Qamishli madaniyati
Qamishli madaniyati — Suvyorgan va Kaltaminor madaniyatlaridagi bosqichlardan biri. 1954—55 yillarda Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Xorazm vohasida Amudaryoning qadimiy Oqchadaryo deltasi boʻylab tarqalgan neolit makonlari turkumiga kiradi. Qamishli madaniyatida uyjoy qurish uslubi (ayniqsa, chaylalar) jihatdan Kaltaminor madaniyati anʼanasi davom ettirilgan. Makonlar koʻchki qum va toʻqaylar xalaqit berganligi uchun Oqchadaryo deltasidan olisga tarqalmagan. Kvarsitdan ishlangan tosh qurollar (pichoqsimon parraklar, kamon oʻqining bodomsimon shaklda ishlangan uchlari, nayza, pichoq), chaqmoqtosh qurollar va qum aralashtirilgan loydan yasalgan keng qorinli, boʻyni kalta, yelkasi boʻrtma gardishli xum va boshqalar sopol buyumlar topilgan. Qamishli madaniyatiga mansub qabilalar dehqonchilik bilan shugʻullangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |