Qamchi Ko‘lboyev
Bu maqola oʻzbek tilining imlo qoidalariga muvofiq yozilmagan. Qarang: VP:ORFO. (2024-05) |
Koʻlboyev Qamchibek Asanbekovich (qirgʻizcha: Камчыбек Асанбек уулу Көлбаев) (3-avgust 1974-yil, Choʻlponota – 4-oktyabr 2023-yil, Bishkek[4]) – shuningdek Kolya-Qirgʻiz nomi bilan ham tanilgan. Qirgʻizistondagi uyushgan jinoyatchilik guruhlarining rahbari hamda qonundagi o‘g‘ri[5] maqomini olgan birinchi qirgʻiz millatiga mansub shaxs deya eʼtirof etilgan.
Qamchi Ko‘lboyev | |
---|---|
Tavalludi | 3-avgust 1974 |
Vafoti | 4-oktyabr 2023[1][2][3] |
Fuqaroligi | SSSR va Qirgʻiziston |
Umrbayoni
tahrirQamchi Koʻlboyev Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyati Choʻlponota shahrida tavallud topgan. U Qirgʻizistondagi uyushgan jinoyatchilikning yetakchisi Risbek Akmatboyevning eng yaqin yordamchisi sifatida o'z faoliyatini boshlagan, ular yillar davomida o'zlarining jinoiy to'dalari shakllantirgan. Keyinchalik 1990-yillarning oxirida sobiq doʻstlar nihoyat janjal qilishgan. Risbek Akmatboyev Qamchibek Koʻlboyevning ixtiyorida bo‘lgan bir necha shirkatni tortib olishi ortidan ikkovlon o‘rtasidagi aloqalar buziladi[6]. 2000-yillarda R.Aqmatboevning hayotiga suiqasd qilinadi. Uning ikki hamrohi halok bo'ldi. Akmatboevning o'zi yaralandi. Ko‘lboyev ikki kishini o‘ldirishda va uchinchi odamning hayotiga suiqasd qilishda ayblangan. Sud uni aybdor deb topib, 25 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Ammo Ko‘lboyev jazosini oxiriga yetkazmadi. 2006- yil fevral oyida u 8-sonli axloq tuzatish koloniyasidan (Chuy viloyati Petrovka qishlog'i) manzil koloniyasiga o'tkazildi va tez orada u yerdan g'oyib bo'ldi[7]. Qirg‘iziston prokuraturasi unga nisbatan respublika Jinoyat kodeksining 336-moddasi (qamoqxonadan qochish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atdi.
Jinoyatlari va narkotik savdosi
tahrirKo‘lboyev boshchiligidagi jinoiy guruhning 150dan ziyod[8] yoki 200 ga yaqin a‘zosi bo'lgan[9]. U «Uyushgan jinoiy guruh tuzish», «Qonunga xilof qurol-yarog‘ muomalasi» va «Odam o‘ldirishga urinish» va tadbirkorlarning o‘ta yirik miqdordagi mol-mulklariga noqonuniy ega chiqish faktlari bo'yicha ayblangan[10].
Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Melis Turg‘anbayev Qirg‘izistonda narkotiklar noqonuniy aylanmasi sobiq prezidentning ukasi Janish Bakiyev va jinoiy guruhlar rahbarlari Qamchi Ko‘lbayev hamda Almanbet Anapiyayev nazoratida bo‘lganini aytgan[11].
AQShning qora roʻyxatiga kiritilishi
tahrirAQSh hukumati jinoyatchini Bratskiy krug a'zolaridan biri va yirik narkobaron deb hisoblaydi[12]. Shu sababli 2011-yilda AQSh Davlat Departamenti tomonidan eʼlon qilingan xalqaro narkosavdogarlar roʻyxatiga uni kiritgan[13].
Siyosatchilar bilan aloqalari
tahrirKriminal avtoritet qirgʻizstonlik siyosatchilar bilan yaqin aloqada boʻlganlikda gumon qilingan va tasdiqlanib ham turgan. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Jogorku Kengesh deputati Oʻmurbek Bakirov „qonundagi oʻgʻri“ Qamchi Asanbek bilan uchrashgani haqida maʼlumot tarqatgan. Ammo deputat Bakirov bu haqiqat emasligini aytib, faktlarni talab qiladi. Ammo MXDQ Koʻlboyevni soʻroq qilish chogʻida u deputat bilan uchrashganini tasdiqlaydi[14]. 2011-yil 1-yanvarda Qirgʻiziston parlamenti spikeri Axmatbek Keldibekov „Kapriz“ mehmonxonasida Koʻlboyev bilan uchrashganini IIV JQBB boshligʻi tasdiqlagan[15].
Davlat rahbarlari bilan aloqalari
tahrirQirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Keneshbek Duyshebayev Qamchi Ko‘lbayev prezident Bakiyev davrida uning oilasi bilan birgalikda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani va bu ishda u prezident oilasi himoyasida bo‘lganini aytgan. Bakiyevning davrida jinoyatchi qamoqdan oqlanib chiqqan[16].
Sportchilar bilan aloqalari
tahrir2021-yilda Issiqkoʻlga Eagle FC turniri boʻlib oʻtadi. Unga faxriy mexmon sifatida rossiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov tashrif buyuradi[17]. Ushbu tashrifni mahalliy nashrlar Koʻlboyevning tavallud ayyomi bilan boʻgʻlaydi[18]. Koʻlboyevning oʻgʻli Xabib va Xasbik bilan birgalikda suratga tushgani inernet tarmoqlarida eʼlon qilinadi.
Bundan tashqari, jinoyatchi shaxsiy hayotida erkin kurash boʻyicha ikki karra jahon chempioni Aysulu Tinibekova bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. U Aysuluga mashina sovgʻa qilgan, sportchi esa uni mening akam deya izoh bergan[19].
Oilasi
tahrirJinoyatchining otasi Asanbek Ko‘lboyev 1945-yil 1-iyunda tug‘ilgan. U butun hayotini sportga bag'ishlagan u mahalliy sport qo'mitasiga rahbarlik qilgan, turli turnirlar va musobaqalar uyushtirgan[20]. 2000-yil 7-martda vafot etgan. Uning nomi chorvachilik zavodiga berilgan va Cho‘lponotadagi ippodrom uning nomi bilan ataladi[21].
Onasi Aliyeva Maya Saitqulovna 1948-yilda tug‘ilgan. U Issiqko‘l viloyati Orol traktidagi “Asanbek” dehqon xo‘jaligi hamda “Batipa” xayriya jamg‘armasi rahbari va ta’sischisi hisoblanadi. Shuningdek Qamchi Ko‘lboyev bir qancha mol mulklarini onasiga xatlab bergan[22]. Qamchi katta oilada o'sgan, uning Sveta, Aynura, Raushan, Jo'ldosh, Baqit ismli aka-uka va opa-singillari bo'lgan. 2020-yildan buyon uning ukasi Jo‘ldoshbek Ko‘lbayev[23] Qirg‘iziston Respublikasi Milliy dzyudo federatsiyasi prezidenti[24] va Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti hisoblanadi[25].
Jinoyat olami qoidalariga ko‘ra, qonundagi o‘g‘rining xotini va farzandi bo‘lishi mumkin emas. Biroq, Ko‘lboyevning ikki o‘g‘li va uch qizi, bir qancha nevaralari borligi ma'lum. Ko'lboevlar oilasining suratlari ommaviy axborot vositalarida bir necha bor paydo bo'lgan[26].
U 2017-yilda to'ng'ich qizi Sanirani turmushga uzatgan. Uning qizi bilan raqsga tushgani tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo'lgan. Ikkinchi qizi Erkaoyimning to‘yi 2021 yil martida bo‘lib o‘tgan. Ko‘lboyevga Ruslan ismli 25 yoshli uyg'ur yigit kuyov bo‘lgan[27]. To‘y marosimi «Arzu Grand» restoranida o‘tkazilgan[28].
Oʻlimi
tahrir2021-yilning 4-oktyabr kuni Bishkekda amalga oshirilgan jinoyatchilarni qoʻlga olish amaliyoti chogʻida Qamchi Koʻlboyev oʻldirildi[29]. Maxsus amaliyot chogʻida faqat maxsus xizmatlar ishtirok etgan, militsiya unda ishtirok etmagan. Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Koʻlboyev “qarshilik koʻrsatayotganda” oʻldirilganini rasman eʼlon qildi. Maxsus amaliyot davomida faqat bir kishi halok boʻlgan, boshqa hech kim halok boʻlmagan yoki yaralanmagan. 5-oktyabr kuni Ko‘lboyevning dafn marosimi Cho‘lponotada bo‘lib o‘tdi[30].
Oʻlimidan keyingi holat
tahrirQamchibek Koʻlboyevning o'limidan so'ng Maxsus xizmat jinoiy guruhning faol aʼzolari sifatida 40 dan ortiq kishini qoʻlga oldi.
Jinoyatchilarning tavba qilishi
tahrirKoʻlboyev oʻdirilganidan soʻng bir nechta jinoyat olamining vakillari video murojatlar tarqatishib tavba qilishganini aytishdi. Qonundagi oʻgʻrilar oʻzlarini maqomidan voz kechishganini eʼlon qilishdi. Norin viloyati MMA federatsiyasi prezidenti Nurlan Omokoyev, Oʻshning „nazoratchisi“ deb ataladigan Almaz Ermekbayev, uyushgan jinoiy guruhning faol aʼzosi Ulan Barchakeyev – Ulan Uzun, Djengo nomi bilan tanilgan Qadir Dosonovning jinoiy guruhi, kriminal avtoritet Soqol laqabli Ulan Toktosunov maqomidan voz kechganini eʼlon qildi[31]. Ermekbaev va Omokeyev amaldagi hukumatni qoʻllab-quvvatlashlarini va mamlakat qonunchiligini buzmasliklarini bildirgan[32].
Shuningdek Rossiyadagi Qirg‘iziston fuqarosi, Qarishqir (Bo‘ri) laqabli Mursalim Umirzaqov qonundagi o‘g‘ri maqomidan voz kechganini YouTube kanalida e'lon qildi[33].
Sheriklarining hibsga olininshi
tahrirKoʻlboyev uchun qasos
tahrirQamchibek Koʻlboyev uchun „qasos olish“ maqsadida uch nafar „yollanma qotillar“ Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtgani haqida Qirgʻiziston MXQS iddao qilgan. Qirgʻiziston va xorijdagi bir qancha televideniye va internet nashrlari qoʻlga olish chogʻidagi video lavhala namoyish qilishdi. Shunindek ular bir qator fuqarolarning qotilligiga aloqadorligi uchun Oʻzbekiston hududida qidiruvda boʻlgan[34].
Yollanma qotil deyilgan shaxslarni Qirgʻisziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi bilan „Alfa“ maxsus xizmati hamkorlikda 2023-yilning 13-oktyabr kuni Bishkek shahrida qoʻlga olingan[35]. Ularni oʻsha kunning oʻzida Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirishgan[36].
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Qirgʻizistonda kriminal avtoritet Qamchi Koʻlboyev oʻldirildi
- ↑ „Vor v zakone“ – „Qonundagi oʻgʻri“ kim?
- ↑ Qirg‘iziston: qidiruvda bo‘lgan "qonundagi o‘g‘ri" hibsga olindi
- ↑ Қирғизистондаги машҳур жиноий авторитет Коля Қирғиз ўлдирилди. У ҳақида нималар маълум?
- ↑ Qirg‘iziston: qidiruvda bo‘lgan "qonundagi o‘g‘ri" hibsga olindi[sayt ishlamaydi]
- ↑ Qirg‘izistonlik narkoqirol Abu Dabida ushlandi
- ↑ Қирғизистонда таниқли «қонундаги ўғри» Камчи Колбаев махсус операция вақтида ўлдирилди
- ↑ Qamchi Ko‘lbayev ozod qilindi
- ↑ Qirg‘izistonlik «avtoritet» uchun 5 mln dollar. AQSh nima uchun Bishkekdagi korrupsiyadan tashvishda?
- ↑ 5 млн долларов за киргизского "авторитета". Почему США встревожены коррупцией в Бишкеке
- ↑ UKMK: Krimtөbөl Kamchi Kөlbaev deputatӨmүrbek Bakirov menen jolugushkanin tastiktagan
- ↑ Тилек Алибаев: Спикер парламента Кыргызстана встречался 1 января 2011 года в отеле «Каприз» с криминальным авторитетом Камчы Кольбаевым
- ↑ Qirg‘izistonlik narkoqirol Abu Dabida ushlandi
- ↑ В Чолпон-Ате прошел турнир Хабиба Нурмагамедова. Причем тут Камчы Кольбаев?
- ↑ Xabib Nurmagomedov kelishi Qamcha Koʻlboyevning tugʻilgan kuni bilan bogʻliqligini rad etdi
- ↑ Qamchi Ko‘lboyev Aysulu Tinibekovaga avtomobil sovg‘a qildi[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Камчы Кольбаев — жизнь и смерть «вора в законе» – Сводка АКИpress“. 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ Чолпон-Атинский ипподром назвали в честь отца Камчы Кольбаева[sayt ishlamaydi]
- ↑ Чолпон-Атадагы маданият үйүнүн жери кримтөбөл Камчы Көлбаевдин апасына өтүп кеткен
- ↑ Колбаев Жолдошбек Асанбекович
- ↑ Родной брат Камчы Кольбаева снова стал президентом Федерации дзюдо КР
- ↑ Брат Камчы Кольбаева стал вице-президентом Азиатского союза дзюдо[sayt ishlamaydi]
- ↑ Камчи Кольбаев
- ↑ „КРИМТӨБӨЛ КАМЧЫ КӨЛБАЕВ КЫЗЫН ТУРМУШКА УЗАТТЫ“. 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-oktyabr.
- ↑ Камчы Көлбаев кызын турмушка узатты. Тойдо Мирбек Атабеков ырдады
- ↑ Kriminal avtoritet maxsus operatsiya chogʻida oʻldirildi
- ↑ Qamchi Ko‘lboyevning jasadi Cho‘lpon-Otada dafn qilindi
- ↑ Кримавторитет Сакал ууру статусунан баш тартканын жарыялады
- ↑ Көлбаевдин кылмыштуу тобунун Нарындагы жана Оштогу мүчөлөрү камакка алынды
- ↑ Мурсалым Умырзаков отказался от статуса "вор в законе". Видео
- ↑ https://kun.uz/uz/53295681
- ↑ Киллерам дали заказ отомстить за Кольбаева — ГКНБ задержал иностранцев
- ↑ Задержаны узбекистанцы, собравшиеся отомстить за смерть Камчи Кольбаева