Pol Sabate
Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori
Pol Sabate (5-yanvar 1854-yil — 14-avgust 1941-yil, Fransiya) — fransuz kimyogari. Tuluzada Oliy pedagogika institutini bitirgan. P. E. M. Berto rahbarligida Bordo va Tuluz universitetlarida ishlagan.
Asosiy ishlari
tahrirPol Sabate sulfidlar, selenidlar, xloridlar va bromid elementlarining termokimyosi ustida ish olib borgan. Muhim ishlaridan biri kimyoviy kataliz sohasidagi yutuqlari hisoblanadi. Spirtlarning katalitik oʻzgarishlarini oʻrganishda katalizator sifatida maydalangan metall va oksid kukunlarini qoʻllagan.
Yutuqlari
tahrirPol sabate 1913-yilda „Anorganik kimyo sohasidagi ixtirolari, atom va molekulaga bogʻliq tadqiqotlari uchun“ Nobel mukofoti bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ S.M.Turobjonov, M.T.Primqulov, G'.R.Rahmonberdiyev. Kimyo sohasi bo'yicha nobel mukofoti sovrindorlari, 2009 — 11-bet.