Qadimgi Indonez Yozuvi
Indoneziya dastlab kavi yozuvidan qadimgi davrlarda foydalangan. „Kavi“ soʻzi sanskrit tilidan olingan va „shoir“ degan maʼnoni anglatadi. Yava, Bali va Lombok orollarining adabiy tili boʻlib, sanskrityozuvida tuzilgan. Kavi yozuvida yozilgan birinchi tosh yozuvlar dinay yozuvi. U 760 yilga tegishli boʻlib, Yava orolining sharqiy qismidagi Dinay yaqinida topilgan. Bu haqda birinchi bor izlanuvchi olim Brandes birinchi marta 1904 yilda aytib oʻtgan. Uning taxminlariga koʻra, kavi yozuvi Yava oroliga VIII asrda Gujarotdan kelgan muhojirlar tomonidan olib kelingan.[1]
Biroq, bu taxminni boshqa bir olim Krom tasdiqlanmagan. Uning tadqiqotiga koʻra, kavi yozuvi ancha oldin V asrdan boshlab mavjud boʻlgan, chunki V asrda Janubiy Hindistondan kelgan muhojirlar nafaqat din va madaniyatni, balki til va yozuvni ham olib kelishgan. Kavidagi eng qadimgi maʼlum matnlar Java sharqidagi Singhasari qirolligidan kelib chiqqan. Soʻnggi yozuvlar Majapaxit qirolligida, shuningdek Sharqiy Java, Bali, Kalimantan va Sumatrada saqlanib qolgan. kavi yozuvi til tarixi va yozuv tarixi, shuningdek, buddizm va hinduizmning Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga mumkin boʻlgan migratsiya yoʻllari nuqtai nazaridan ilmiy qiziqish uygʻotdi. kavi yozuvida yozilgan va oʻrganilgan bir qator yodgorliklar „Minto toshi“ – 954 yil, Java orolining Pasuruxanda hududidan topilgan. Kavi yozuvida yozilgan eng muhim va qadimiy yodgorlik hisoblanadi. Bu bitik tosh oʻsha davrdagi Yavaning soʻnggi hukmdori boʻlgan podshoh Vavaning yozuvidir. Keyinroq bitik toshlardan biri Surabaya orolidan topilgan 1041-yilga oid „Shoh Erlang yozuvi“dir. Bu hukmdor davrida, yaʼni Yavada sanʼat va adabiyot yuksak darajada rivojlangan davrda yozilgan. Ushbu yodgorlikning ikkala tomonida matn kavi tilida yozilgan, ammo yozuv ikki tilda – bir tomoni Kavi, ikkinchisi sanskrit tilida. kavi tilida yozilgan yodgorliklar koʻp. Oxirgisi mis plastinaga yozilgan yozuv – 1473 yil va oxirgi tosh bitik – 1486 yil. kavi tili eng qadimgi tillardan biri hisoblansa-da, butkul yoʻq bolib ketgn deb boʻlmaydi, chunki hozirgi kunda Yava orolida toʻy va marosimlarda qoʻllanadi. Lombok orolida kavi mahalliy til boʻlib, taʼlim muassasalarida kavi tili ikkinchi til sifatida oʻqitiladi.[2]
Djavi tili arab harflaridan tashkil topgan tildir. Djavi alifbosi Nusantara qirolligida bir necha asrlar davomida mavjud boʻlgan. Alifbo arab harflari va bir qancha sonlardan iborat boʻlib, XVII asrgacha Malakka, Johor, Achex qirolliklarida 6 ta – ca, ba, ga, nga, nya va Djavi alifbosidan 29 ta harf qoʻshilgan holda tuzilgan. , tosh yozuvlar dalil sifatida ishlatilgan 1303 yil – Terenganu. (Batu bersurat Terenganu).[3]
Indoneziyadagi hindu-buddist-musulmon imperiyasi davrida yozuvlarning aksariyati toshga yoki qadimiy qoʻlyozmalarga bitilgan.
Indoneziyadagi alifbo xronologiyasi:
tahrir- XIII asrgacha devanagari alifbosida Indoneziya;
- XIV-XIX asrlarda bir necha harf qoʻshilgan arab grafikasiga asoslangan alifbodan;
- XIX boshidan lotin grafigig asoslangan alifbo ishlatila boshlandi.
1928 yilda ikkinchi Indoneziya yoshlar kongressining deklaratsiyasi qabul qilindi, unda til nomi indonez tili nomiga oʻzgartirildi.1942 yilda Yaponiya hukumat va taʼlimda golland tiliga chek qoʻydi va indoneziya tilini rasmiy tiliga aylantirdi. Shu bilan birga, indonez tilining rasmiy tili sifatida shakllanayotgan bir davrda uning lotin grafikasiga asoslangan yaʼni tilning hozirgi shakli rivoj topdi.
Havolalar
tahrirhttps://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%94%D0%B6%D0%B0%D0%B2%D0%B8
Manbalar
tahrir- ↑ „kawi“.
- ↑ „Kavi“. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
- ↑ „Djavi“.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |