Qazvin jome masjidi
Qazvin jome masjidi (forscha: مسجد جامع عتيق قزوین) – Eronning Qazvin ustoni Qazvin shahrida joylashgan shia masjidi. Bu Erondagi eng qadimiy masjidlardan biridir[1].
Masjid | |
Qazvin jome masjidi
| |
![]() | |
Manzil | Qazvin, Qazvin ustoni, ![]() |
Yoʻnalishi | Shia |
Binokorlik | ???—9-asr |
Gumbazlar soni | Bitta (balki koʻproq) |
Gumbazlar soni | Bitta (balki koʻproq) |
Holati | Faol |
![]() |
Arxitekturasi
tahrirMasjidning eng qadimgi qismi Horun ar-Rashidning buyrugʻi bilan milodiy 807-yilda qurilgani aytiladi[2]. Keyinchalik qoʻshimchalar kiritildi, oxirgisi Safaviylar davridagi edi. Masjidning ikki qavatli asosiy gumbazi Saljuqiylar davriga tegishli boʻlib, joamoatchilik uchun yopiq. Unda oʻrta asrlarga oid boʻrtma xattotlik namunalari saqlanmoqda. Masjidning koʻplab qismlarida taʼmirlash ishlari olib borilgan[2].
Masjidning poydevori zardushtiylarning olovli ibodatxonasiga ustiga qurilgan[3].
Moʻgʻullarning vayronkor bosqiniga qaramay, masjid bugungi kungacha saqlanib qolgan. Masjidning ayrim qismlari ommaviy kutubxonaga aylantirilgan.
Masjidda shabiston va Sardoba mavjud boʻlib, ikkalasi ham hozir Eron madaniy meros tashkiloti himoyasida.
Majmuaning bir qismi 2013-yil 28-yanvarda yonib ketgan. Yongʻin natijasida majmuaning yarmi yonib, vayron boʻlgan.
Galereya
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Wichmann, Brian. Islamic Design: A Mathematical Approach (en). Birkhäuser, 2018-05-02. ISBN 978-3-319-69977-6.
- ↑ 2,0 2,1 Team. „Jameh Mosque of Qazvin – IranRoute“. iranroute.com. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.
- ↑ Team. „Jameh Mosque of Qazvin – IranRoute“. iranroute.com. Qaraldi: 2024-yil 3-yanvar.