Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti
Bu maqolani oʻchirish taklif etiladi. Sababi va mos munozaralarni quyidagi sahifadan topishingiz mumkin: Vikipediya:Oʻchirishga/Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti. Maqolani yaxshilashga urinib koʻrishingiz mumkin, ammo munozara jarayoni yakunlanmagunga qadar mazkur ogohlantirish xabarini aslo olib tashlamang. Manbalar izla: „Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti“ – yangiliklar · gazeta · kitoblar · akademik · JSTOR Maqola muallifiga: Maqolangiz oʻchirilish arafasida boʻlsa, nima qilish kerak? Administratorlarga: bu yerga havolalar • tarix (oxirgi oʻzgarish) • davlat universiteti Filologiya fakulteti qaydlar • oʻchirish |
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti – Qarshi davlat universitetining fakultetlaridan biri[1][2][3][4]. 1977-yilda Qarshi davlat pedagogika instituti tarkibidagi fakultet sifatida foliyatini boshlagan. Fakultetda 8 ta bakalavriat, 2 ta magistratura yoʻnalishlari mavjud. Fakultet binosi M-39 yoʻlining yoqasida joylashgan. 800 nafar talabalar tahsil oladi.
Asos solingan sanasi |
|
---|---|
Rektori | Dilmurod Nabiyev |
Dekani | Baxtiyor Rizayev |
Talabalari | 800 |
Joylashuvi |
, 180100 , |
Tili | oʻzbek tili |
Veb-sayti | Fakultet veb-sayti |
Tarixi
tahrirFakultet 1956-yilda Qarshi davlat pedagogika institutining Tarix-filologiya fakultetining filologiya boʻlimi sifatida faoliyatini boshlagan[5][6]. 1977-yili Tarix-filologiya fakultetlari mustaqil 2 ta fakultetga boʻlinib, oʻzbek filologiyasi fakultetiga aylantirilgan. Fakultetga rus yoʻnalishlar ham qoʻshilgach, fakultet nomi „Filologiya fakulteti“ nomiga oʻzgartirilgan.
Taʼlimi
tahrirFakultetda bakalavriat taʼlim bosqichi uchun „Filologiya va tillarni oʻqish (oʻzbek)“, „Ona tili va darajasi(rus)“, „Folklorshunoslik va shevashunoslik“, „Kutubxona-axborot ishlari“, „Amaliy filologiya“, „Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik: oʻzbek tili“ yoʻnalishlari, magistratura taʼlim bosqichi uchun esa, „Lingvistika (oʻzbek tili)“, „Lingvistika (rus tili)“ yoʻnalishlari mavjud.
Fakultetga oʻqish uchun kirish imtihonlari har yili Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ona tili va adabiyoti hamda chet tillari boʻyicha oʻtkaziladi.
2021-yilda fakultet universitetning asosiy binosidan, universitet akademik litseyining sobiq binosiga koʻchirilgan. Fakultet binosining yonida talabalar turar joyi ham mavjud boʻlib, 100 oʻringa moʻljallangan[7].
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi „2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida“gi F-60-sonli farmoyishiga muvofiq, fakultetning 5 ta taʼlim yoʻnalishiga 150 ta kvota ajratilgan[8].
Kafedralar
tahrirFakultet „Oʻzbek mumtoz adabiyoti“, „Oʻzbek tilshunosligi“, „Rus tili va adabiyoti“, „Oʻzbek tili va adabiyoti“, „Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi“ kabi 5 ta kafedraga boʻlinadi.
Oʻzbek mumtoz adabiyoti kafedrasi
tahrirKafedra 1964-yilda „Adabiyotshunoslik“ kaderasi sifatida faoliyatini boshlagan. Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyevning 2023-yil 17-may kunidagi buyrugʻiga asosan, „Adabiyotshunoslik“ kaderasi oʻrnida „Oʻzbek mumtoz adabiyoti“ kafedrasi tashkil qilingan. Kafedra oʻqituvchilari tomonidan 1 ta darslik va 5 ta oʻquv qoʻllanmalari fakultet uchun darslik sifatida joriy etilgan[9].
Kafedra mudiri – Nafas Shodmonov, filologiya fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil avgustdagi farmoniga muvofiq, „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan[10].
Ilmiy kengash
tahrirKafedraning qoshida 2018-yilda Ilmiy kengash oʻz faoliyatini boshlagan. Oʻzbekistonlik 150 ga yaqin ilmiy tadqiqotchilar ilmiy kengashda filologiya fanlari doktori va filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajalari uchun dissertatsiyalarini yoqlagan.
