgilari
tahrir- Siydik chiqarish vaqtida ogʻriq va noqulaylik;
- Jinsiy sohada yonish, isish hissi;
- Bel qismida ogʻriq;
- Jinsiy hududda qichishish;
- Siydik miqdorini kamayishi;
- Hojatxonaga borgandan keyin ham toʻla va ogʻir siydik pufagi hissi;
- Siydik chiqarishni tez-tez istagi.[5]
Sabablari
tahrir- Escherichia coli bakteriyalari (ayollarda koʻproq);
- Klebsiella jinsining mikroorganizmlari;
- Enterococcus jinsining bakteriyalari;
- Streptococcus jinsining bakteriyalari.
Yuqumli kasalliklar
- mikoplazma infektsiyasi;
- xlamidiya bilan bakterial infektsiya; stafilokokklar bilan bakterial infektsiya;
- Haemophilus influenzae bilan bakterial infektsiya;
- korinbakteriyalar bilan bakterial infektsiya.
Diagnostika
tahrir*Laboratoriya sinovlari. Siydikdagi patogen mikroorganizmlar bakterioskopik tekshiruv vaqtida aniqlanadi va patogenning antibiotiklarga sezgirligi aniqlanadi. Yalligʻlanishning ogʻirligi, tananing umumiy holati va buyraklar faoliyati biokimyoviy tadqiqotlar natijalari asosida baholanadi. SLEda qizil yuguruk antikoagulyant, antinuklear jismlar va boshqa oʻziga xos belgilar aniqlanadi, buyrak biopsiyasi oʻtkaziladi, soʻngra gistologik tahlil qilinadi[6].
- Invaziv boʻlmagan tasvirlash. Buyrak patologiyalari boʻlgan bemorlarga buyraklar ultratovush tekshiruvi tavsiya qilinadi, prostata bezining yalligʻlanishi bilan kasallangan bemorlarga prostata ultratovush tekshiruvi orqali koʻriladi. Tadqiqot davomida organlarning hajmi va tuzilishi baholanadi va yiringli oʻchoqlar aniqlanadi. Jiddiy yiringli jarayonlarni istisno qilish uchun, agar kerak boʻlsa, kompyuter tomografiyasi oʻtkaziladi[7].
- Endoskopik usullar. Pastki siydik yoʻllarida yiring bor yoki yoʻqligini, shuningdek yiring aniqlansa uning taviati va lokalizatsiyasi haqida eng aniq maʼlumotlarni sistoskopiya va uretroskopiyadan bilishimiz mumkin. Bu usullar siydik yoʻllari va siydik pufagining divertikullarini aniqlashga imkon beradi. Baʼzi hollarda yalligʻlanish jarayonini qoʻzgʻatadigan infektsiyalangan begona jismlarni olib tashlash uchun ishlatiladi[8].
Yana qarang
tahrir- Siydikda qon boʻlishining sababi[sayt ishlamaydi]
- Piuriyani kelib chiqish mexanizmi[sayt ishlamaydi] Videorolik(ingliz tili)
Manbalar
tahrir- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/Pyuria
- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/Pyuria#cite_note-NEJM2015-1
- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/Pyuria#cite_note-review1-2
- ↑ https://en.wikipedia.org/wiki/Pyuria#cite_note-review1-2
- ↑ https://uz.svetzdravlja.org/piuria-6168
- ↑ https://www.krasotaimedicina.ru/symptom/urine/pyuria
- ↑ https://www.krasotaimedicina.ru/symptom/urine/pyuria
- ↑ https://www.krasotaimedicina.ru/symptom/urine/pyuria