Suvyorgan madaniyati – Xorazm vohasining choʻl zonasiga oid jez davri arxeologik madaniyati (mil. av. 2ming yillikning 1-yarmi – 1ming yillik boshlari). Amudaryoning kad. deltasi oʻng tomondagi choʻl ichiga yorib kirgani uchun Suvyorgan nomi bilan atalgan. Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi (S. P. Tolstov, Ya. Gʻulomov, M. A. Itina va boshqalar) tomonidan tadqiq etilgan (194546). Suvyorgan madaniyati qabilalari, S. P. Tolstovning fikricha, Oʻrta Osiyoning Janubi Gʻarbiy viloyatlaridan Xorazmga kelgan yangi etnik guruh boʻlib, ularning moddiy madaniyati Janubning oʻtroq dehqonchilik madaniyatiga oʻxshash boʻlgan. Suvyorgan madaniyati oʻz taraqqiyotida 3 bosqichni (Qamishli, Bozorqalʼa, Qovunchi) bosib utgan.

Suvyorgan madaniyati
Manzilgoh Orolboʻyi hududlari, Qoraqalpogʻiston
Turi Aholi punkti
Tarix
Material Xom gʻisht
Tashkil etilgan Mil.avv. 2000—1000-yillar
Makon qaydlari
Arxeologlar Sergey Tolstov
Yahyo Gʻulomov
M.Itina

Stanislav Grigoriyev maʼlumotiga koʻra (2016), Suvyorgan madaniyati Xorazm hududi boʻlgan Orolda, Oqchadaryo (Amudaryo deltasi) yaqinida eramizdan avvalgi 2500–2000-yillarda yashagan[1]. Suvyorgan madaniyatiga oid uylar va turar-joylar katta maydonni egallaydi, asosan daryolar boʻyida joylashgan.

Tavsifi

tahrir

Suvyorgan sopollarining shakli Tozabog‘yob madaniyatida uchramaydi. Ular och qizil rang bilan pardozlangan. Bu manzara janubiy hudud qabilalarining Namozgoh VI madaniyatiga xosdir. Ammo, Suvyorgan sopoli janubning kulolchilik charxida yasalgan idishlariga o‘xshamaydi. Suvyorgan madaniyatiga oid sopol idishlar yaxshi pishirilib, sirti qizilga boʻyalgan, sirtiga toʻq qizil rang gul solingan sopol parchalari, tosh yorgʻuchoklar va dehqonchilik qurollari ham uchraydi. Ammo sopollarning sirti Janubning qadimiy dehqonchilik qabilalarining sopol buyumlaridan farq qilib, asosan, toʻrsimon chizma naqsh va sxematik boshoq tasviri bilan bezatilgan. Bu topilmalar mil. av. 2 ming yillikning oʻrtalarida Oʻrta Osiyo qabilalarining yirik koʻchishlaridan dalolat beradi. Janubiy va Janubi Sharqiy yoʻnalishlardagi 2 yirik koʻchish mil. av. 2 ming yillikning oxiri – 1 ming yillikning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu bosqichda Suvyorgan madaniyati jamoalari boʻlgan qabilalar ham faol ishtirok etgan. Arxeologik topilmalar ushbu shimolda chorvador qabilalarning Oʻzboy, Atrek, Tajan, Murgʻob, Amudaryo va Sirdaryo irmoqlari boʻylab harakat qilganliklarini koʻrsatadi. Mil. av. 1 ming yillikning boshlariga kelib, Suvyorgan madaniyati oʻrniga Amirobod madaniyati paydo boʻlgan. Suvyorgan madaniyati yodgorliklari 1945—1946-yillarda Jonbos-6 qarorgohining ochilishi bilan o‘rganila boshlandi.

Bosqichlar

tahrir

Kaltaminordan keyingi madaniyat

tahrir

Asosiy faoliyat – ovchilik va baliq ovlash. Turar joylar – ustunli qurilishga asoslangan. Oʻq uchlari, pichoqlar, chaqmoqtosh va kvarsdan yasalgan qirgʻichlar topilgan. Tekis taglikli sopol idishlar yasaganlar[2].

Qamishli madaniyati

tahrir

Asosiy faoliyat – sugʻorma dehqonchilik. Qamishli madaniyati tarixan Turkmaniston hududiga (Anov arxeologik madaniyati)[3] va Eron platosiga[4] bogʻlangan.

Kaunda madaniyat

tahrir

Asosiy faoliyat – chorvachilik. Bronza oʻroqlar va qirrali pichoqlar topilgan. Sopol idishlar pishirilgan va ehtiyotkorlik bilan relyef bezaklari bilan ishlov berilgan. 250 × 150 m (Kaunda-1) katta turar-joylar bilan tavsiflanadi. Asboblar tosh va bronzadan yasalgan. Turar joylar – toʻrtburchak shakldagi kulbalar. Tozabogʻyob arxeologik madaniyati aholisi bilan chambarchas bogʻliq.

Etnik kelib chiqishi

tahrir

1. Suvyorgan madaniyatining Kaltaminordan keyingi bosqichi, baʼzi tadqiqotchilar mahalliy fin-ugro komponenti bilan bogʻlaydi[5][6].

2. Qamishli bosqichi miloddan avvalgi II ming yillikda Xurrit-mitanni qabilalarining[7] Eron platosidan Orolboʻyiga koʻchishi bilan bogʻliq[8].

3. Suvyorgan madaniyatining soʻnggi – Kaunda bosqichi Suvyorgan madaniyati aholisining hind-eron qabilalari (Tozabogʻyop madaniyati) bilan madaniy va etnik aloqasi natijasidir.

Antropologik turlar

tahrir

Suvyorgan madaniyatidan aholining asosiy antropologik turi – hind-dravid, soʻnggi Kaunda bosqichida Andronovo qabilalariga xos boʻlgan kichik Sharqiy Oʻrta yer dengizi antropologik tipiga ega[9][10].

Arxeologik turar-joylar

tahrir

Qamishli madaniyati, Jonbos-6 Koʻkcha-2, Bozor-2, Kaunda-1 va boshqalar.

Manbalar

tahrir
  1. Grigoriev, Stanislav, (2016). Metallurgical Production in Northern Eurasia in the Bronze Age, Archaeopress Publishing Ltd., p. 664: "...With intensification of aridization in the second half of the 3rd [millennium] BC considerable qualitative changes begun here. The Kelteminar culture is succeeded by a series of cultures of the Early Bronze Age. It is the Suyargan culture on the lower Amu-Darya River...formed on the basis of the late Kelteminar under an influence of the southern impulses from North-Eastern Iran..."
  2. Культура и искусство древнего Хорезма. М., Наука, 1981, С.8.
  3. Ртвеладзе Э.В. Цивилизации, культуры, государства Центральной Азии. Ташкент, УМЭД, 2005, С.11.
  4. Начало этнической истории народов Средней Азии и Казахстана
  5. Masson B.M. Древние цивилизации Востока и степные племена в свете данных археологии (in russian)
  6. Yablonsky L.T. Kelteminar craniology. Intra-group analysis//Soviet Ethnography, Moscow, USSR Academy of Sciences, 1985, No 2. pp. 127-140
  7. Muratov B.A., Suyunov R.R., Arsanov P.M. The DNA-genealogy of Bashkirs tribes - 5. The descendants of Muytens (Hurrians-Mitanni)//BEHPS, Volume 2, №10[1,2], November 2015, P.950-963
  8. Толстова Л.С. Древнейшие юго-западные связи в этногенезе каракалпаков//Советская этнография, №2. М., 1971, С.29.
  9. МХЭ. Вып. 5. М., I960; Гинзбург В.В., Трофимов Т.А. Палеоантропология Средней Азии. М., 1972, с. 81—88.
  10. Атамуратова Д.Р. Этнокультурная ситуация в Хорезме (V-II тыс. до н.э.), С.22

Adabiyotlar

tahrir
  • Tolstov S. P., Drevniy Xorezm, M., 1948; Kddimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964; Gʻulomov Ya. Gʻ., Xorazmning sugʻorilish tarixi, T., 1959.