Oʻzbek tilshunosligi kafedrasi
tahrirOʻzbek tilshunosligi kafedrasi 1956-yilda institut tarkibida faoliyatini boshlagan. 1963-yildan 1964-yilgacha kafedraga oʻzbek adabiyoti kafedrasi qoʻshilganligi sababli, kafedra shu 2 yil mobaynida „Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi“ deya nomlangan. Kafedarada har yili „Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari“ ilmiy toʻplami chop etiladi.
Kafedra mudiri – Nilufar Yuldosheva, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Rus tili va adabiyoti kafedrasi
tahrirKafedra 1996-yili institutning rus tilshunosligi kafedrasi, rus va chet el adabiyoti kafedrasi, rus tili va adabiyoti oʻqitish metodikasi kafedrasi, rakultetlararo rus tili kafedralarini qoʻshilishidan tashkil topgan.
Kafedra mudiri – Dilfuza Pardayeva, filologiya fanlari boʻyicha falsafa dotori, dotsent[11].
Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
tahrirKafedra 2019-yil 10-dekabrdagi universitetning kengash qaroriga muvofiq tashkil etilgan[12].
Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi
tahrirKafedra fakultetdagi eng yosh kafedra hisoblanadi. 2023-yilda universitet kengashi qarori bilan tashkil etilgan. Kafedra mudiri – Gulnoza Ernazarova, filologiya fanlari doktori, professor[13].
Hamkorligi
tahrirFakultet oʻz ilmiy doirasida Belgorod davlat milliy-tadqiqot universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Nijniy Novgorod davlat universiteti, Turkiyaning Niyde Oʻmer Halisdemir universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Jizzax davlat universiteti, Rossiya fanlar akademiyasi huzuridagi Turkologiya boʻlimi, Chelyabinsk davlat universiteti, Turkiya Respublikasi fanlar akademiyasining Turkologiya boʻlimi, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, Rossiya—Tojikiston davlat universitetlari bilan ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻygan[14][15][16].
Rus tili markazi
tahrirFakultetda tahsil oluvchi talabalar uchun „Rus tili markazi“ faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Markaz o'z faoliyatini 2023-yilning 10-aprelida boshlagan[17]. Markazda professor-oʻqituvchilar rahbarligida darslar tashkil etiladi. Markaz byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi[18][19][20].
Talabalar oshxonasi
tahrirFakultetda talabalar oshxonasi barpo etilgan boʻlib, 2023-yil oktyabr oyida qurilishi boshlangan. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, oshxona 848 975 015 soʻm miqdoridagi mablagʻga qurib bitkazilgan[21].
Manbalar
tahrir- ↑ „Karshi State University“. TopUniversities.com. Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Karshi State University“. THE (Times Higher Education). Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Filologiya fakulteti“. Qarshi davlat universitetining axborot xizmati sayti. Qarshidu.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Филология и обучение языкам (Бакалавриат)“. ZiyoNet. Qaraldi: 9-dekabr 2024-yil.
- ↑ SHADIYEVA DILNOZA AMINOVNA (2024). „QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI: TASHKIL TOPISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI“. O‘zbekiston tarixi. 14-bet.
- ↑ „Filologiya fakulteti“. QarDU.uz. Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Filologiya fakulteti yangi binoga ko‘chib o‘tdi“. Kun.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi. „2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida“. lex.uz. Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi“. Qarshidu.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bir guruh o‘zbekistonliklarni mukofotladi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Rus tili va adabiyoti“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Вузы-партнеры“. Межгосударственное образовательное учреждение высшего образования РОССИЙСКО-ТАДЖИКСКИЙ (СЛАВЯНСКИЙ) УНИВЕРСИТЕТ. https://rtsu.tj/.+Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedrasi“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „O`zbek tilshunosligi kafedrasi“. Qarshi davlat universiteti axborot xizmati veb-sayti. Qaraldi: 12-noyabr 2024-yil.
- ↑ „В Карши студентка предложила открыть Центр русского языка“. Nova24. Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Начал свою деятельность Центр русского языка“. UzA.uz. Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Қаршида рус тили маркази иш бошлади“. SPUTNIK Uzbekistan. Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „В узбекском Карши открылся Центр русского языка“. «Содружество народов Евразии» Автономная некоммерческая организация по содействию в развитии сотрудничества стран Содружества Независимых Государств. https://evrazia-ural.ru/ (2023-yil 12-aprel). Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.
- ↑ „Қарши давлат университети филология факултети ҳудудида талабалар ошхонаси қурилиши“. Tender.mc.uz. Qaraldi: 31-yanvar 2025-yil.