Qissasi Rabg'uziy
“Qissasi Rabg’uziy” asari Nosiruddin Burhoniddin o'g'li Rabgʻuziy tomonidan mo’g’ul beklaridan Nosiruddin To’qbug’a “O’qimaqg’a keraklik, o’rganmakka yarog’liq” payg’ambarlar qissalaridan iborat asar yozib berish iltimosiga ko’ra yozilgan.
Yozilgan sanasi | Hijriy 709-yil, yoxud milodiy 1309-1310-yillarda |
Muallif | Nosiruddin Burhoniddin o’g’li Rabg’uziy |
Nechta qissani o’z ichiga olgan? | 72ta |
Yana nimalar asarda mavjud? | 600 misra she’r |
Asarda kimlar hikoya qilingan? | Shish, Muso, Iso, Sulaymon, Nuh, Dovud va Muhammad kabi 33ta paygʻambar, Xorut va Morut kabi farishtalar, Qobil va Hobil kabi shaxslar, 4 xalifa, 7 tarixiy shaxslar |
Haqida
tahrirAsar payg’ambarlar tarixini yoritish uchun yozilgan bo’lib ungacha sharqda bir qancha “Payg’ambarlar tarixi” nomli asarlar mavjud bo’lgan. Asarda keltirilishicha, ularning bir qanchasi ishonarli va bir qanchasi ishonarsiz, ba’zilari tugal, ba’zilari notugaldir. Shuning uchun ham To’qbug’a tugal va ishonarli asar yozib berishni iltimos qiladi.
“Qissasi Rabg’uziy”ning eng qadimiy qo’lyozmasi muallif hayotligida ko’chirilgan bo’lib, bugungi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Sharqshunos olim K.Gronbek 1948-yilda Kopengagenda asarning qo’lyozmasini aynan tiklangan nusxasini chop ettirdi. Shu nashr asosida E.Fozilov, A.Yunusov, H.Dadaboyevlar asarni o’zbek tiliga tarjima qilishda va ikki jildda chop ettirishdi.
Asardagi hikoyalar va ularda nima yozilganligi
tahrir“Namrud hikoyati” o’zida Namrud hiyla va nayrang bilan to’rtta karkas bolasi yordamida osmonga chiqib tushgani haqida hikoya qilinadi.
“Nuh Payg’ambarning kema safari hikoyati”da qanday qilib qaldirg’och odamlarni ilonlarga yem bo’lishdan saqlab qolganini aniq yoritib berilgan.
“Sulaymon va chumoli” hikoyati to’lig’icha chumoli va Sulaymon o’rtasidagi suhbat ustiga qurilgan bo’lib, o’zida Sulaymonning davlat ishlari haqida gap boradi.
“Odamning yaratilishi” hikoyasida Alloh Odamni yaratish uchun yer yuziga dastlab Jabroilni, so’ngra Isrofilni, keyin Mikoilni va so’ngida Azroilni yuborishi, shulardan faqat Azroilgina qattiqko’ngillik qilib, yer yuzdan bir hovuch tuproq olib kelganligi aytiladi. Mana shu voqeadan so’ng Alloh Azroilni yer yuzidagi barcha mavjudotlar jonini olishni taqdir qiladi.