Qahhor Tursunov
Qahhor Shonazarovich Tursunov (1960-yil 12-dekabr, Kasbi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Qahhor Tursunov | |
---|---|
Tavalludi |
12-dekabr 1960-yil Kasbi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti |
Taʼlimi | Qarshi davlat pedagogika instituti |
Ilmiy darajasi | pedagogika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirQahhor Tursunov 1960-yil 12-dekabr Kasbi tumani Fazli qishlogʻida tavallud topgan[1]. 1977-yil Qarshi davlat pedagogika instituti Fizika-matematika fakultetiga oʻqishga qabul qilinib, 1982-yil mazkur fakultetni tamomlagan. 1982—1983-yillarda Mirishkor tumani 13-oʻrta umumiy taʼlim maktabida fizika-astronomiya fani oʻqituvchisi, 1983—1988-yillarda Qarshi davlat universiteti „Fizika oʻqitish metodikasi“ kafedrasida katta laborant, 1988—1991-yillarda „Fizika va umumtexnika fanlarni oʻqitish metodikasi“ kafedrasining oʻqituvchisi, 1991—1992-yillarda „Nazariy fizika va fizika oʻqitish metodikasi“ kafedrasini stajyor-tadqiqotchisi, 1992—1994-yillarda Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutining aspiranti, 1995—2007-yillarda Qarshi davlat universiteti „Astronomiya, fizika oʻqitish metodikasi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2007—2009-yillarda „Umumiy va eksperimental fizika“ kafedrasi, keyinchalik „Fizika va uni oʻqitish metodikasi“ kafedrasi katta oʻqituvchisi va dotsent, 2010—2017-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining „Umumiy fizika“ kafedrasi mudiri, 2017—2021-yillarda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining „Fizika va elektronika“ kafedrasi dotsenti, 2021—2022-yillarda professor vazifasini bajaruvchi, 2022-yilda mazkur kafedra professori, 2022-yilning 12-sentyabrdan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining „Fizika va elektronika“ kafedrasini mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda[1].
Oilasi
tahrirOilali, 2 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1997-yil 12-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, pedagogika fanlari doktori, professor Davron Shodiyev ilmiy rahbarligida „Belgili modellardan foydalanish asosida umumtaʼlim maktablarida fizika oʻqitish samaradorligini oshirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 2008-yil 25-dekabrda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2021-yilda Qarshi davlat universitetida „Uzluksiz fizika taʼlimida nazariy umumlashtirishlarning didaktikasi va metodikasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi[1]. Qahhor Tursunov muallifligida 2 ta monografiya („Tabiiy-ilmiy fanlarni oʻqitishda modellashtirish“. Toshkent, „DAVR PRESS“ NMU, 2018. 185 bet. „Teoreticheskie osnovi i realizatsiya freymovogo podxoda v obuchenii fiziki“. Tashkent, „Voris-nashriyoti“, 2020. 162 str.) 7 ta oʻquv qoʻllanma („Fizika oʻqitishning nazariy asoslari“. Toshkent, Oʻzbekiston, 2008., „Fizika taʼlimi texnologiyasi“. Qarshi, Nasaf, 2012., „Fizikadan laboratoriya mashgʻulotlari“. Toshkent, Tafakkur qanoti, 2017., „Geodezik astronomiya“. Toshkent, „DAVR PRESS“ NMU, 2019., „Fizikadan laboratoriya mashgʻulotlari toʻplami“. Toshkent, Voris-nashriyoti, 2020., „Molekulyar fizika va termodinamika asoslari“. Toshkent, „Voris-nashriyoti“, 2020., „Fizika. Masala va mashqlar toʻplami“. Qarshi, „Intellekt“ nashriyoti, 2022.). 3 ta darslik (Fizika. 7-sinf uchun darslik, Oʻqituvchi nashriyoti, 2000., „Fizika oʻqitishning nazariy asoslari“. Qarshi, „Intellekt“ nashriyoti, 2022., „Geodezik astronomiya“. Qarshi, „Intellekt“ nashriyoti, 2022.), 39 dan ortiq oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 250 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalar nashr etilgan[1].