Qizilnura
Qizilnura – gʻarbiy Tyan-Shanning Chatqol tizmasi etaklaridagi eng baland choʻqqilardan biri (3267 m), Oʻzbekistonning Toshkent viloyati markazidan sharqda va Katta Chimyonning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan[1].
Qizilnura | |
---|---|
Joylashuvi | O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Chatqol tizmasi |
Togʻ tizmasi | Chatqol tizmasi |
Uzunligi | 3267 |
Choʻqqisi | Qizilnura cho‘qqisi |
Tavsifi
tahrirUshbu togʻ choʻqqisining janubi-gʻarbiy yonbagʻirlarida Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi joylashgan. Yuqori qismida uchburchak shaklda.
Qizilnura ikki boshli togʻ boʻlib, balandligi 3289 metr boʻlgan haqiqiy choʻqqi togʻdan 2-3 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Choʻqqining nomi turkiylarning „qizil“ va „nur“ soʻzlaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Togʻ choʻqqisi granitoid tarkibi qizil toshlardan iborat, shuning uchun kechqurun quyosh nurlari ostida, ayniqsa yozning ikkinchi yarmida, kuzning boshida, tepada deyarli qor qolmagan vaqtda, tevarakdagi togʻ va choʻqqilardan oʻzining rangi bilan aniq ajralib turadi[2].
Parkentsoy, Qaynsoy, Boshqizilsoy daryolari va Oqsoqotasoyning ayrim irmoqlari (Qashqasuv, Chiriksoy) Qizilnura tizmasidan boshlanadi.
Turizm
tahrirQizilnura tepasidan piyoda yurishga qulay yoʻlaklar bor. Toqqa chiqish uchun eng qulay yoʻl Kumushkon dam olish maskanidan Xavlya togʻi orqali (Parkentsoy vodiysining chap yonbagʻri boʻylab) oʻtadigan yoʻldir. Chotqol qoʻriqxonasi chegarasida chorva mollaring doimiy oʻtishi natijasida soʻqmoq hosil boʻlgan. Keyin yoʻl qoʻriqxona chegarasi boʻylab togʻ yuqorisiga qarab ketadi. Yana bir yoʻnalish Uchtosh tizmasidan oʻtuvchi yoʻl (Parkentsoy vodiysining oʻng tomoni boʻylab), bu yoʻl soʻqmoqlari harakatlanish uchun biroz noqulay. Qizilnura choʻqqisiga olib boruvchi yoʻlaklar sayyohlar eʼtiborini tortuvchi maskanlardan biri hisoblanadi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Западная часть Чаткальского хребта“.
- ↑ O‘ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG‘ATI (O‘zbek) [2022] — 624-bet. ISBN 978-9943-7673-7-9.
- ↑ „ГОРА КЫЗЫЛНУРА (3267 М): МАРШРУТ ВОСХОЖДЕНИЯ“.