Qaldirgʻochbiy maqbarasi
Qaldirgʻochbiy maqbarasi, Hazrati Amir maqbarasi — Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr 1-yarmi). Shayx Xovandi Tohur majmuasi tarkibida, koʻhna qabristonning shim.da. Maqbara pishiq gʻishtdan (25×25×5sm) chortoq tarhli (9,48×9,48 m), bir xonali (tarhi 6×6 m), qoʻsh qavat gumbazli qilib qurilgan; 12 qirrali tashqi kulohsimon choʻqqi gumbazi pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Maqbara ichiga jan. tomondagi eshik orqali kiriladi, xonadagi tepaga chiqiladigan aylana zinalar qalin depor ichiga joylashgan; xona oʻrtasida s;p;shp bor, tagxona ichidan bir necha jasad qoldiqlari topilgan. Maqbara bezaklaridan 15-asrga mansub sharafalarning qoldiqlarigina saqlangan. 1970-yilda tashqi gumbazi taʼmirlangan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |